Internet saytlari
1
www.samqxi.uz
- Samarqand qishloq xo’jalik instituti veb-sahifasi
2
www.lex.uz
- O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi.
3
www.uzreport.com
- Axborot agentligi.
4
www.agro.uz
- O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi.
2
1
Innovatsiya tushunchasi va unga berilgan ta'riflar
Innovatsiya nazariyasining rivojlanishiga asos solgan olim avstriyalik
iqtisodchi Y.A.Shumpeter hisoblanadi. Mutaxassislar fikriga ko'ra aynan
ushbu olim birinchi bor innovatsiya
tushunchasini ilmiy asoslab bergan. Y.A.Shumpeter ilgari surgan g'oyaga ko'ra,
joriy etilgan har qanday yangi texnik qaror, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil
etish, yangi bozorlarning tarkib topishi, xomashyolar manbai innovatsiya
hisoblanadi.
Y.A.Shumpeter o'zining konsepsiyasini «Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi»
nomli kitobida atroflicha yoritgan. Ushbu konsepsiya dinamik xarakterga ega
bo'lib, doimiy tebranish xususiyatiga egadir. Shu bois ushbu tebranish ilgarilab
boradigan rivojlanishni ta'minlaydi. Uning ta'kidlashicha kon'yunktura tebranish
manbai, tadbirkorning innovatsion faolligi hisoblanadi.
Tebranish sababini tadqiqot etish asosida Y.A.Shumpeter birinchilardan
bo'lib, iqtisodiy fanga ishlab chiqarish omillari sifatida «yangi kombinatsiya»
tushunchasini kiritdi va uning tavsifnomasini berdi. Unga quyidagilar kiradi:
-
iste'molchilarga ma'lum bo'lmagan moddiy ne'matni yaratish yoki yangi
u yoki bu ne'matni ishlab chiqish;
-
tegishli tarmoqqa yangi hali ma'lum bo'lmagan ishlab chiqarish usulini
joriy etish (uning asosini ilmiy yangi kashfiyot usulidan foydalanib yaratilgan
tovar tashkil etadi);
-
bozorning avval mavjudligi va mavjud emasligidan qat'iy nazar tegishli
tarmoqda mutlaqo yangi sotish bozorini o'zlashtirish;
-
yangi xomashyo yoki yarim fabrikat manbalarini topish (ushbu manba
oldin ma'lum bo'lishi yoki uni yaratish imkoni bo'lishidan qat'iy nazar);
-
boshqa korxonalarning monopol holatiga qarshi kurashish uchun
korxonani tarkibiy qayta
tuzish.
Olim tomonidan taklif etilgan ushbu turkumlarning bosh mezoni yangilik
hisoblanadi, ya'ni aniq yangilikning ahamiyatli darajasiga yoki uning umumiy
holatiga xolisona baho berish, tebranish kon'yunkturasining o'zaro ta'siri, aloqasi,
xizmat ko'rsatish muddati, amplitudasini aniqlab bermog'i lozim.
Ammo
innovatsiya
tushunchasi
ilmiy
bilimlarning
boyishi
va
murakkablashuvi va hozirgi zamon ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati
sharoitida qator sifat o'zgarishlariga ega bo'ldi. Ushbu holat har bir sanoat
tarmog'ining o'ziga xosligi bilan bevosita bog'liq bo'lgan innovatsiyaning
betakrorligi bilan izohlanadi.
Xorijiy va mamlakatimiz olimlari olib borgan ilmiy ishlar shundan dalolat
beradiki, iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchi ilmiy-texnik taraqqiyot
3
(ITT), ya'ni minimal xarajatlar qilib, ijtimoiy ehtiyojni qondirishning yangi
manbalarini topishga yo'naltirilgan innovatsion to'xtovsiz jarayon hisoblanadi.
Korxonaning barqaror rivojlanishi va strategik faoliyati innovat- siyaga
qaratilmog'i lozim. Aks holda korxona nafaqat tashqi bozorda balki ichki bozorda
ham o'zining raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qola olmaydi.
Istiqbolda korxonalarning innovatsion yo'nalishlari quyidagilar bo'lishi
lozim:
-
innovatsion jarayonlarni boshqarishning yangi usullari va yondoshuvlari
asosida innovatsiyani joriy etish mexanizmlarini takomillashtirib borish;
-
iqtisodiyotning muhim tarmoqlari va korxonalarini rivojlan- tirishning
ustuvor yo'nalishlariga qaratilgan loyihalar uchun katta hajmdagi investitsiyalarni
jalb qilish va yangi mahsulotlarni yaratish;
-
innovatsiya davrining barcha bosqichlari bo'yicha ishlab chiqarish -
tadbirkorlik faoliyatini jadallashtirish;
-
korxonalarning
barcha
ishlab
chiqarish
tadbirkorlik
faoliyati
yo'nalishlarida axborot texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish.
