• Chiziqli bo’g’inlar
  • 11-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi




    Download 315,66 Kb.
    bet3/9
    Sana05.08.2024
    Hajmi315,66 Kb.
    #269127
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    1-m ijtimoiy menejment tizizmi

    Boshqaruv tuzilmasi


    Boshqaruv tuzilmasi ikki pog’onali va ko’p pog’onali bo’lishi mumkin. Agar bo’g’inlar bir boshqaruv pog’onasida joylashgan bo’lsa, ularnining aloqasi gorizontal xarakterga ega bo’ladi, agar boshqa-boshqa pog’onada bo’lsa, vertikal bo’ladi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasida boshqaruv bo’g’inlari (organlari) chiziqli va funktsionalga bo’linadi. Chiziqli bo’g’inlar - bu obyektni bevosita majmuaviy boshqarishni amalga oshiruvchi, ijtimoiy tuzimning ma’muriy alohidalashgan bir qismi (tarmoq vazirliklari, korporatsiyalar, trestlar, uyushmalar, korxonalar, tsexlar va h.k.). Funktsional bo’g’inlar - boshqaruvning bir yoki bir necha funktsiyalarini amalga oshiruvchi, boshqaruv appara-tining ma’muriy alohidalashgan qismlaridan iborat (ko’mitalar, boshqarmalar, bo’limlar, agentliklar, idoralar va h.k.).


    Boshqaruv tashkiliy tuzilmalarining uch asosiy turi farq-lanadi: chiziqli, funktsional va aralash: chiziqli - funktsional.
    Boshqaruvning murakkab tizimlari egiluvchanligini ta’min-lash uchun chiziqli-funktsional tuzilmalarga matritsali tuzilma ko’rinishidagi boshqaruvning dasturiy-maqsadli shakllari kiri-tiladi: loyiha bo’yicha boshqarish, maxsulot bo’yicha boshqarish, tekshiruv komissiyalari va h.k.
    Oqilona boshqaruv tizimlarining shartlari yoki mezonlari sifatida quyidagilar namoyon bo’ladi: a) boshqaruv bo’g’inlarining uning funktsiyalariga mosligi; b)
    boshqaruv ierarxiyasida iloji boricha pog’onalar sonining kamligi; v) har bir pog’onada barcha zarur boshqaruv funktsiyalariga diqqatni qaratish; g) funktsional bo’g’inlarning funktsional tarmoqlarga moslashishi; d) har bir funktsional bo’g’inning yagona boshqaruv jarayonida ishtirok etish xarakterining aniq namoyon bo’lishi; e) boshqaruvning xar bir bo’g’inida jamoalar «kirish» va
    «chiqish» manbalari sonining eng kam bo’lishi27.
    Menejmentning tashkiliy tuzilmasi boshqaruv tuzilmasi sxemasida, ish jadvallarida, tuzilmaviy bo’linmalar to’g’risidagi holatlarda, shuningdek, bajaruvchilar uchun lavozim instruk-tsiyalarida hujjatlashtiriladi.

    Download 315,66 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 315,66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-mavzu. Ijtimoiy menejment tizimi

    Download 315,66 Kb.