Ta‘lim va tarbiya mazmuni
– shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har
tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot
va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining
mohiyati.
Ta‘lim vositalari
– ta‘lim samaradorligini ta‘minlovchi obektiv (darslik,
o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat,
rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna,
televizor,
radio,
kompyuter
va
boshqalar)
va
subektiv
(o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va
faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.
Ta‘lim jarayoni
– o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi
hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik
jarayon.
Ta‘lim menejeri –
ta‘lim muassasasi faoliyatini zamonaviy menejment
qonuniyatlariga muvofiq boshqaruvchi mutaxassis.
Ta‘lim metodlari
– ta‘lim jarayonidaqo‘llanilib, uning samarasini
ta‘minlovchi usullar majmui.