2
Korxonalarda innovatsiya jarayonini boshqarish
Korxonalarning
barqaror
rivojlanishi
iqtisodiy
o'sishning
muhim
muammolaridan biridir. Keskin raqobat hukm surayo’lgan hozirgi sharoitda
korxonalar barqaror rivojlanishsiz faoliyat yurita olmaydi.
Boshqarish nazariyasida odatda barqaror tizim to'g'risida korxonaning
5
barqarorligini saqlab qolish yoki uning faoliyatiga tashqi muhit ta'sirining sezilarli
emasligi tushuniladi.
Iqtisodchilar barqarorlikni aholi bandligi va yuksak iqtisodiy o'sishga asosiy
e'tiborni qaratadi. Sotsiologlar jamiyat ehtiyojini qondirishni asos qilib olishadi.
Ekologlar atrof muhitga yetkazilgan zararni hisobga oladi.
Alohida olingan korxonalar miqyosida barqaror rivojlanish to'g'risida qator
ta'riflar mavjud bo'lib, ularda joriy yilda va istiqbolda ehtiyojlarni qondirish
uyg'unligiga asosiy e'tibor qaratiladi.
Rivojlanish - bu dinamik kategoriya bo'lib, beqaror holatning mavjudligini
taqozo etadi.
Iqtisodiy tizimni o'rganuvchi mutaxassislar ilmiy ishlarida barqarorlik holati
kam uchraydi va u uzoq vaqt davom etmaydi. Shu bois barqaror rivojlanishni
korxonaning belgilangan yashash qobiliyatini saqlab qolishga yo'naltirilgan
doimiy rivojlanishni qo'llab-quvvatlovchi va uni tartibga solib turuvchi jarayon
deb tushunmoq lozim.
Korxonaning barqaror rivoji - uzoq vaqt davomida uning rentabelligini
ta'minlagan holda harakatdagi resurslar majmuidan samarali foydalanish,
institusional, ekologik, texnologik, sotsial va boshqa cheklanishlar doirasida
strategik rivojlanish qarorlarini qabul qilishni talab etadi. Bu o'z navbatida
korxonaning tashqi, ichki sharoitlarga va omillarga moslashishi zarurligini taqozo
etadi.
Korxonalarning barqaror rivojlanishi uning maqsadli yo'nalishi bilan uzviy
bog'liq bo'lishi lozim. Agar korxona maqsadi jahon bozoriga chiqish va unda o'z
o'rniga ega bo'lish bo'lsa, barqaror rivojlanishning moliyaviy, iqtisodiy, texnik,
texnologik va ijtimoiy- ekologik ko'rsatkichlariga (foyda, investitsiya, sotish
hajmi, texnologik daraja, innovatsiya va madaniy salohiyat va boshqalar) asosiy
e'tiborni qaratmog'i va dunyo miqyosida yetakchi korxonalar qatoridan joy olishga
intilmog'i lozim.
Umuman olganda korxona barqarorligi - uzoq vaqt davomida investitsiya
yoki kapital samaradorligini saqlab qolgan hamda iqtisodiy, ekologik, ilmiy-
texnik, institutsional cheklanishlarga amal qilgan holda u yoki bu tashkiliy-texnik
qaror qabul qilish imkonini bermog'i lozim.
Korxonaning barqaror rivojlanishi biron bir ko'rsatkich orqali uning umumiy
holatini ko'rsatishi mumkin. Barqarorlik tushunchasining ko'p qirrali, turfa xil
ko'rsatkichlardan foydalanishni taqozo etadi. Masalan neft-gaz kompaniyasining
vertikal integratsiya asosida barqaror rivojlanishi uning tarkibiga kirgan alohida
korxonalar
manfaatiga
mos
tushmasligi
mumkin.
Ishlab
chiqarishni
diversifikatsiyalashning
mintaqaviy,
tarmoq
va
boshqa
yo'nalishlari
kompaniyaning barqaror o'sishini ta'minlashi ham mumkin, ba'zida esa uning
6
manfaatiga mos kelmasligi ham mumkin. Shu bois kompaniyaning innovatsiyaga
asoslangan barqaror o'sish strategiyasini ishlab chiqishda, uning tarkibiga kirgan
korxonalar, ularning bo'linmalari manfaatini hisobga olish maqsadga muvofiq.
Korxonaning barqaror rivojlanishi murakkab jarayon bo'lib, ishlab chiqarish,
texnologik innovatsiya, investitsiya, moliya va boshqalarni o'z ichiga oladi.
Korxona barqarorligining namoyon bo'lishi tarmoq raqobati hisoblanadi.
Tarmoq raqobati korxona raqobatini o'zida aks ettirib, sotish bozori raqobatini
hamda asosiy ishlab chiqarish resurslari bo'yicha raqobatni o'z ichiga oladi.
Korxonada texnik va tashkiliy jarayonni rag'batlantiruvchi omillar hamda
sharoitlar to'g'risida gap ketar ekan raqobatga alohida e'tiborni qaratish maqsadga
muvofiq.
