• 1-qator: mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi(odatda ―ot‖ tanlanadi). 2-qator: mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi). 3-qator
  • 4-qator: mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr yoziladi(4 ta so‘zdan iborat jumla yoziladi). 5-qator
  • ―Intervyu‖ o‘yini
  • Sinkveyn tuzish-murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina  so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir.  Sinkveyn




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet111/220
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,82 Mb.
    #237780
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   220
    Bog'liq
    11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

    Sinkveyn
    tuzish-murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina 
    so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir. 
    Sinkveyn
    tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi. 
    Quyida uni tuzish qoidalarini keltiramiz. 
    1-qator: 
    mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi(odatda ―ot‖ tanlanadi). 
    2-qator: 
    mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi). 
    3-qator: 
    mavzu doirasidagi sifat bilan ifodalanadi(3ta fe‘l yoki ravishdosh 
    yoziladi). 
    4-qator: 
    mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan 
    iborat bo‘lgan fikr yoziladi(4 ta so‘zdan iborat jumla yoziladi). 
    5-qator: 
    mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma‘nosi unga yaqin bo‘lgan bitta 
    so‘z yoziladi(mavzuga sinonim so‘z yoziladi). 
    ―Intervyu‖ o‘yini 
    Mavzu: Ekologik tarbiya. 
    O‘qituvchi vaqtni rejalashtiradi va talabalardan to‘rt kishidan iborat ekspert 
    guruhi tuzadi, qolgan talabalardan esa ikki guruhni tashkil etadi. Ya‘ni : 
    1-guruh:‖O‘zbekiston‖ telekanali. 
    2-guruh: ―Yoshlar ‖ telekanali (eksperiment guruh). 
    1-guruh:‖O‘zbekiston‖ telekanali muxbiri ―Ekologik tarbiya‖ bo‘yicha 
    quyidagi savollar orqali intervyu oladi: 
    1.Ekologiya deganda nimani tushunasiz? 
    2.Ekologik tarbiya deganda nimani tushunasiz? 


    3.Tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanganda qanday 
    oqibatlarga olib keladi? 
    4.Atmosfera havosining ifloslanishi nimaning natijasida deb o‘ylaysiz? 
    5.Ekologik bilim nima?
    6. Ekologik ta‘lim va tarbiyani qachon boshlagan ma‘qul deb o‘ylaysiz? 
    7. Ekologik tarbiyaning maqsadi nima? 
    8.Havoning ifloslanishi qanday oqibatlarni keltirib chiqaradi? 
    9.Muhammmad alayhissalom daraxt ekish savobi haqida o‘z hadislarida : 
    ―Ekmoq niyatida qo‘lingizda ko‘chat turgan paytda, behosdan qiyomat qoim bo‘lib 
    qolishi aniq bo‘lganda ham ulgursangiz, uni ekib qo‘ying‖ so‘zlarini qanday 
    izohlaysiz? 
    10.Abu Ali ibn Sinoning ―Dunyoda chang va tutun bo‘lmaganida, odamzot 
    ming yil umr ko‘rishi mumkin edi‖, - degan hikmatli so‘zini izohlab bering! 
    2-guruh ―Yoshlar ‖ telekanali muxbiri ham ―Ekologik tarbiya‖ mavzusidagi 
    tayyorlab kelgan savollari bo‘yicha intervyu oladi: 
    1.Atrof-muhitning tozaligini ta‘minlash deganda niani tushunasiz? 
    2. ―Bog‘ni boqsang bog‘ bo‘ladi‖ maqolini izohlang? 
    3.Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, A.Navoiy, Bobur Mirzolarning yaratgan 
    bog‘lari, obodonlashtirish ishlari haqida so‘zlab bering? 
    4.Azon qatlami еmirilishi qanday oqibatlarni keltirib chiqarmoqda? 
    5.Hayvonot dunyosini asrab-avaylash haqida fikr yuriting? 
    6. ―O‘rmon sanitari‖ vazifasini o‘tuvchi qanday hayvonlarni bilasiz va ushbu 
    hayvonlarning qanday foydasi bor? 
    7.Biror jonzotning qirilib ketishiga yo‘l qo‘yilsa, qanday vaziyatlar vujudga 
    keladi? 
    8.Abu Rayhon Beruniy ―Ekin va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib 
    boraveradi‖ so‘zini izohlang. 
    9.Yer qimirlashi hodisasi nimaning natijasida sodir bo‘ladi, deb o‘ylaysiz? 
    10.Ichimlik suvini ayovsiz ishlatilishining oldini olish haqida nimalarni 
    bilasiz? 
    O‘qituvchi o‘yin jarayonini kuzatib, talabalarning o‘yin qoidasini 
    buzmasliklarini nazorat qilib borishadi. 

    Download 2,82 Mb.
    1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   220




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sinkveyn tuzish-murakkab g‘oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina  so‘zlar bilan ifodalash uchun muhim bo‘lgan malakadir.  Sinkveyn

    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish