|
Aqliy hujum-g‘oyalarni generasiya qilish usuli, fikrlar xujumi Pdf ko'rish
|
bet | 112/220 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,82 Mb. | | #237780 |
Bog'liq 11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklariAqliy hujum-g‘oyalarni generasiya qilish usuli, fikrlar xujumi.
Bunda qatnashuvchilar birlashgan holda qiyin muammoni еchishga harakat
qiladilar: uni еchish uchun shaxsiy goyalarni ilgari suradilar (generasiya qiladilar).
Aqliy hujum usulida u kichik guruhlar bilan o`tkaziladi. Uning maqsadi
mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni еchish, talabalarni aynan bir xil fikrlash
ipersiyasidan xoli qilish. Bu usulning prinsipi shundan iboratki, unda g‘oyalar
qanchalik ko`p bo`lsa, shunchalik g`oyalar ichidan bittasining muvaffaqiyatli
bo‘lish imkoniyati yaqindir.
Aqliy hujumda:
-Aytilgan gap hech qanday chegaralanmagan xolda baland ovozda
gapirilishi lozim.
-har kanday fikrni aytish mumkin, fikrlar xech qanday motivlarsiz vazifaga
qarab aytiladi.
-g‘oyalar tanqid qilinganda, ularni muxokoma qilish fikrlar va muloxazalar
tugaguncha davom etadi. Hamma fikrlar qayd qilib boriladi.
Aqliy hujum o`tkazilib bo`lingandan so`ng vazifani еchish bo‘yicha berilgan
takliflar o‘rganilib chiqilishi lozim. Aqliy xujum ma‘ruza, amaliy mashg‘ulot (10-
15 kishi) bilan o‘tkaziladi. Bu usul katta guruxlarda xam (120 va undan ortiq)
yangi goyalarni ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada ochishini
ta‘minlaydi. Barcha ishtirokchilar kichik (5-6 kishi) guruxlarga bo‘linib, ular xal
qilinadigan ijodiy vazifa va muammo buyicha 15 daqiqa davomida mustaqil
ravishda aqliy, masalan, radioaloka-yo‘ldoshli aloqa to‘g‘risida xujum
o‘tkazadilar. Shundan so‘ng xar bir kichik guruh vakillari o‘z guruxlarida ishlab
chiqilgan g‘oya xaqida axborot beradilar va o‘qituvchi raxbarligida jamoa bo‘lib
baxo beradilar va ularning eng yaxshilari tanlab olinadi. Aqliy xujum
tinglovchilarini faollashtiradi va charchoqni еngadi.
|
| |