Mamlakatimiz neft gaz sanoatini rivojlantirishda ularning innovatsion
faoliyatiga xos jihatlarini quyidagilar bilan izohlash mumkin: yirik korxonalarning
innovatsion ko'rsatkichlari kichik korxonalarnikiga nisbatan bir muncha yuqori.
Buning asosiy sababi yirik korxonalarning texnologik bazasi, barcha yo'nalishlarda
kadrlarning malakaviy va kasbiy tayyorgarligi yuqori, katta hajmda
investitsiyalarni jalb qilish hamda yangi texnika va texnologiyalarni xarid qilish
imkoni yuqori bo'ladi. Shu bilan birga faoliyati innovatsiyaga yo'naltirilgan
xodimlarni rag'batlantirish uchun yetarli moliyaviy mablag'ga ega bo'ladi.
Rivojlangan mamlakatlarda innovatsiyadagi faol yo'nalish bo'yicha kichik
firmalar, ya'ni venchur korxonalari shug'ullanadi. Ular mustaqil ravishda yoki
yirik kompaniyalar tarkibida faoliyati cheklangan korxona sifatida ish olib boradi.
Aksariyat kichik korxonalar moliyaviy, tashkiliy hamda kadrlar sohasida yirik
kompaniyalarga yoki korxonalarga nisbatan imkoniyatlari cheklangan bo'lib,
ularning asosiy vazifasi bozor infratuzilmasini ushlab turish hisoblanadi. Bu yerda
innovatsion rivojlanishning umumiy qonuniyatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:
innovatsiyani o'zlashtirish bo'yicha samara barcha korxonalarda deyarli bir xil
bo'lishiga qaramasdan yirik korxonalarda innovatsion faoliyat faolligi uchun
nisbatan yetarli resurs imkoniyatlarining mavjudligi.
Ammo ushbu nisbatni yirik korxonalar uchun ijobiy, kichik korxonalar
uchun esa salbiy deb qarash ham noto'g'ri bo'lardi. To'g'ri mo'ljalni olish uchun
dastlab quyidagi taqqoslama ma'lumotlarga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiq:
-
korxonaga joriy etiladigan innovatsion loyihaning xavf-xatar darajasiga;
-
loyihani joriy etish muddati va yaqin kelajakda hamda uzoq muddatda
4
olinadigan foyda;
-
boshqaruvning korporativ mintaqaviy va davlat darajasida inno- vasion
muammolarni echishning muhimligi va ahamiyatlilik darajasi.
Innovation so'zi inglizcha bo'lib, yangilikning kiritilishi degan ma'noni
anglatadi. Iqtisodiy adabiyo’llarda I.A.Shumpeter tomonidan berilgan
konsepsiyasiga asoslanadi:
-
innovatsiya - uning tadbirkorlik faoliyatida ilk bor qo'llanilish;
-
diffuziya - innovatsiyaning keng tarqalishi.
Xalqaro amaliyotda innovatsiya:
-
birinchidan ilmiy-texnik natijasi;
-
ikkinchidan yangi usullar, tashkiliy-boshqaruv shakllari, texnologiya,
texnikani yaratish va uni joriy etish;
-
uchinchidan, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini tashkil etish
tushuniladi.
Korxonalarda innovatsion jarayonlarni boshqarish maqsadi va vazifalardan
kelib chiqqan holda ushbu konsepsiyani quyidagi integrasion ko'rinishda izohlash
mumkin:
-
g'oyalarning integrasiyalashuvi + muammo yechimi + kashfiyot;
-
kashfiyot + joriy etish ---------------► innovatsiya;
-
innovatsiya + diffuziya ------------- ► iqtisodiy foyda.
Shunday qilib, innovatsiya - yangi g'oyalarning integratsiyasi tufayli
modernizatsiya, yangi jarayonlarni, mahsulot, xizmat turini yaratish imkonini
beradigan korxonaning texnologik rivojlanishini ta'minlaydi. Amaldagi yoki
rejalashtirilgan faollikni optimallashtirish, doimiy yangilanish orqali korxona
tijorat faoliyatida yangi g'oya va ilmiy-texnika tadbirlarini joriy etishni maqsad
qilib qo'yadi.
Innovatsiya dastlab ijtimoiy-iqtisodiy tushuncha. Uning mezoni iqtisodiy va
ijtimoiy muhitni ya'ni iste'molchilar hulq-atvorini, ishlab chiqaruvchilarni, alohida
fuqarolarni o'zgarish jarayonidir.
Mana shunday interpratsiya ko'rinishida innovatsiya texnik, loyiha, ishlab
chiqarish, boshqarish va tijorat faoliyatini o'z ichiga oladi. Dastlabki tijorat
jarayonida yangi yoki modernizatsiyalashgan jarayonni o'zida aks ettirib, texnik va
axborotlar vositasi, tizimi, uskuna va jihozlar, xizmatlardan foydalanishni talab
etadi.
|