9
rivojlantirish tufayli barqaror o'sishni ta'minlash.
Korxonalardagi strategik o'zgarish boshqaruv loyihalarini hayo’lga joriy
etish tufayli ro'y beradi. Har bir loyiha doirasida raqobat muhitiga korxona
barqaror rivojlanish asosida kirib borishi uchun operativ boshqaruvga katta ehtiyoj
sezadi. Strategiya va innovatsiyaning o'zaro aloqadorligi
innovatsiya loyihasini
strategik rejalashtirishda o'z aksini topadi. Loyihaning rahbarlari rivojlanish
ustuvorligini hamda innovatsiya vazifalarini aniqlashda (ma'lum davr doirasida)
o'zaro munosabatda bo'ladi.
Korxona rivojlanishini boshqarish to'xtovsiz jarayon hisoblanadi va u ikki,
ya'ni strategik va taktik (operativ) qismlardan iborat bo'ladi. Umumiy holatda
rivojlanishini boshqarish ushbu yo'nalishlarning integratsiyasi
doirasida olib
boriladi.
3
Innovatsion menejmentni boshqarish
Ilmiy-texnika taraqqiyotining davom etishi olamshumul voqeadir. Uning
ta'siridan chetda qoladigan bironta tarmoq, korxona yo'q.
Ma'lumki, ilmiy texnika taraqqiyotining manbai va uning harakatlantiruvchi
kuchi fundamental va amaliy fanlar hisoblanadi. Odatda,
fan ikki guruh omillar
ta'sirida rivoj topadi. Birinchisi tashqi omil bo'lib, unga bo'lgan talab bilan
belgilanadi (alohida shaxs yoki ijtimoiy guruhlar, jamiyat, ishlab chiqarish va
xizmat ko'rsatish sohalari). Ikkinchisi - ichki omil bo'lib,
fanning mohiyati bilan,
dastlab tashqi ta'sir jarayoni, ishlab chiqarish, ehtiyoj va inson faoliyati bilan
belgilanadi. Yangi buyumlarni yaratish tashqaridan boshqarishsiz davom etadi.
Keyinchalik buyumlarni yaratishga bunday yondoshishning
kamchiligi yaqqol
ko'rinib qoldi.
«Fan uchun xizmat qilmog'i lozim» degan yo'nalishning paydo bo'lishi ilmiy
sohada yangi sifat rivojini boshlab berdi. Fan menejerlari tadqiqot ishlarining to'la
huquqqa ega bo'lgan ishtirokchilariga aylandi. Dastlab ular aniq mavzuda ishtirok
etuvchi ilmiy jamoaning muammolarini aniqlashni, ilmiy ish olib borish uchun
nomzodlarni tanlovchi ilmiy jamoani tashkil etish va ularning faoliyat ko'rsatishi
uchun moddiy va investision bazani yaratishni o'z zimmalariga oldilar. Ammo bu
yetarli emas edi. Zamonaviy fan menejeri doimo fan bilan mashg'ul bo'lib, ba'zi bir
hollarda iste'molchilar bilimiga murojaat qilishi mumkin edi. Hozirgi paytda fan
menejerlari iste'molchilarga
yuz tutishi, uning eng nozik, hatto ko'z ilg'amas
muammolariga ham e'tiborini qaratishi lozim bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda,
iste'mol- chilar sohasida monitoring zarur bo'ladi. Bu yangi bilimlarni o'rganishni
taqozo etadi. Bu yangi muammo menejment mohiyatini,
innovatsiya menejmenti
fani mazmunini chuqur anglash orqali yechilishi mumkin.
Avstraliyalik fizik Bol'sman «XIX asrning oxirida yangi asr elektrlashtirish
asri bo'ladi»- degan edi. Uning nazarida elektrlashtirish juda qadimiy fan bo'lib, bir
necha o'n yil mobaynida juda ortiq miqdorda ko'payadi, degan edi. Hozirgi kunda
10
bu voqea fanning ko'rgazmali o'sishi deb nomlanadi. Har 10-15 yil davomida ilmiy
sohadagi olimlar soni, maqolalar, chop etilgan ilmiy asarlar va unga sarf qilingan
xarajatlar ikki martaga ko'paymoqda. Hozirgi paytda faoliyat ko'rsatayo’lgan
olimlar, qachonlardir yer yuzasida yashab, ijod etgan olimlarning 9/10 qismini
tashkil etadi. To'g'ri, ilmiy salohiyatining taqsimoti ham, biz yashayo’lgan
davrning o'ziga xos xususiyatlari hisoblanadi. Bu taqsimot bir tekis bo'lmasdan 80-
90