Joriy nazorat
– ta‘lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida
belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim,
ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Idrok –
aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni.
Ijtimoiy adaptasiya
(yunoncha adapto - moslashish) – anomal bolalar
individual yoki guruhli xulqlarining ijtimoiy qadriyatlar va xulq-
atvor qoidalari tizimiga mos kelishi.
Ijtimoiylashuv –
ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi
asosida shaxsning hayot va ishlab chiqarish jarayoniga moslashuvi.
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar
- o‘quvchilarda ma‘naviy-axloqiy sifatlar,
e‘tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-
tuyg‘usi va irodasiga ta‘sir ko‘rsatish usullari.
Ijtimoiy pedagogika – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik
g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy
faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.
Ijtimoiy reabilitasiya
(yunoncha rehabilitas – layoqati, qobiliyatini tiklash)
- anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga tayangan holda
uning ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etishi uchun zarur
sharoit yaratish, ijtimoiy faoliyat va mehnatga jalb etish.
Izohlash
(tarbiya metodi sifatida) – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta‘sir
etish usuli.
Ilmiy dunyoqarash
- uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini
puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol
ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.