%
ilmiy-texnika rivoj topgan mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi. Ushbu
mamlakatlarda dunyo bo'yicha ilm talab tovarlarning aksariyat qismi ishlab
chiqarilmoqda. Shunday qilib, hozirgi paytda fan va texnikaning o'sishi iqtisodiyot
va jamiyatning rivoji katta hajmdagi bilim jamg'armasi bilan izohlanadi.
Inson faoliyatining barcha jabhalariga ilmiy-texnika va ijtimoiy- iqtisodiy
yangiliklarning kirib borishi natijasida, katta hajmdagi tavsiyanomalar, uslubiy
qo'llanmalar, ma'lumotlar yig'ilgan. Shunday qilib, bir tomondan qiziq, ikkinchi
tomondan esa g'ayri tabiiy vaziyat paydo bo'ldi: bir tomondan, alohida shaxs
insoniyat tomonidan yaratilgan barcha bilimlarni egallab olish imkoniyatiga ega
emas; ikkinchi tomondan insoniyat yig'ilgan bilimlar hajmini yanada ko'paytirish
va mazmun jihatidan boyitish yo'nalishida faoliyat ko'rsatmoqda. Bu o'z navbatida
kam xarajat qilib, yangi bilimlarni egallash va qo'yilgan maqsadga erishish
ehtimolini oshirish
imkonini
bera
oladigan
maxsus
metodologiyaning
shakllanishiga katta ehtiyoj tug'dirmoqda. Jamiyat a'zolarining iste'moli to'xtovsiz
o'sib borishi, tadqiqotchilarning bevosita uslubiy qo'llanmalar yordamida yangi
qaror- larni qabul qilish jarayonini, ayniqsa texnika sohasida intensivlashti- rishni
talab etmoqda. Hozirga qadar ijodiy guruhlar tomonidan maqsad- ga erishishga
qaratilgan ko'pgina uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqilgan. Albatta, bu qo'llanmalar
sifati, joriy etilish darajasi bilan bir biridan farq qiladi. Shunga qaramasdan, ijodiy
jamoaning yaratgan ilmiy ishlari diqqatga sazovor bo'lib, hayo’lga ularning bir
qismi joriy etilmoqda.
Umuman olganda fan va amaliyotning uzviy aloqadorligini ta'minlash
asosida, uning samaradorligini oshirishga, fan yutuqlarini safarbar etishni
tezlashtirishga qaratilgan yangi bilimlarni yaratuvchi ijodiy guruhga va
salohiyatga talab o'sib bormoqda.
Iqtisodiyotda, texnikada va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlar hayo’lga
joriy etilishi mumkin. Lekin har qanday g'oya ham, ilmiy ishlanmalar dasturi yoki
yangilik bo'lib hisoblanmaydi. Amerika va Angliya mutaxassislari bahosiga ko'ra
10-30% g'oyani ixtiro deb tan olinishi (patent) va ulardan atigi 0,5-3,5
%
o'zini
oqlashi mumkin.
Tadqiqot olib borish va ilmiy ishlar bo'yicha izlanishlar, noaniqlik darajasi
yuqori bo'lgan jarayon hisoblanadi. Har qanday holatda ham, olib borilgan ilmiy
ish, yangi mahsulot yaratish imkonini beradi deb, hech kim kafolat bera olmaydi.
Ba'zi bir Amerika firmalari maTumotlariga ko'ra, sanoatda bitta buyumni
11
bozorda muvaffaqiyatli sotilishi va o'zini oqlashi uchun o'rtacha 58ta g'oya zarur
bo'lar ekan. 170ta firmada olib borilgan boshqa ilmiy tadqiqo’llar ishlanmalarining
boshlang'ich bosqichida, uning texnik yutug'i o'rtacha 71 %ni tashkil etishini
ko'rsatgan.
