Zamonaviy tashkiliy dizaynlar




Download 315,66 Kb.
bet4/9
Sana05.08.2024
Hajmi315,66 Kb.
#269127
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-m ijtimoiy menejment tizizmi

Zamonaviy tashkiliy dizaynlar


Microsoft Windows 7 mazkur mahsulotning turli xil sohalarida ishlayotgan minglab ishchilarning uch yillik mehnati mahsulidir. Bu yondashuv undan oldingi dastur – Windows Vista ning ishlab chiqarish jarayoniga mutlaqo ziddir, chunki avvalgi dasturda har bir jamoa alohida ishlagan va o’z fikrlarini bir-birlari bilan baham ko’rishmagan. Vista dasturida har bir guruh tomonidan yaratilgan dasturlash kodi alohida ishlaganda juda samarali bo’lgan, ammo boshqa dasturlar bilan birgalikda foydalanilganda esa texnik muammolarga sabab bo’lgan. Dizaynning mana shu tomonlari va guruhlar o’rtasidagi muloqotning sustligi mahsulotni taqdim etishning kechikishiga va nosozliklar bilan chiqishiga sabab bo’lgan.Kompaniya prezidenti Stiv Balmer mazkur xatoni qaytarmaslikka qaror qildi. Buning natijasida esa, “Windowsni qayta shakllantirib, Microsoft o’rtadagi to’siqlarni olib tashladi” – ya’ni, samarali va foydali ishlashga olib keluvchi tashkiliy to’siqlarni olib tashladi.

Jamoa strukturasi




- Bu nima?

Bu shunday strukturaki, bunda butun bir tashkilot guruhlar yoki
jamoalardan tashkil topgan bo’ladi.

- Foydali jihatlari

Ishchilar ish jarayonida faolroq ishtirok etishadi.
Funktsional sohalarda to’siqlar kamroq bo’ladi.

- Zararli jihatlari

Buyruqlar chiqarishning aniq tizimi mavjud emas.
Jamoalarning yanada yaxshiroq ishlashi uchun bosim yuzaga keladi.

Matritsa-loyiha
strukturasi




- Bu nima?

Matritsa – bu shunday strukturaki, bunda turli xil sohalarda ishlovchi mutaxassislarni bir loyiha ustida jipslashtiradi. Bir loyiha nihoyasiga
etganidan so’ng esa, keyingi loyihaga o’tiladi.

- Foydali jihatlari

Tabiiy o’zgarishlarga moslasha oladigan “suyuq va o’zgaruvchan”
dizayn. Qaror qabul qilishning tez amalga oshirilishi.

- Zararli jihatlari

Insonlarni bir loyiha ustida jipslashtirishning qiyinligi. Vazifalar va
shaxsiyat bilan bog’liq konfliktlar.

To’siqsiz struktura




- Bu nima?

Shunday strukturaki, bunda u sun’iy ravishda gorizontal yoki vertikal

27 Robbins Stephen P.Management / Stephen P. Robbins, Mary Coulter. — 11th ed. R5647 2012 . 280-310-betlar.




to’siqlar bilan chegaralanmagan. Tashkilotlarning virtual turlarini o’z
ichiga oladi.

- Foydali jihatlari

Yuqori darajada o’zgaruvchanlik va talablarga javob berish.
Iqtidorni osonlik bilan yuzaga chiqaradi.

- Zararli jihatlari

Nazoratning sustligi.
Muloqotning qiyinligi.

O’rganish strukturasi




- Bu nima?

Bu strukturada ishchilar muntazam ravishda yangi bilimlarni o’rganib
borishadi va bu bilimlarni ish jarayonlarida qo’llashadi.

- Foydali jihatlari

Bilimlar butun tashkilot bo’ylab baham ko’riladi. Bu esa raqobatda
ustunlikka olib keladi.

- Zararli jihatlari

Bilimlarni tarqatayotgan ba’zi ishchilarga bog’lanib qolish.
Bir vaqtning o’zida katta miqdorda tajribali ishchilarning nafaqaga chiqishiga to’g’ri kelib qolishi.q

Xuddi Stiv Balmerga o’xshab, ko’pchilik menejerlar an’anaviy dizaynlarning kundan-kunga murakkablashib borayotgan dinamik va kompleks sharoitlarga mos kelmasligini ta’kidlashmoqda. Aksincha, tashkilotlar innovativ va moslashuvchan bo’lishlari kerak. Shuning uchun ham menejerlar ish jarayonini samarali tashkil qilish uchun kreativ yo’llarni qidirmoqdalar. Bunday zamonaviy dizayn jamoa strukturasi, matritsali va loyihaviy strukturani, to’siqsiz strukturani va o’rganish strukturasini o’z ichiga oladi.



Download 315,66 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 315,66 Kb.