Bog'liq 11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Davlat ta‘lim standarti – 1) ta‘lim olish shaklidan qat‘iy nazar bitiruvchilar
erishishlari zarur bo‘lgan ta‘lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;
2) o‘quv fani bo‘yicha ta‘limning yakuniy natijalarini belgilovchi
asosiy hujjat; 3) ta‘lim dasturlari mazmunining minimumi,
o‘quvchilar tomonidan bajariladigan o‘quv ishlarining maksimal
hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga
qo‘yiluvchi talablar.
Dars - bevosita o‘qituvchi rahbarligida muayyan o‘quvchilar guruhi bilan
olib boriladigan ta‘lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik – muayyan fan bo‘yicha ta‘lim maqsadi, o‘quv dasturi va didaktik
talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi
ma‘lumotlarni beruvchi manba.
Didaktika (ta‘lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» ―o‘rgatuvchi‖,
«didasko» – ―o‘rganuvchi‖) - ta‘limning nazariy jihatlari (ta‘lim
jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va
o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta‘lim maqsadi, shakl, metod,
vositalari, natijasi, ta‘lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va
hokazo muammolari)ni o‘rganuvchi fan.
Didaktika tamoyillari (lotin tilidan «principium» - har qanday nazariyaning
asosiy, boshlang‘ich, dastlabki holati) –ta‘limni tashkil etishga
qo‘yilgan me‘yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta‘lim
jarayonining asosiy maqsadi va qonuniyatlariga muvofiq uning
dastlabki holatini belgilovchi qarashlari.
Didaktik tashhis maqsadi – o‘quv jarayonining samaradorligini aniqlash,
baholash va tahlil qilish.
Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit, qismlarda tashkil topgan,
birlashtirish) – ma‘lum mezonlari asosida ta‘lim jarayoning yaxlit
holatini belgilash, ajratib ko‘rsatish.