GLOSSARIY
Akademik litsey
- o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini
hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi
chuqur, sohalashtirilgan, tabaqalashtirilgan, kasbga yo‘naltirilgan
ta‘lim olishlarini ta‘minlash maqsadida davlat ta‘lim
standartlariga muvofiq o‘rta maxsus ta‘lim beruvchi, yuridik
maqomga ega ta‘lim muassasasi.
Akademiya -
kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha
oliy va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim dasturlarini amalga
oshirishga imkon beruvchi, yuridik maqomga ega ta‘lim muassasasi.
Amaliy ishlar metodi
– o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash
ko‘nikmalarini shakllantiruvchi usul.
Anomaliya
(yunoncha – anomal) - me‘yordan, umumiy qonuniyatlardan
chetlanish, noto‘g‘ri rivojlanish.
Anomal bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish
- korreksion
pedagogikaning asosiy tushunchasi bo‘lib, nuqsonning darajasi va
tuzilishiga mos keladigan metod hamda vositalar yordamida anomal
bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda
fuqarolik sifatlarini shakllantirish.
Axloq
(lotincha «moralis» - xulq-atvor ma‘nosini bildiradi) - ijtimoiy
munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi,
muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur
bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi.
Axloqiy ong –
shaxga axloqiy me‘yorlar va xulq-atvor qoidalari
to‘g‘risidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil qilinuvchi ong
shakli.