Shunday qilib, har qanday g'oya ham yutuqni ta'minlay olmaydi. Ko'pgina
samarali qarorlar hayo’lda joriy etilmaydi. Ba'zida istiqbolsiz g'oyalar majburan
joriy etiladi. Bu hammasi vaqtni, mablag'ni, ilmiy salohiyatning boTinishiga olib
keladi. Bu esa o'z navbatida yangilikni joriy etishga, boshqarishga jiddiy
ehtiyojning paydo bo'lishiga olib keladi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti jarayonida yangilik va eskilik o'rtasidagi jiddiy
qarama-qarshilik o'limga mahkum etilgan, lekin to'laqonli hayo’l kechirayo’lgan
eskilik va yangilik o'rtasidagi qarama-qarshilikdir. Birining o'rnini ikkinchisi olishi
(eskilik o'rnini yangilik egallashi) murakkab, ba'zida yechish qiyin bo'lgan
psixologik muammoni keltirib chiqaradi. XX asr oxiriga kelib, ushbu muammo
yanada jiddiylashdi. Bu o'z navbatida an'anaviy menejment yo'nalishida yangi,
ya'ni innovatsiya menejmenti yo'nalishining paydo bo'lishiga olib keldi.
Innovatsion menejmentning mohiyatini to'laroq ifodalash uchun qator
tushunchalarni kiritish lozim bo'ladi. Birinchisi - barqaror rivojlanish. Ikkinchisi -
muhimroq rol o'ynovchi tushuncha - inqiroz. Har qanday tizimda barqaror
rivojlanish va inqiroz mohiyatiga ko'ra, bir-biriga qarama- qarshi jarayon
hisoblanadi. Birinchisi, gurkirab rivojlanishi, barqarorlikni, ishonchni o'zida aks
ettiradi; ikkinchisi - tartibsizlik va notinchlikni o'zida aks ettiradi. Tabiiyki, har
qanday tizim ham barqarorlikka intiladi, beqarorlikni chetlab o'tish yo'lini
axtaradi. Shuning uchun inqiroz rivojlanayo’lgan organizm uchun zarur. Sirasini
aytganda, barqarorlik inqirozsiz yashay olmaydi.
Hozirga qadar ilmiy bashorat va istiqbolni aniqlashning mukammal
metodologiyasi yaratilmaganligi bois, inqiroz paydo bo'lganda unga e'tibor
berilmoqda. Ko'pincha unga qarshi kurash, favqulotda hodisa ro'y berishi aniq va
halokatning oldini olish mumkin bo'lmagan paytda olib borilmoqda. Ishlab
chiqarish kuchlarining va bilish nazariyasining rivoji natijasida, yangicha qarash
tizimi paydo bo'ldiki, natijada bu tizim inqiroz ro'y berishdan ilgari harakat qilish
zarurligini ko'rsatib bermoqda. Albatta, inqirozni oldindan ko'ra bilish va uni
bartaraf etish uchun sarf qilinadigan xarajatlar ro'y berish davridagi xarajatlarga
nisbatan kamroq bo'ladi. Hozirgi paytda, ilg'or firmalarda boshqarish
strategiyasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Haqiqatda, inqiroz oqilona idrok etish
yoki uni batamom bartaraf etish, hech bo'lmaganda inqiroz natijasida paydo
bo'ladigan salbiy oqibatlarni yo'qotish hisobiga barqaror rivojlanishga imkoniyati
boricha talafotsiz erishish muhim ahamiyatga egadir. Inqirozlarni ko'ra bilgan,
kam mablag' sarflab, uni bartaraf etish tadbirlarini ishlab chiqa oladigan va
hayo’lga tadbiq eta oladigan menejerlarni innovatsiya menejmenti deb atash
12
mumkin. Ularning faoliyat ko'rsata olish doirasi keng qamrovli bo'lib, asosan tub
tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirishdan iborat. Ular asosiy e'tiborni
korxonaning, tarmoqning qolaversa iqtisodiyotning barqaror rivojini ta'minlashga
yo'naltirilgan innovatsion strategiyalarni ishlab chiqa- rishga joriy etishga
qaratilmog'i lozim.
Innovatsiya menejmenti firmalarda turli innovatsiya strategiyasi ko'rinishida
qo’llanilishi mumkin:
1.
