IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
92
5 - amaliy mashg’ulot. Dasturiy ta’minot dizayni va amaliy ko’rinishi.
Ishdan maqsad:
Dasturiy ta’minot uchun dizayn na’munalar ishlab chiqish va
uning amaliy ko’rinishini yaratish.
Dasturiy ta’minotlar uchun ma’lum bir dizayn na’munalari mavjudki, ular
ustida bir necha bosqichli amallarni bajargandan so’ng ushbu na’munani tizim
uchun qo’llash mumkin bo’ladi. Dizayn na’muna bir vaqtning o’zida qo’yilgan
muammoning tavsifi va uning yechimi uchun mohiyatini tashkil etadi.
Siz dizaynni ishlab chiqishda UML dan foydalansangiz, siz odatda ikki xil
turdagi dizayn modellarni ishlab chiqasiz:
1.
Strukturaviy modellar, Obyekt sinflari va ularning munosabatlaridan
foydalanib tizimning statik strukturasi tasvirlanadi.
2.
Dinamik modellar, tizimning dinamik strukturasini tasvirlaydi va tizim
obyektlari orasidagi munosabatni ko’rsatasdi.
Dasturiy injiniring tizimning dastlabki talablaridan tortib tizimni ishlab chiqib
amaliyotga qo’llashgacha bo’lgan barcha faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Bu
jarayonning eng kritik bosqichi albatta tizimni amaliy ko’rinishidir. Ya’ni siz
dasturiy ta’minotning ishlatib bo’ladigan talqinini ishlab chiqish. Amaliy ko’rinish
yuqori yoki past darajali dasturlash tillarida amalga oshirilishi mumkin. Dasturiy
injiringda amaliy ko’rinish uchun muhim bo’lgan jihatlarni keltiramiz:
1.
Reuse
Ko’pgina
zamonaviy
dasturiy
ta’minotlar
mavjud
komponentalar yoki tizimlardan qayta foydalanish orqali quriladi. Siz
dasturiy ta’minot ishlab chiqayotganda imkon qadar mavjud kodlardan
foydalanishingiz lozim.
2.
Configuration management
Ishlab chiqish jarayonida har bir dasturiy
ta’minot komponentasi bir necha xil talqinda yaratiladi. Agar siz
sozlamalarni boshqarish tizimida ushbu talqinlarni yozib bormasangiz
tizimda xato talqindagi komponentalardan foydalanishingiz mumkin.
3.
Host-target development
Dasturiy mahsulot ishga tushiriladigan
kompyuter bilan dastur ishlab chiqarilgan komptuer bir xilda
bo’lmaydi. Shu sababdan tizimni turli xildagi kompyuterda ishlashini
ham hisobga olish lozim.