|
3 - amaliy mashg’ulot. Loyiha uchun kerakli holat diagrammalarni ishlabBog'liq rrrrrr81
3 - amaliy mashg’ulot. Loyiha uchun kerakli holat diagrammalarni ishlab
chiqish (Use case, class va sequence diagrammalari)
Ishdan maqsad:
Berilgan loyiha uchun qo’yilgan tizim va funksional
talablardan kelib chiqqan holda use case, class, sequence va boshqa mos holat
diagrammalarini shakllantirish ko’nikmalarini hosil qilish.
Ishni bajarish tartibi
1.
StarUML dasturini ishga tushirish;
2.
Loyiha uchun use case diagrammasini ishlab chiqish;
3.
Berilgan loyihaning class diagrammasini ishlab chiqish
4.
Loyihaning sequence diagrammasini ishlab chiqish
UML (Unified modeling language) – ishlab chiqiladigan dasturiy ta’minotni
tasniflash, visual tasvirlash, qurish vahujjatlashtirish uchun standart til hisoblanadi.
UML tizimning strukturali va bog’langan ko’rinishlarini tasvirlashda ishlatiladi.
Bunda UML ning turli ko’rinishdagi diagrammalaridan (asosan 9 ta diagramma
mavjud) foydalaniladi. Ushbu diagrammalar orqali tizimda bajariladigan
jarayonlarni visual tasvirlash va obyektlar orasidagi bog’lanishni ko’rsatish
mumkin.
Mazkur amaliy ishda biror bir tizimning umumiy strukturasi, use case, class
va sequnce diagrammalrini yaratishini ko’rib o’tamiz.
Use case diagram
– bu tizimdagi case lar va actor lar orasidagi bog’lanish
diagrammasi bo’lib, bunda tizimning foydalanuvchilari va tizim tashkil etuvchi
qismlari orasidagi bog’lanish tasvirlanadi.
Class diagram
– bu turdagi diagrammada sinflar, interfeyslar, hamkorlik va
ularning bog’lanishlari ko’rsatiladi. Bu diagramma tizimdagi mavjud sinflarni,
ularning atributlari, metodalari va interfeys xususiyatlarini ko’rsatadi.
Sequence diagram
– o’zaro munosabat diagrammasi bo’lib, bunda tizim
tasjkil etuvchi modullari orasida o’zao bog’likliklar aniq ko’rsatiladi. O’z navbatida
UML diagrammalridan “collobaration diagram” ham obyektlar yoki modullar aro
o’zaro munosabatni ta’minlaydi va tizining dinamik ko’rinishda holatini ko’rsatib
beradi.
|
| |