Venchur firmalari, ya'ni texnik-texnologik taraqqiyotga munosabati
yuqori (ba'zida, xatarli strategiya ham deb yuritiladi). Bunday firmalar o'sishi
uchun faoliyat yuritadigan, ixtirolik faolligi yuqori va uni saqlab qolishga
intilayo’lgan firmalar hisoblanadi. Venchur firmalar odatda, foyda ko'rmaydigan
firmalar hisoblanadi, chunki ular mahsulot ishlab chiqarish bilan shug'ullanmaydi,
ular o'zlarining ilmiy ishlanmalarini boshqa firmalarga - eksplerent, patient,
violent va kommutant ko'rinishida beradilar. Ko'pincha, venchur firmalari yirik
firmalarning qiz bola firmalari hisoblanadi.
Venchur firmalarida xodimlar soni oz bo'lib, innovatsiya menejmenti
funksiyasi yoki an'anaviy menejerlar, yoki taklif etilgan mutaxassislar, masalan
konsalting firma xodimlari bo'lishi mumkin.
2.
Eksplerent firmalar - yangi, yosh radikal yangilangan, eski bozor
segmentlari uchun mahsulot yoki buyumlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
bo'ladi. Ular ixtirochilik faoliyatini mahsulot yetishtirish bilan nihoyasiga
yetkazadi. Hozirgi zamonaviy Evropa iqtisodi tadqiqot yutuqlarini hayo’lga joriy
etilishi va unda venchur va eksplerent firmalarning tutgan o'rni va ahamiyati
beqiyos ekanligini alohida ta'kidlash o'rinlidir.
Eksplerent firmalar venchur firmalari singari, foyda olmasdan ishlaydigan
firmalar hisoblanadi. Shu bois, ushbu firmalarda band bo'lgan xodimlar soni ham
ko'p bo'lmasdan, innovatsiya menejmentiga ixtisoslashgan tashkiliy tuzilmani
yetarli moliya mablag'i bilan ta'minlash imkoniga ega emas. Venchur va eksplerent
firmalar evristikani, prognozni, inqiroz nazariyasini yaxshi bilmog'i lozim. Bunday
bilimlarsiz firma yutuqlarini tasavvur etish qiyin.
3.
Patientli firmalar iste'molchi talabi yoki reklama, moda ta'sirida
shakllangan, o'ziga xos iste'molchilar ehtiyojini qondirishga qaratilgan,
cheklangan bozor segmentlari uchun xizmat ko'rsatuvchi firmalardir.
Patient mahsulot ishlab chiqarishning o'sishi va bir vaqtning o'zida ixtirolik
faoliyatini tushib borishi jarayonida faoliyat ko'rsata oladi. Patientlarning ilmiy-
texnika siyosati mahsulotni ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarishni to'xtatish
muddatlariga oid qarorlar qabul qilishni talab qiladi. Bu firmalar ishlab
chiqaradigan mahsulot sifati va hajmiga bo'lgan talab bozorni zabt etish
muammosiga bog'liqdir. Ixtironi davom ettirish kerakmi, yoki litsenziyani sotib
13
olish ma'qulmi, nihoyat litsenziyani sotish maqsadga muvofiqmi, degan savollarga
javob topish va qaror qabul qilishi lozim bo'ladi.
Bu firmalarning foydalilik darajasi ko'rinib turibdi. Lekin inqirozga olib
keluvchi noto'g'ri qaror qabul qilish ehtimoli juda yuqoridir. Shu munosabat bilan
bunday ko'ngilsiz voqealarning oldini olish maqsadida firmalarda doimiy ish
joylariga ega innovatsiya menejeri bo'lishi lozim. Bu mutaxassisning asosiy
vazifasi korxonani inqirozga olib keluvchi xavf-xatardan xalos etish, xodimlarning
faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat.
4.
