Reyting
(baholash, tartibga keltirish, klassifikasiyalash) - muayyan hodisani
oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash.
Sinf -
yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan, ma‘lum o‘quvchilar
guruhi.
Surdopedagogika
(yunoncha «surdus» – kar) - eshitish qobiliyati buzilgan
bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonini o‘rganuvchi fan;
korreksion (maxsus) pedagogikaning yana bir muhim sohasi.
Suhbat
– savol va javob shaklidagi dialogik ta‘lim metodi.
Tamoyil
(yunoncha «principium») – biror-bir nazariyaning asosi, negizi,
asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya, faoliyatning asosiy
qoidasi; umumlashtirilgan talab.
Tarbiya
– muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida
shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Tarbiya
jarayoni
-
o‘qituvchi
va
o‘quvchi
(tarbiyachi
va
tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga
yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni.
Tarbiya mazmuni
- shaxsning shakllanishiga qo‘yiluvchi ijtimoiy talablar mohiyati.
Tarbiya metodi
(yunoncha «metodots» – yo‘l) – tarbiya maqsadiga erishish yo‘li;
tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta‘sir etish usullari.