Plastik materiallar
yoki
plastmassalar
— sintetik yoki tabiiy yuqori molekulali
birikmalar asosidagi organik materiallardir. Ular isitish va bosim natijasida oʻz
shaklini oʻzgartirish va sovutilgandan keyin berilgan shaklni saqlab qolish
qobiliyatiga
ega.
Plastmassalar
, plastik massalar, plastiklar — tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali
birikmalar asosida olinadigan materiallar. Issiqlik yoki bosim taʼsirida qoliplanadi
va qoliplangan shaklini mustahkam saqlaydi. Plastmassalardan yasalgan
mahsulotlar yengilligi, elektr tokini, issiq-sovuqni oʻtkazmasligi, atmosfera
taʼsirlariga
chidamliligi
, yemiruvchi muhitga, haroratning keskin oʻzgarishiga
bardoshliligi, mexanik mustaxkamliligi yuqoriligi va murakkab shaklli buyumlar
yasash mumkinligi bilan boshqa materiallardan ajralib turadi.
Plastmassalar polimerlarning turiga koʻra, termoplastlar va reaktoplastlarga
boʻlinadi. Termoplastlar tarkibida chiziqsimon yuqori molekulali birikmalar yoki
sopolimerlar (polietilen, polistirol, polivinilxlorid va boshqalar) bor. Chiziqsimon
polimerlar asosiga qurilgan plastmassalar tarkibida plastifikatorlar, boʻyagichlar
ham boʻladi. Plastifikatorlar yuqori temperaturada plastmassalarning plastikliligini
oshiradi va qoliplangan mahsulotni qayishqoq hamda sovuqqa chidamli qiladi.
Termoplastlar sovuqqa chidamsiz, 60—100° dan yuqori temperaturada
mustahkamligini tez yoʻqotadi. Lekin koʻpchilik termoplastlar zarbga chidamliligi,
dielektrik tavsiflarining yuqoriligi, optik shaffofligi, ulardan murakkab shaklli
buyumlar qoliplash osonligi bilan reaktoplastlardan farq qiladi. Termoplastlar
oʻrtacha kuch va 60—100° temperaturada ishlaydigan (umumiy maqsadlarga
moʻljallangan) asbob kismlari (etrollar, viniplast, polistirol),
shuningdek
, elektr va
radiotexnika buyumlari (polistirol, polietilen, polipropilen, ftoroplast) tayyorlashda
qoʻllanadi. Termoplastlardan ishlangan buyumlar kimyoviy taʼsirlarga oʻta chidamli
(fotoplastlar, polistirol, polietilen, vinilplast), yeyilmaydigan (poliamidlar,
polietilente-reftalat), optik shaffof (polimetil -metakrilat, polistirol) boʻladi.
Reaktoplastlar tarkibida isitilganda yoki katalizatorlar (fenolformaldegid va
karbamid smolalar) hamda qotirgichlar (epoksid smolalari, polisiloksanlar,
toʻyinmagan poliefirlar) taʼsirida toʻrsimon tuzilishga ega boʻlgan polimerlar hosil
qilib qotadigan polimerlar boʻladi. Reaktoplastlardan tayyorlangan buyumlar
qotganidan keyin issiqlik taʼsirida buzilmagunicha oʻzining shishasimon holatini
saklaydi. Reaktoplastlarning tarkibida toʻldirgichlar, chiziqsimon polimerlar: qotish
jarayonini rostlagichlar, boʻyagichlar, termostabilizator, antiseptiklar boʻladi.
