|
Fanning о‗quv rejasidagi boshqa fanlar bilan о‗zaro bog‗liqligi va Pdf ko'rish
|
bet | 194/220 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 2,82 Mb. | | #237780 |
Bog'liq 11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Fanning о‗quv rejasidagi boshqa fanlar bilan о‗zaro bog‗liqligi va
uslubiy jihatidan uzviy kеtmа-kеtligi
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani umumkasbiy fan hisoblanib, 1-2
semestrlarda о„qitiladi. Dasturni amalga oshirish о„quv rejasida rejalashtirilgan
o„zbekiston tarixi, yosh fiziologiyasi, anotomiyasi va gigiyenasi, ekologiya va tabiatni
muhofaza qilish, umumiy psixologiya fanlari bilan о„zaro aloqadorlikda olib
boriladi.
Fanning ta`limdagi о‗rni
Ta`lim-tarbiya nazariyasi va tarixi fani pedagogik va tarixiy bilimlar asosini
tashkil etib, bо‗lajak pedagog-psixologlarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda
katta ahamiyatga ega.
Fanni o‗qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va
pedagogik texnologiyalar
Talabalarning ta`lim-tarbiya nazariyasi va tarixi fanini o‗zlashtirishlari
uchun o‗qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan, ya'ni "Klaster" metodi,
"Zigzag" va boshqa zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yangi
informatsion pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish muhim ahamiyatga egadir.
Fanni
o‗zlashtirishda darslik va o‗quv qo‗llanmalar, seminar ishlanmalari,
tarqatma materiallar va elektron materiallardan foydalaniladi. Seminarlarda mos
ravishdagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.
Seminar mashg'ulotlarida "Aqliy hujum", "Tarozi", "Bumerang"
pedagogik texnologiyalaridan, kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash
pedagogik texnologiyalarini qo`llash nazarda tutiladi.
1.2. Fanni o‘qitishdan maqsad va vazifalar.
Talabalarda pedagogika fanining nazariyasi va rivojlanish tarixi haqida
tasavvur xosil qilish. Jaxon pedagoglari tajribalarini o‘rganish va taxlil qilish.
|
| |