11-Ma’ruza. Loyihalashni boshqarishda axborot texnologiyalari




Download 385,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.12.2023
Hajmi385,69 Kb.
#122332
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-Ma\'ruza

1-bosqich. Yangi texnikani ishlab chiqish zarurligi.
Qo‘yiladigan asosiy texnik talablar bu bosqichda aniqlanadi. Asosiy 
xarakteristikalar chegarasi belgilanadi (tezkorlik, aniqlik va boshqalar). Ilmiy texnik 
tadqiqot (ITT) hujjatlarini (maqolalar, hisobotlar va hujjatlar) qaytadan ko‘rib 
chiqish zarur bo‘ladi. ITT va mutaxassis tajribasi asosida yangi mahsulot 
konsepsiyasi vujudga keladi. Uni yaratish usulini tanlashdagi prinsipial aniqlik bilan 
1-bosqichni tugallanishi texnik talabni tuzish bilan yakunlanadi. Bunda hamma 
prinsipial yechim yo‘llari va usullari ko‘rsatilishi lozim. 
2-bosqich. Yangi qurilma yaratishni asosiy yo‘llari butun tafsilotlari bilan 
ishlab chiqish. Buni quyidagicha amalga oshirish mumkin: 


➢ mavjud tizimlar haqida ko‘plab ma’lumotlarni qayta ishlash. Buning 
natijasida o‘xshash va prototip (oldin keluvchi) tizimlar topiladi. Standart sxema, 
bloklar ishlatish mumkinligi aniqlanadi, patent va ilmiy texnik adabiyotlarni qidirish 
va qayta ishlash kabi ishlar bajariladi; 
➢ taklif qilingan yechimni nazariy va amaliy asoslab berish. Tanlangan 
yo‘nalish va loyihalash usuliga qarab berilgan talablarni qondiradigan 
konstruksiyani topish mumkinligini isbotlash kerak. 
Bu bosqich natijasida loyihalashga texnik topshiriq beriladi. Unda loyihani 
alohida qismlarini konkret bajaruvchilari va ular oldiga qo‘yilgan savollar yechimi 
ko‘rsatiladi. 
3-bosqich. Loyiha yechimlarini ishlab chiqish. Bu jarayon loyihalashni 
asosidir. U loyihalashni barcha element va tizimlarini ishlab chiqishni o‘z ichiga 
oladi. Bunda eng yaxshi sxemali yechimlar, konstruktiv va mantiqiy yechimlar 
qidiriladi. Bu yechimlar texnik topshiriqda ko‘rsatilgan mavjud texnologik 
chegaralarni hisobga oladigan va kam harajatli bo‘lishini ta’minlaydi. Murakkab 
loyihalarda bu bosqich bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Masalan: agar hisoblash 
tizimi bo‘lsa, uni loyihalash bosqichlari quyidagicha bo‘ladi: 
– fizik, sxematexnik; 
– mantiqiy; 
– konstruktorlik; 
– texnologik. 
Bu bosqichning natijasi: eskizlar, rasmlar, prinsipial sxemalar, montaj va elektr 
sxemalar ya’ni yordamchi texnik hujjatlar kiradi. 

Download 385,69 Kb.
1   2   3   4   5




Download 385,69 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Ma’ruza. Loyihalashni boshqarishda axborot texnologiyalari

Download 385,69 Kb.
Pdf ko'rish