• Nazorat savollari
  • Buyumlar ishlab chiqarish usullarining sinflarga bo‘linishi




    Download 148,35 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/6
    Sana07.06.2024
    Hajmi148,35 Kb.
    #261093
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    11-Ma’ruza Mavzu Plastmassalardan buyumlar ishlab chiqarish tex

     
    Buyumlar ishlab chiqarish usullarining sinflarga bo‘linishi 
    Hozirgi paytda plastmassa buyumlar turli usullar bilan ishlab chiqariladi. Bu 
    usullarni tanlash polimer turiga, uning dastlabki holatiga, shuningdek, buyumning 
    shakli va o'lchamlariga bog‘liq. Usullarning ko‘pligi (30 dan ortiq), ularni sinflarga 
    bo‘lish zarurligini taqozo etadi. Bunda Mak-Kelvi tomonidan taklif qilingan, turli 
    usullarni bir xil guruhlarga birlashtirish yo‘li to‘g‘riroq hisoblanadi. Bunda birinchi 
    guruhga faqat fizik jarayonlarga asoslangan usullar, ikkinchi guruhga feqat 


    kimyoviy jarayonlarga asoslangan usullar, uchinchi guruhga esa fizik-kimyoviy 
    jarayonlarga asoslangan usullar kiritilgan. Polimer moddalaming dastlabki holati, 
    ulaming tarkibi, shuningdek, turli fizik-kimyoviy jarayonlarga asoslangan 
    usullarning sinflarga bo‘linishida keltirilgan. Birinchi (I) guruhga bir xil fizik 
    o‘zgarishga asoslangan — ekstruziyalash, kalandrlash, bosim ostida quyish va 
    boshqa jarayon
    lar 
    kiritilgan (2- jadval). Bunda buyumlarning shakl olishi 
    qovushqoq-oquvchan holatda bo'lgan polimerning deformatsiyalanib sovitilishi 
    hisobiga amalga oshadi. Bu jarayonlar qovushqoqegiluvchan (вязкоупругий), 
    Nyuton suyuqliklari bo'lmagan suyuqliklarning oqish qonuniyatlari, polimerlarning 
    kristallanishi yoki shishalanishi bMan tushuntiriladi. Bunda dastlabki xomashyo 
    sifatida termoplastik polimerlar asosidagi granulalangan kompozitsiya ishlatiladi
    biroq ekstruziyalash va kalandrlash usullari uchun quruq aralashtirilgan kukunsimon 
    kompozitsiya yoki valslangan suyuqlanmadan foydalanish mumkin.
    Qayta ishlashning ikkinchi (II) guruhi umumiy diffuziyonadgeziv 
    jarayonlami (rotatsion shakllash, changlash va boshqalar) o ‘z ichiga oladi. Ayni 
    paytda buyumlar kukunsimon massalar va flastmassalami harorat ta ’sirida 
    suyultirish va qotirish yo‘li bilan tayyorlanadi. 
    Mustaqil guruhlarga (III) eritmalardan buyumlar olish (plyonkalar quyish, 
    tolalar shakl 
    yoki suyuq formopolimerlarni ma’lum shaklda polimerlash guruhga(V) 
    birlashtirilgan. IV guruhning barcha jarayonlari uchun polimerizatsiya yoki 
    polikondensatsiya reaksiyalari qonuniyatlari xarakterlidir. Monomer initsiator yoki 
    katalizator bilan aralashtiriladi va suyuq holatda shaklga quyiladi, natijada kimyoviy 
    reaksiya 
    sodir 
    bo‘lib 
    polimer 
    hosil 
    bo'ladi. 
    Shaklda 
    monomerlarni 
    polimerizatsiyalash usulida list holatidagi materiallar (organik shisha-list), 
    shuningdek, turli konfiguratsiyadagi buyumlar olinadi (masalan, kaprolandlar). 
    Oriyentatsiya, pnevmovakuum shakllash va shtamplash usullarida yuqori elastik 
    holatdagi list va plyonka materiallar qayta ishlanadi (VI). Ular kalandrlash yoki 
    ekstruziya usullari bilan olinadi. Bu usullar uch u n polimerlarning cho'zilishdagi 
    deformatsiyasi, rekristallanishi va oriyentatsiyasi xosdir. Shuning uchun ular VI 
    guruhga birlashtirilgan. 
    Turli xil usullar bilan olingan buyumlarga qo‘shimcha ishlov beriladi. 
    Termoreaktiv materiallami qayta ishlash usullari ham shunga o'xshash sinflarga 
    bo‘lingan. Bunda buyumlami pressmateriallardan yoki ayrim komponentlardan 
    (suyuq polimerlar, to‘ldiruvchilar, tarmirlovchi materiallar) tayyorlash mumkin. VII 
    guruhning barcha usullarida buyumlarni shakllash (kompozitsiyaga zarur 
    konfiguratsiya berish) qovushqoq – oquvchan holatda bo‘lgan pressmaterialning 
    siljib oqishi hisobiga amalga oshadi, so'ngra bog‘lov chimaterial yordamida qotirilib 
    suyuqlanmaydigan va erimaydigan holatga o'tadi. Bu jarayonlar umumiy fizik-
    kimyoviy qonuniyatlarni (nonyuton suyuqlikning qovushqoq oqishi va bog‘lovchi 


    yordamida qotish kimyoviy reaksiyasi) o‘z ichiga olgani uchun bir guruhga 
    birlashtirilgan. Suyuq bog‘lovchilar shimdirilgan, so'ngra qotirilib armirlanadigan 
    materiallarga ma’lum konfiguratsiya berib olinadigan usullar VIII guruhga 
    birlashtirilgan. Ko‘piradigan termoreaktiv kompozitsiyalardan buyumlar tayyorlash 
    maqsadida qollaniladigan qayta ishlash usullari IX guruhga kiritilgan. Bu 
    usullarning o‘ziga xos tomoni shundaki, bunda g‘ovak hosil bo‘lishi va qotish 
    kimyoviy reaksiyasi bir vaqtda sodir bo'ladi. 
    Plastmassalarni buyumlarga va yarimtayyor mahsulotlarga aylantirishda 
    quyidagilarga ahamiyat berish kerak: — plastmassa yoki kompozitsion materiallarni 
    ekspluatatsiya sharoitiga bog‘liq xususiyatlariga ko‘ra tayyorlash (ta’minlash); 
    — ulami shaklni oson qabul qiladigan holatga o'tkazish; 
    — plastmassalarga buyum yoki yarim mahsulot shaklini berish usullari va tegishli 
    rejimlami yaxshi bilish;
    — buyum yoki yarim mahsulotga tugallangan shakl berish. 
    Nazorat savollari 
    1. Termoplastlardan buyum olish usullari qanday sinflarga bo'linadi? 
    2. Termoreaktiv materiallardan buyum olish usullari qanday sinflarga bo’linadi? 
    3. Termoplastlarning termomexanik egri chizig‘i qanday va bu ko'rsatkich bo‘yicha 
    buyum qanday olinadi? 
    4. Oattiq holatdagi termoplastlardan qanday usul bilan buyum olish 
    5. Yuqori elastik holatda buyumning qanday xossasini oshirish mumkin? 
    6. Qaysi usul bilan buyum olishda polimerda faqat fizik o'zgarishlar sodir bo'ladi? 
    7. Monomer va oligomerlardan buyum olishda qanday o‘zgarishlar so’dir bo‘ladi? 

    Download 148,35 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 148,35 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buyumlar ishlab chiqarish usullarining sinflarga bo‘linishi

    Download 148,35 Kb.
    Pdf ko'rish