Reaktoplastlar toʻldirgichlar turiga koʻra, kukunli (yogoch uni,
asbest kukuni
, kvars
uni va h.k.), tolali (ip-gazlama, asbest tolasi, shisha tolasi), listli (qogʻoz, ip-gazlama,
shisha toʻqimasi, yogoch shpon) xillarga boʻlinadi. Qotirilgan plastmassalardan
tayyorlangan buyumlar 100—350°da kuchning uzoq, muddatli taʼsiriga bardosh
beradi (polimer va toʻldirgich turiga qarab). Reaktoplastlar yuqori kuchda
ishlaydigan, issiqqa uzoq chidaydigan, keskin atmosfera taʼsiriga bardosh beradigan
va yaxshi dielektrik xossali boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan
plastmassalar qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza
nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki plastmassalar selluloid boʻlib, u 1872 yilda
AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada
tajriba sanoatida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan
materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH,
Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar,
polivinilxlorid, polimetilmetakrilat,
poliamid
, polistirollar ishlab chiqarish tashkil
etildi. Lekin plastmassalar sanoati 2-jahon urushidan keyingina rivojlandi, 20-
asrning 50-yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen plastmassalar koʻplab
ishlab chiqarila boshladi.
Oʻzbekistonda 10 ga yaqin korxona Plastmassalarni qayta ishlaydi. Shulardan
Toshkent plastmassa zavodi, Ohangaron qurilish buyumlari zavodi, Jizzax
plastmassa ishlab chiqarish zavodi ixtisoslashgan korxonalardir.
Qurilishda plastmassalar pollarga qoplashda va boshqa pardoz ishlarida, binolarni
germetiklash, gidro va termoizolyasiyalash, quvurlar, sanitariya-texnika uskunalari
ishlab chiqarishda, yopmalar, deraza, eshik,
sayyohlar uychasi
, yozlik pavilonlar
tayyorlashda qo’llaniladi. Mashinasozlik materiallari ichida plastmassalar yetakchi
oʻrinni egallaydi. Plastmassalar mahsulotlar tannarxini arzonlashtiradi,
mashinalarning muhim texnik iqtisodiy parametrlari, massasi kamayadi, puxtaligi,
ishonchliligi va h.k. oshadi. Plastmassalardan tishli gʻildiraklar, podshipniklar,
roliklar, stanok yoʻnaltirgichlari, quvurlar, boltlar, gaykalar va boshqa ishlab
chiqariladi. Plastmassalarning aviatsiasozlikda keng qoʻllanilishiga sabab ularning
yengilligi va texnik xossalarini oʻzgartirish imkoniyatiga egaligidir. Raketa va
kosmik kemalar ishlab chiqarishda ham plastmassalar muhim ahamiyat kasb etdi.
Reaktoplastlardan
foydalanib
reaktiv
dvigatellar,
samolyotlarning
kuch
agregatlari,
raketa korpuslari
, gʻildiraklar, shassi ustunlari, vertolyotlarning
parraklari, issiqlik saqlash elementlari, osma yonilgʻi baklari tayyorlanadi.
Termoplastlar oyna elementlari, antenna suyurmalari va h.k. ishlab chiqarishda
qo’llaniladi.
Plastmassalar kemasozlikda kemalarning korpusi va korpusli konstruksiyalar
(asosan, shishaplastlar), kema mexanizmlarining detallarini tayyorlashda, kema
xonalarini pardozlash, ularni issiq, tovush va gidroizolyasiyalashda ishlatiladi.
Avtomobil sozlikda plastmassalardan avtomobil kabinalari, kuzovlari va ularning
yirik gabaritli qismlari,
dvigatel
, transmissiya shassi detallari tayyorlanadi.
Qishloq xoʻjaligida plastmassalar sugʻorish inshootlari qurishda, urugʻlarni dorilash
va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlashda ishlatiladi.
Tibbiyot sanoatida Plastmassalardan koʻplab asboblar, maxsus idishlar ishlab
chiqariladi. Jarroxlikda plastmassadan tayyorlangan yurak klapanlari, qoʻl-oyoq
protezlari, ortopedik qoʻyilmalar, koʻz soqqasi va boshqalar ishlatiladi
Plastmassa turlari
PET yoki PETE plastik
Bu haqida
|