|
Po‘lat buyumlarning sirt yuzini uglerodga boy qattiq, moddalar muhitida sementitlash
|
bet | 11/21 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,88 Mb. | | #140910 |
Bog'liq UZB MA\'RUZA 11Po‘lat buyumlarning sirt yuzini uglerodga boy qattiq, moddalar muhitida sementitlash
Uglerodga boy muhit sifatida ko‘pincha 75—80% pista ko‘mir, qolgani karbonat tuzlari (VaSO3, Na2CO3, K2SO) dan iborat bo‘lgan (karbyurizator deb ataluvchi) aralashmadan foydalaniladi.
Buyumlarni sementitlash uchun otashbardosh metalldan tayyorlangan qutiga avvaliga oz miqdorda karbyurizator kiritilib, uning ustiga ma’lum tartibda sementitlanuvchi bir necha po‘lat buyumlar joylanadi. Keyin ularning ustiga yana karbyurizator kiritiladi.
So‘ngra quti qopqoqlanib, tirqishlari o‘tga chidamli shamot gil bilan zich shuvalanadi, keyin pechga kiritilib, 900—9500S temperaturagacha asta-sekin qizdiriladi va shu temperaturada bir necha soat tutib turiladi. Bunda qutidagi havo kislorodi pista ko‘mir (uglerod) bilan reaksiyaga kirishib, kislorod ozligi uchun SO2 urniga SO gazi hosil bo‘ladi SO gazi barqaror bo‘lmagani uchun dissotsiyalanib, SO2 va atomar uglerodga ajraladi. Atomar uglerod esa po‘lat buyum sirtiga diffuziyalanib austenitda eriy bosh- laydi:
2C+O2 = 2CO
2CO= CO2+Catom
Fe+Catom=Fea(C)
11.19-rasm. Po’latlarni qattiq karbyurizatorli muhitda sementitlash sxemasi
Ajralayotgan SO gazi esa parchalanib, qutidagi aktiv atomar uglerod miqdorini orttirib, sementitlash jarayonini tezlashtiradi. Sementitlangan katlam kalinligi atomar uglerodning diffuziyalanishi tezligiga temperaturaga va tutish vaqtiga bog‘liq.
Masalan, sementitlash jarayoni 9300S temperaturada olib borilsa, 0,1 mm li sementitlangan qatlam olish uchun I soat kifoya qiladi. Bu usul oddiyligiga qaramay, ish unumining pastligi, ishlash sharoitining yomonligi kabi kamchilikka ega. Shunga qaramay bu usul kichik o‘lchamli buyumlarni ta’mirlash ustaxonalarida qo‘llaniladi.
|
| |