usullaridan biridir.Plastmassalarni ko‘p marta takrorlanadigan egilishga sinash.
Ko‘pincha elastik polimer materiallar ko‘p takrorlanadigan o‘zgaruvchan yuklar
ta’siri ostida bo‘ladi. O‘zgaruvchan yuklar ta’siri ostida hosil bo‘ladigan darzning
kattalashuvi natijasida plastmassa materialning buzilib borishi toliqish deb ataladi.
Bu xossa maxsus uskunada aniqlanadi. Zarbiy qovushqoqlikni dinstat asbobida
aniqlash. Bunda o'lchamlari kichik bo‘lgan namunalar ishlatiladi. Undan tashqari bu
asbob yordamida plastmassa namunalarini statik egilishga ham sinash
mumkin.Qisqa muddatli yuklama ostida deformatsiyalanishga sinash. Plastmassa
buyumlarning deformatsiyalanishi, ya’ni ular shakl va o‘lchamlarining tashqi kuch
ta’sirida yoki kuchlanish sababli o‘zgarishi ularning ekspluatatsion xossalarini
aniqlovchi asosiy omillardan biridir. Deformatsiya xossalarini e’tiborga olmay, u
yoki bu buyumni tayyorlash uchun shakl beriladigan materialni to‘g‘ri tanlash
mumkin emas. Odatda, deformatsiya jarayonida material strukturasi o‘zgaradi va
buyumning deformatsiya xossasi materialning strukturasi va uning o'zgarishiga
bog’lq bo‘ladi. Injenerlik nuqtayi nazaridan, deformatsiyalanish vaqtida materialda
ro‘y beradigan hamma strukturaviy o‘zgarishlarni ikkiga bo‘lish mumkin: •
materialning sinishi bilan bog‘liq bo'lgan qaytmas strukturaviy o‘zgarishlar (sinish
deformatsiyasi); • deformatsiya jarayonini to ‘xtatadigan yoki sekinlatadigan qaytar
strukturaviy
o'zgarishlar
(qaytarish
deformatsiyasi).
Qisqa
vaqtli
deformatsiyalanishga sinashdan maqsad — yuklama ta’siri ostida bo‘lgan
materialning o'zini tutishi va uning elastiklik moduli, qattiqligi, qayishqoqligi va
plastikligi kabi xossalarini aniqlashdan iborat. Deformatsiyalanishga sinash
yuqorida qayd etib o‘tilgan usul bilan amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun
«kuchlanish deformatsiyasi» (a—E) diagrammasini qurish kerak. Elastiklik
modulini aniqlash. Elastiklik moduli (E) materialning deformatsiyaga qanday
qarshilik ko‘rsata olishini ifodalaydi. Elastiklik modulining miqdori tajriba yo‘li
bilan aniqlanadi. Bosim ostida quyilgan va ekstruziya usuli bilan olingan
namunalarda elastiklik moduli cho‘zilish deformatsiyasi, presslab olingan
namunalarda esa egilish deformatsiyasi orqali aniqlanadi. Qattiqlikni aniqlash.
Plastmassaning qattiqligi unga boshqa bir materialning juda qattiq botish chuqurligi
bilan o ‘lchanadi. Qattiqlik materialning mexanik xossalaridan biridir. Plastmassalar
uchun bu ko‘rsatkich metallarga qaraganda bir necha marta kam. Termoreaktiv
smolalar asosida tayyorlangan materiallar eng yuqori qattiqlikka ega materiallardir.
Polietilen eng kichik qattiqlik ko‘rsatkichiga ega. Demak, polimerlarning qattiqligi
va elastiklik moduli orasida ma’lum munosabat mavjud. Qattiqlik Brinell tavsiya
etgan usul bilan aniqlanadi va u quyidagi formula orqali topiladi (H /m 2): bu yerda:
P — bosuvchi kuch miqdori, H; D — sharcha diametri, sm2, h — sharcha segmenti
chuqurligi, sm.