texnologiyalardan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash, ta‘lim
tizimida yangi axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, jumladan,
kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ta‘lim sifatini
oshirish, o‘quv jarayoniga oid zamonaviy o‘quv-nazorat dasturlari ishlab chiqishga
bo‘lgan talab kuchaymoqsa. Shu sababli ta‘lim sifatini yaxshilash yo‘lida
uchraydigan muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-metodik ishlarga zaruriyat
yanada ortib bormoqda.
Mustaqil
ta‘lim
topshiriqlari
va
ularning
mazmunini
ishlab
chiqish; talabalarning mustaqil ta‘lim mazmunini o‘zlashtirishlari, ularning bilim
darajalarini aniqlovchi pedagogik dasturiy vosita yaratish va undan foydalanish
metodikasini ishlab chiqish; talabalarning mustaqil ravishda o‘zlashtirgan
bilimlarini aniqlash uchun kompyuter dasturidan fanni o‘qitishda foydalanish
metodikasini ishlab chiqish.
Talabalarning faolligini oshirishda ularning mustaqil bilim olishi muxim o‘rin
tutsa, ularning mustaqil olgan bilim darajasini aniqlash jarayonida esa, ularning
mustaqil ishlashi turadi. Talabaning mustaqil bilim olishida mustaqil ta‘limni
tashkil etish uslubiyatining o‘ziga xos talablarini xisobga olish zarur.