Ekologik madaniyat
- o‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va
atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati.
Ekologik tarbiya
- o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish,
ularning mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-
muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayon.
Ekologik
ta‘lim - o‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va
uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan
ta‘limiy jarayon.
Ekologik faoliyat - ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-
muhit muhofazasini ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-
harakatlar majmui.
Estetik tarbiya - o‘quvchilarni tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari,
turmush go‘zalligini idrok etish, to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish,
ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat
uyg‘otish va hayotiga go‘zallik olib kirish qobiliyatini tarbiyalash
jarayoni; ijtimoiy tarbiyaning tarkibiy qismi.
E‘tiqod - dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy- falsafiy, huquqiy,
ma‘naviy-axloqiy, estetik iqtisodiy, hamda ekologik bilimlarning
takomillashgan ko‘rinishi; muayyan g‘oyaga cheksiz ishonch.
Yakuniy nazorat – ta‘lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun
belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim,
ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
O‘z-o‘zini baholash - mavjud fazilatlari, xatti-harakati, xulq-atvorini tahlil
qilish asosida o‘z shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat
usuli.
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari - o‘quvchilarning o‘zini o‘zi idora
qilishlari, turli o‘quvchilar organlari faoliyatida faol ishtirok
etishlarini ta‘minlash, ularning ijtimoiy mavqelarini oshirish
maqsadida qo‘llaniluvchi usullar.
O‘z-o‘zini tahlil (nazorat) qilish - o‘z shaxsi, mavjud fazilatlari, xatti-
harakati, xulq-atvorini tahlil qilish, mavjud sifatlarni boyitish yoki
salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘zlashtirish –ta‘lim jarayonida ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy talablarga
muvofiq shaxs tomonidan muayyan xatti-harakat va xulq
usullarining egallanishi.
O‘rgatish
- tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini
shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli
harakatlar, amaliy ishlar.
|