|
Po‘lat buyumlarning sirt qatlamini suyuq muhitlarda sementitlash
|
bet | 12/21 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,88 Mb. | | #140910 |
Bog'liq UZB MA\'RUZA 11Po‘lat buyumlarning sirt qatlamini suyuq muhitlarda sementitlash
Odatda, bu usuldan kichik o‘lchamli buyumlarni sementitlashda foydalaniladi. Bunda karbyurizator o‘rniga ko‘pincha 75—80% natriy karbonat (Na2CO3), 10—15% natriy xlorid (NaCI) va 5—10% kremniy karbid (SiC) tuzlari aralashmasi olinib, maxsus vannaga kiritiladi va 820—8500S temperaturagacha qizdirilib suyultirilgach, unga sementitlanuvchi buyumlar tushiriladi. Vannada boruvchi reaksiyalar natijasida atomar uglerod ajralib, buyumning sirtqi katlamiga o‘tadi.
2Na2CO3+ SiC= Na2SiO3+ Na2O + 2CO + S
Ma’lum vaktdan keyin buyumlar vannadan olinadi. Bu usul buyumlar tekiskizishi, vannada nolinib bevosita toblanishi kabi afzalliklarga ega.
Po‘lat buyumlar sirt katlamini gaz muhitida sementitlash
Bu usul yuqoridagi usullardan ish sharoitining yaxshiligi, jarayonning mexanizatsiyalashtirilganligi va avtomatlashtirilganligi natijasida ish unumining ikki, uch marta yuqoriligi bilan ajralib turadi va sanoatda keng tarqalgan.
Bu usulda buyumlar 900—950 C haroratli germetik kamerali pechga kiritilib, ulardan uzluksiz ravishla tabiiy, yoritish, generator gazlari yekiularning aralashmalari o‘tkazibturiladi. Bu sharoitda pech kamerasidagi uglevodorod gazlar parchalanib, ajralayotgan aktiv atomar uglerod buyumlarning sirtqi qatlamlariga diffuziyalanadi:
2CO – CO2=C2atom
CH4 2H2 +Catomlar
SCH6 3H2+2Catomlar
Agar ajralayotgan atomar uglerodlar buyum sirtki katlamiga to‘la yutila olmasa, ya’ni absorbsiya tezligi dissotsiatsiya tezligidan kichik bo‘lsa, ortiqcha uglerod buyum yuzasiga qurum tarzida o‘tib jarayonning normal borishini qiyinlashgiradi.
Shuni qayd etish joizki, sementitlangan buyumlarning sirtqi katlamlari uglerodga to‘yingani bilan yetarli darajada qattiklikka ega bo‘lmaydi. Shu sababli, ularning sirti qattiqligini yanada oshirish, ichki kuchlanishlardan holi etib strukturasini yaxshilash uchun bu buyumlarni toblab, quyi temperaturada bo‘shatiladi. Bunda sirt yuzasining strukturasi martensit bilai qisman sementitdan iborat bo‘ladi va qatlam qattikligi HRC = 58—63 oralig‘ida bo‘ladi.
Agar detal uglerodli po‘latdan tayyorlangan bo‘lsa, ichki qismi strukturasi ferrit va perlitdan, legirlangan po‘latlardan tayyorlansa. troostit yoki sorbitdan iborat bo‘ladi. Po‘lat buyum ichki qismining qattiqligi po‘lat markasiga ko‘ra HRC = 20—40 oralig‘ida bo‘ladi.
Agar ajralayotgan atomar uglerodlar buyum sirtqi qatlamiga to‘la yutila olmasa, ya’ni absorbsiya tezligi dissotsiatsiya tezligidan kichik bo‘lsa, ortiqcha uglerod buyum yuzasiga qurum tarzida o‘tib jarayonning normal borishini qiyinlashgiradi. Shuni qayd etish joizki, sementitlangan buyumlarning sirtqi qatlamlari uglerodga to‘yingani bilan yetarli darajada qattiqlikka ega bo‘lmaydi. Shu sababli, ularning sirti qattiqligini yanada oshirish, ichki kuchlanishlardan holi etib strukturasini yaxshilash uchun bu buyumlarni toblab, quyi temperaturada bo‘shatiladi. Bunda sirt yuzasining strukturasi martensit bilai qisman sementitdan iborat bo‘ladi va qatlam qatgiqligi HRC = 58—63 oralig‘ida bo‘ladi.
Agar detal uglerodli po‘latdan tayyorlangan bo‘lsa, ichki qismi strukturasi ferrit va perlitdan, legirlangan po‘latlardan tayyorlansa, troostit yoki sorbitdan iborat bo‘ladi. Po‘lat buyum ichki kismining qattiqligi po‘lat markasiga ko‘ra HRC = 20—40 oralig‘ida bo‘ladi.
Po‘latni azotlash. Azotlashni qo‘llash joylari.
Ma’lumki, yuqori temperaturali agressiv muhitlarda ishlovchi detallar (ichki yonish dvigateli gilzalari, tirsakli val buyinlari, porshen barmoqari va boshqalar) kam yeyilishi, uzoq ishlashi uchun ko‘pincha tarkibida Al, Sg, Ti, Mo, Ni va boshqa elementlari bo‘lgan legirlangan po‘latlar (masalan, 35XMYuA, 38XMYuA, 35XXN7 va boshqalar) dan tayyorlanadi.
Bunday detallar sirtqi yuza qatlamlarining qattiqligini, korroziyabardoshligini va toliqish chegaralarini orttirish maqsadida azotlanadi. Buning uchun dastlab buyum toblanib, yuqori temperaturada bo‘shatiladi. So‘ngra 500—600° S temperaturali maxsus pechga kiritilib, pechga ma’lum bosimda ammiak haydaladi.
Bu sharoitda ammiak dissosatsiyalanib (2NH3J52N + ZN ) ajratilayotgan atomar azot buyum sirtiga diffuziyalanib, Fe bilan nitritlar (Fe4N), va legirlovchi elementlar (AI, Sg, Mo va boshqalar) bilan ham nitritlar (Fe,NAIN, C,N, C13N, MoN, Mo2N) hosil qiladi. Natijada, sirt yuza qattiqligi keskin ortadi.
Azotlangan katlamning kalinligi buyum materialiga, gazning diffuziya tezligiga, temperaturaga va ishlov berish vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
Masalan, o‘rtacha temperaturada ishlov berishda 0,25—0,5 mm li azotlangan qatlam hosil kilish uchun 2,5—6 soat vaqt sarflanadi. Shuni qayd etish kerakki, azotlangan qatlam qalinligi sementitlangan qatlam qalinligidan 1,5—2 marta ortiq (NV = 1000—1200 kgk/mm2) bo‘ladi.
Bu qattiqlik buyum 600°S gacha qiziganda ham saqdanadi. Lekin bu ishlovda tayyorlangan buyumlarning o‘lchami birmuncha ortishi jilvirlashni alabetadi.
|
| |