Violent firmalar yirik standartlar biznes sohasida faoliyat ko'rsatuvchi
«kuch» strategiyasiga amal qiluvchi firmalar bo'lib, yirik kapitalga ega va
texnologiyani yuqori darajada o'zlashtirib olgan, ixtisoslashgan firmalar
hisoblanadi. Ular keng iste'molchilar ommasi uchun zarur bo'lgan buyumlarni yoki
mahsulotlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan bo'ladi. Odatda, ushbu mahsulotlar
sifati va bahosi o'rtacha bo'lib, iste'molchilar talabini qondiradi. Violent firmalar
mahsulotlarni maksimum darajada ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo'ladi. Uning
ilmiy-texnika siyosati mahsulotni ishlab chiqarish muddatini aniqlash (jumladan,
litsenziya sotib olish) bo'yicha qaror qabul qilish, mahsulotni ishlab chiqarishdan
olish, ishlab chiqarishni kengaytirish uchun investitsiya mablagTari bilan
ta'minlash, texnologik parkni o'zgartirish va boshqalardan iborat bo'ladi. Foyda
olish
firmaning
asosiy
maqsadi
hisoblanadi.
Shuningdek,
innovatsiya
menejmentiga talab, bu yerda ham patient firmalar singari bo'ladi. Faqat noto'g'ri
qaror qabul qilish, xavf-xatarli darajasi bilan farq qiladi. Violent firmalar o'zining
siyosatini o'zgartirishga juda ehtiyo’lkorlik bilan yondoshadi.
5.
Kommutant firmalar mahalliy yoki milliy iste'molchilar ehtiyojini
qondirish uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga, o'z faoliyatini
qaratgan kichik biznes bilan shug'ullanuvchi korxonalar hisoblanadi. Kommutant
firmalar o'zlari qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlardan foydalangan holda, mijozga
individual yondashish va sharoitga moslashish asosida, o'z faoliyatini amalga
oshiradilar. Kommutantlar mahsulot yetishtirish kamayib borayo’lgan paytda ham
faoliyat ko'rsatadi. Bu firmalarning ilmiy-texnika siyosati ishlab chiqarishni o'z
vaqtida amalga oshirish uchun, buyumni texnologik jihatdan o'zlashtirish va
iste'molchilarning o'ziga xos talablaridan kelib chiqqan holda, unga o'zgarishlar
kiritishdan iborat. Bunday firmalarda innovatsiya menejmenti, tovar sotib
oluvchining talabini atroflicha o'rganish va nozik did bilan his etish, bozor holatini
chuqur tahlil etish, bo'lajak krizisning oldini olish yoki bartaraf etish tadbirlarini
o'z ichiga oladi.
Innovatsiya menejmenti uchun inqiroz, o'rganish predmeti, hayo’l faoliyati
xavfsizligini saqlash, xususan, inqiroz oldi, inqiroz va nihoyat inqirozdan keyingi
holatlardagi maqsad faoliyatidir. Hozirgi paytda kim innovatsiya menejmenti bilan
14
shug'ullanmoqda, innovatsiya menejeri kim, degan savollarga javob topishi lozim.
Innovatsiya menejeri to'g'risida taniqli venger iqtisodchisi B.Santo oddiy
menejerni o'ziga nisbatan kuchliroq raqib bilan o'ynayo’lgan shaxmatchiga
o'xshatadi. Uning o'rnida o'tirgan shaxmatchi (innovatsiya menejeri) o'yinni
davom ettiradi va yutqazish uchun emas, aksincha yutish uchun harakat qiladi va
yutadi ham. Bunday menejerlarni innovatsiya menejerlari deb atash mumkin.
Bugungi innovatsiya menejeri radikal yangiliklarning har xil tashkiliy-
iqtisodiy yo'nalishlari bilan shug'ullanuvchi mutaxassisdir. Farbiy firmalarda bu
an'anaviy menejerlardir.
Iqtisodiyot tarmoqlarini, korxonalarni modernizatsiyalash, yangi texnika va
texnologiya asosida qayta tiklash mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror
rivojlantirishning ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Istiqbolda innovatsiyaga bo'lgan
talab o'sadi. Innovatsiyani iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish darajasi tezlashadi.