Raqobatbardoshlik korxonaning sifat ko'rsatkichi bo'lib, unga erishish uchun
quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi:
-
iste'molchilar ehtiyoji (hozirgi va istiqboldagi) dinamikasini o'z vaqtida
oqilona baholash;
-
ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida iste'molchilar kutayo’lgan
mahsulot turi va sifatni (baho, xavf-xatar, kafolat, xizmat ko'rsatish, iste'mol va
marketing bo'yicha) yaratish;
-
innovatsiya jarayonlari va texnologiyalarni hisobga olgan holda ishlab
chiqarish, marketing va boshqa strategiyalarni samarali tashkil etish va hayo’lga
tadbiq etish;
-
xarajatlarni kamaytirish uchun sharoit yaratish;
-
texnologik ustunlikni ta'minlash uchun jahon miqyosidagi texnologik
darajaga erishish va uni saqlab qolish;
-
kadrlarning boshqarish salohiyatini yuqori darajada saqlab qolish.
Umuman olganda korxonaning raqobatbardoshligi menejment
salohiyati orqali namoyon bo'ladi va iste'molchilar, xomashyo yetkazib
beruvchilar, sheriklar va raqobatchilar bilan samarali iqtisodiy aloqani amalga
oshirishni talab etadi.
Raqobatbardoshlik korxona faoliyatining barcha jabhalarini o'z ichiga oladi.
Ayniqsa mikroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisobga olib, ijtimoiy-siyosiy, ekologik
talablarning bajarilishini, korxonaning barqaror o'sishini ta'minlaydi.
Yuqorida
qayd
etilgan
shart-sharoitlarning
har
xil
birikmasi
imkoniyatlaridan to'laroq foydalanish o'z navbatida:
-
iste'molchilar ehtiyojini yaxshiroq qondirish va korxona daromadining
o'sib borishini ta'minlaydi;
-
iqtisodiy samaradorlikning muntazam o'sib borishiga zamin yaratadi;
-
tashqi muhit o'zgaruvchanligi sharoitida ichki rivojlanish omillaridan
samarali foydalanish hisobiga korxonaning moslashish imkoniyatlari oshadi.
7
Natijada uzoq kelajakda korxonaning strategik maqsadi va hozirgi
innovatsiya salohiyatini saqlab qolgan holda yuqori raqobatbardoshlik afzalliklari
ta'minlanadi.
Sharoitlar o'rtasidagi o'zaro aloqa shundan dalolat beradiki, korxonaning
raqobatbardoshlik afzalliklarini ta'minlash bilan birga uning strategik maqsadi va
hozirgi innovatsiya salohiyatini saqlab qoladi. Korxonaning raqobatbardoshlik
afzalligi o'z navbatida uning samarali hamda bozor sharoitini hisobga olgan holda
shakllanish imkonini beradi.
Iste'mol bozorining o'zgaruvchanligi bozor iqtisodiyotiga xos ijtimoiy-
iqtisodiy jarayon bo'lib, korxonalar ushbu jarayonga moslashishi zarur, ya'ni ishlab
chiqarilayo’lgan mahsulotni iste'mol bozori talablariga mos ravishda
takomillashtirib borishi yoki yangi mahsulot turlarini ishlab chiqishi lozim bo'ladi.
Ushbu holat korxonalarning inno- vatsiya faoliyatini jadallashtirish asosida uning
raqobatbardoshlik qobiliyatini saqlab qolish va bozorda o'z o'rnini egallash
imkonini beradi.
Korxonalarning innovatsiya asosida rivojlanishini innovatsiya jarayonlarini
tashkil etish samaradorligi bilan bog'lash maqsadga muvofiq. Innovatsiya
jarayonlarini samarali tashkil etish, korxonani barqaror rivojlantirish omili sifatida
qaraladi.
Amaliyotda strategik menejmentning barcha bosqichlari innovatsiyani,
aniqrog'i uning tarkibiy qismlarini o'z ichiga olgan bo'lib, innovatsiyani boshqarish
esa strategik menejmentning muhim yo'nalishi sifatida qaralgan.
Korxonaning innovatsiya asosida rivojlanishi uning to'rtta bir-biri bilan
uzviy bog'langan sohalarida o'z aksini topadi. Xususan, tashkiliy, tizimli, loyihali
va operatsiyalar bo'yicha boshqarish.
Tashkiliy sohada - sifatni boshqarish dasturini amalga oshirish, mintaqaviy
bo’linmalarni yaratish, axborot resurslaridan foydalanishda zamonaviy usullarni
qo'llash evaziga boshqarish
samaradorligiga erishish.
Loyihalash sohasida - loyihalarni xalqaro talab darajasida boshqa- rishni
o'zida aks ettiradi.
Marketing va moliyaviy sohalarda - innovatsiya marketingi yangi
texnologiyalarni joriy etish va uni moliyalashtirishni ta'minlash vazifalarini
bajaradi.
Korxonani innovatsiya asosida rivojlanishiga qolaversa uning faoliyatiga
jiddiy ta'siri bevosita operasiyalar bo'yicha boshqarish va servis tizimi sohasida
amalga oshiriladi.
Ta'kidlash o'rinliki, korxonaning barqaror rivojlanishini ta'minlash taktika
va strategiyasi innovatsiya asosida rivojlanishga tayanadi. Ushbu holat dastlab
ular tomonidan texnik-texnologik va innovatsion tashkiliy boshqaruv omillaridan
8
samarali foydalanish orqali o'zlarining joriy va istiqbolli maqsadlariga erishishni
o'zida aks ettiradi.
Korxonaning innovatsiya asosida rivojlanishi uning maqsadga muvofiq
yo'nalishi bo'lib, innovatsiyaning samarali joriy etilishi tufayli uzoq muddatga
mo'ljallangan barqaror o'sishini ta'minlaydi
|