Talabalar mustaqil ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar:
Mustaqil ta‘limning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi.
-bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish.
-ijodiy faoliyatga qiziqishni shakllantirish.
-ta‘lim olish usullarini egallash.
-tushunish va fikrlash qobiliyatini rivojlantirish.
Talabalar mustaqil ta‘limini tashkil qilish, asosan, o‘qishning boshlang‘ich
bosqichlarida qator qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs
talabalarining o‘qishning Yangi shakliga, yangicha talablarga ko‘nikishi qiyin
kechadi. Ular o‘z mustaqil faoliyatlarini o‘zlari mustaqil tashkil qilishni deyarli
bilishmaydi.
Ma‘lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni taxlil qilish, eng
zarurlarini ajratib olish va tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va
yorkin ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash o‘zlarining aqliy va jismoniy
imkoniyatlarini to‘g‘ri baxolash ular uchun katta muammo bo‘ladi. Eng asosiysi,
ular hali mustaqil ta‘lim olishga ruxan tayyor bo‘lishmaydi. Shuning uchun xam
xar bir professor-o‘qituvchilar avvalo talabada o‘z qobiliyati va aqliy
imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, sabr-toqat bilan bosqichma-bosqich mustaqil
bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim bo‘ladi. Talabalarning
mustaqil ravishda o‘zlashtiradigan bilimlari, ko‘nikmalari kursdan kursga
murakkablashib, kengayib, bu ishda talabaning tashabbuskorligi va roli oshib
boradi. Ya‘ni mustaqil ta‘limga ko‘nika boshlagan talaba faqat o‘qituvchi
tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining extiyoji,
qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb xisoblangan qo‘shimcha bilimlarni
xam mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.