Shu bilan birga innovatsiya menejerlariga katta ehtiyoj tug'iladi. Shu bois
innovatsiya menejmenti asosini yaxshi biladigan mutaxassislar tayyorlashni
tashkil etish zarur. Dastlab mutaxassislar fundamental bilimni chuqur o'rganishi
lozim. Keyin esa olingan nazariy bilimni amaliyot bilan bog'lab tajribaga ega
bo'lishi va ko'nikma hosil qilish zarur. Va nihoyat menejment ham an'anaviy, ham
yangi kasbga xos vazifalarni egallab jamoani va mutaxassislar faoliyatini
boshqarishi darkor. Bizning fikrimizcha, innovatsiya menejmenti yuqorida ko'rib
chiqilgan uch yo'nalishdagi ta'lim tizimining asosini o'zida aks ettirishi zarur.
Xulosa qilib aytganda, menejment - nazariya, amaliyot, boshqaruvni
birlashtiruvchi tashkiliy bo'g'in sifatida qaralishi lozim. Maqsad bo'lajak
mutaxassislar kelajakda yangiliklarni boshqarish asosini o'rganishi va hayo’lda
undan oqilona foydalanishi lozim.
Intellektual aktiv (IA) keng ma'noda «inson kaitaliga» oid g'oyalar,
algoritm, jarayon yoki fikr va mulohazalar jamlanmasi bo'lib, korxona faoliyati
ya'ni uning rivojlanishi uchun zarur omil bo'lib xizmat qiladi. IA chizma, hisobot,
kitob, tajriba namunalari va tasavvurlar jamlanmasi ko'rinishida bo'lib, tegishli
talablar asosida rasmiylashtirilgan bo'ladi.
IA qabul qilingan shakli qanday bo'lishdan qat'iy nazar korxona menejmenti
tomonidan tegishli tashkiliy tuzilma doirasida strategik yondoshuvni to'la
tushinishni talab etadi.
Intellektual mulk (IM) - huquqiy jihatdan qo'llanishi mumkin bo'lgan hamda
himoyalangan intellektual aktiv bo'lib, yuridik shaxslar tomonidan foydalanilishi
mumkin. IMga bo'lgan huquqni saqlab qolgan holda unda foydalanish uchun
ruxsatnoma olish, sheriklik qilish yoki sotish mumkin.
Intellektual mulkning umumiy shakliga ro'yxatga olingan mahfiy savdo,
patent, avtorlik huquqi, loyiha, sotuv markalari kiradi.
15
Patentga ega texnik qarorlarga katta e'tibor beriladi. Patent ilmiy tadqiqot va
tajriba konstruktorlik ishlarining natijalari hisoblanadi. Korxonalarda patentli
texnik qarorlarning samaradorligi uchta omil orqali aniqlanadi:
-
xususiy, ya'ni o'zi ishlab chiqqan texnologiya va patentli texnik
qarorlardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi;
-
ruxsat berilgan shartnoma asosida intellektual mulk obyektidan
foydalanish huquqini
sotish;
-
nomaterial aktiv amortizatsiyasi va uni hisobga olish.
Intellektual mulk tushunchasi ikkita obyektni ya'ni sanoat mulki va
avtorlik huquqini o'z ichiga oladi.
Sanoat mulkiga - ixtiro, model, sanoat namunasi, tovar belgisi, tovar ishlab
chiqilgan manzil, firmaning nomi, maxfiy axborotlar kiradi.
Sanoat mulki obyekti - patent huquqi me'yori bilan himoyalanadi. Sanoat
mulki obyektini himoya qilish muddati uning turiga bog'liq bo'ladi va 20 yildan
ortiq bo'lmaydi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Innovatsiyaga berilgan ta'riflar mohiyatini tushuntirib bering.
2.
Istiqbolda korxonalarning innovatsion yo'nalishlari nimalardan iborat?
3.
Innovatsiyaning shakllanish bosqichlarini izohlab bering.
4.
Innovatsiyaning qanday turkumlarini bilasiz?
5.
Ijtimoiy-iqtisodiy,
radikal,
evolyutsion,
kombinatsiyalashgan
innovatsiyaning mohiyatini qanday tushunasiz?
|