|
PO‘LATNI YUMSHATISH, NORMALLASH. TO‘LA YUMSHATISH. CHALA YUMSHATISH. YUMSHATISHDAN MAQSAD
|
bet | 15/21 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 1,88 Mb. | | #140910 |
Bog'liq UZB MA\'RUZA 11PO‘LATNI YUMSHATISH, NORMALLASH. TO‘LA YUMSHATISH. CHALA YUMSHATISH. YUMSHATISHDAN MAQSAD.
Chala yumshatish ba’zi hollarda po‘lat quymalar na pokovkalarni mexanik ishlashdan oldin ichki zo‘riqish kuchlanishlarini kamaytirish, strukturasini yaxshilab oson kesib ishlanadigan qilish uchun ular chala yumshatiladi. Masalan, evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat buyumlar AS1 kritik chiziq bilan AS3 kritik chiziq, oralig‘idagi temperaturagacha, evtektoiddan keyingi po‘lat buyumlar esa AS1 kritik chiziq, bilan AST kritik chiziqlar oralig‘idagi temperaturagacha qizdirilib, shu temperaturada ma’lum vaqt tutib turilgach, asta-sekin sovitiladi Bu ishlovda faqat perlit strukturasigina qayta kristallanadi, kolgan strukturalar o‘zgarmaydi. Shu boisdan ham chala yumshatish deyiladi.
Diffuznom yumshatish. Po‘lat quymalar (ayniqsa, legirlangan po‘latlar) kimyoviy tarkibining notekisligini tekislash maqsadida bu xil ishlov beriladi. Buning uchun masalan, evtektoidgacha bo‘lgan po‘lat buyumlar AS3 kritik temperaturadan 200—300°S yuqori temperaturagacha qizdirilib, shu temperaturada 10— 15 soat saqlangach, avval 600°S temperaturagacha sekin, keyin esa havoda sovitiladi.
Buyumni yuqori temperaturada bir necha soat tutib turishda austenit donalaridagi uglerod va boshqa elementlar diffuziyalanganda tarkibi tekislanib, deyarli tekis struktura hosil bo‘ladi. Bunda austenit donalari yiriklashadi. Shuning uchun bu termik ishlovdan so‘ng donalarni maydalashtirish maqsadida u qo‘shimcha ravishda to‘la yumshatiladi.
To‘la yumshatish. Bu ishlov faza o‘zgarishi bilan olib boriladigan yumshatish bo‘lib, bu yumshatishga to‘la yumshatish deyiladi. Bu usul po‘lat quymalar va pokovkalarning donalarini bir tekis, mayda donali qilish va ichki kuchlanishlardan holi etish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda evtektoid va evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlarning markasiga qarab ularni AS, va AS3 kritik temperaturadan 30—500C yuqoriroq temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada ma’lum vaqt saqlangach asta sekin sovitiladi.
Shuni xam qayd etish lozimki, evtektoiddan keyingi po‘latlarni to‘la yumshatish uchun ularni AS1 temperaturadan bir oz yuqoriroq temperaturagacha qizdirib, shu temperaturada ma’lum vaqt saqlab, sovitilganda ajraluvchi sementit perlit donalarini parda bilan chulg‘ab olib, uni mo‘rtlashtiradi. Shu sababli bu po‘latlarni to‘la yumshatish uchun ularni AST temperaturadan 30—500S yuqoriroq qizdirib, shu temperaturada ma’lum vaqt saqlab, asta-sekin sovitiladi.
|
| |