1. Kirish.
Pedagogika oliy ta‘lim muassasalarining bakalavriat bosqichi uchun
mо‗ljallangan ―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖ fani dasturi Davlat ta‘lim standarti
va na‘munaviy о‗quv reja asosida tuzilgan.
―Pedagogika nazariyasi va tarixi‖ fani dasturi pedagogikaning ikki mustaqil
sohasini о‗zida mujassamlashtirgan: pedagogika nazariyasi va pedagogika tarixi.
―Pedagogika nazariyasi‖ kursi kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning
tarkibiy qismlari, pedagogika fanining shakllanishi va rivojlanishi, maqsad va
vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, shaxs rivojlanishi va unga ta‘sir
etuvchi omillar, yagona pedagogik jarayon va uning mohiyati, didaktika (ta‘lim
nazariyasi), ta‘lim jarayoni qonuniyatlari va tamoyillari, ta‘lim mazmuni, ta‘lim
metodlari va vositalari, ta‘limni tashkil etish shakllari, о‗quvchilarning bilim,
kо‗nikma va malakalarini tashxis etish, tarbiya jarayoni mazmuni, mohiyati,
qonuniyatlari, tamoyillari, tarbiyaning umumiy metodlari, tarbiya turlari mazmuni,
mohiyati, maqsad va vazifalari, shakl, metod va vositalari, ta‘lim muassasalarini
boshqarish, korrektsion pedagogika asoslarini о‗z ichiga qamrab oladi.
―Pedagogika tarixi‖ kursi pedagogikaning alohida sohasi sifatida pedagogik
fikrlarning paydo bо‗lishi va rivojlanishini о‗rganish orqali yangi, istiqbolda hal
etilishi lozim bо‗lgan vazifalarni belgilab beradi hamda uni hal etish
strategiyalarini kо‗rsatib beradi. U eng qadimgi davrlardan О‗zbekiston
Respublikasi mustaqilligi e‘lon qilingandan keyingi davrda pedagogik fikrlar va
ta‘lim tizimining rivojlanishi hamda eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha
jahon mamlakatlarida tarbiya, ta‘lim va pedagogik fikrlar rivojiga doir masalalarni
о‗zida aks ettiradi.