I. Ishlab chiqarishdagi testlash (Development testing). Ishlab chiqarishdagi testlash dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchilari
tomonidan shu jarayonda olib boriladigan barcha testlarni o’z ichifa oladi.
Odatda testlovchi dasturiy ta’minotni ishlab chiqarishda ishtirok etgan
dasturchi hisoblanadi. Lekin ba’zan dasturiy ta’minotni ishlab chiqaruvchi
jamoa alohida testlovchi va dasturchilardan ham tashkil topgan bo’lishi
mumkin.
Ishlab chiqarishdagi testlash, odatda quyidagi 3 bosqichni o’z ichiga oladi:
1. Unit testing – dasturiy ta’minotning alohida olingan bo’limlari(sinflar,
usullar)ni testlash.
IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
98 Misol tariqasida ob-havoni aniqlovchi stansiya uchun dasturiy ta’minot ishlab
chiqarilayotgan bo’lsa unit testing da uning yuqorida ko’rsatilgan ma’lum bir
usullarini tekshirish yetarlidir.
2. Component testing – ma’lum bir umumiy vazifani bajaruvchi bir nechta
bo’limlardan tashkil topgan biror bir komponentani testlash
Bunda bitta koponentani tashkil qilgan A, B va C bo’limlar umumlashtirilgan
holda testlanadi.
3. System testing – ba’zi yoki barcha komonentalarni o’z ichiga olgan butun bir
tizimni yaxlit holda testlash jarayoni. Bunda testlash butun bir tizimga
qaratilgan bo’ladi.
IV. AMALIY MASHG’ULOT MATERIALLARI
99 O’z nomi bilan ma’lumki bunda barcha komponentalarni o’z ichiga olgan
butun bir tizim yakuniy bosqichda teslanadi.
Testlashning ishlab chiqarish jarayonidagi bosqichi (development testing)
testlarning professional dasturchilar tomonidan amalga oshirilganligi bilan muhim
va aniqdir.