Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari
– shaxsni tarbiyalash, unga muayyan 
yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berish tamoyillari, 
obektiv va subektiv omillarini aniqlovchi pedagogik jarayonning 
ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish 
usullari. 
 
Pedagogik mahorat
– bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini 
oshirish, takomillashtirish muammolarini o‘rganadi. 
 
Pedagogik paradigma
(yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – 
pedagogika fani rivojining ma‘lum bosqichida ta‘limiy va tarbiyaviy 
muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy 
pedagogik hamjamiyat tomonidan e‘tirof etilgan nazariy hamda 
metodologik ko‘rsatmalar to‘plami; ta‘limning konseptual modeli. 
 
Pedagogik talab
- turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok 
etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan 
ijtimoiy xulq-atvor me‘yorlari. 
Pedagogik texnologiya
– ta‘lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash, texnologik yondashuv asosida ta‘lim va 
tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini 
o‘rganadi. 
 
Pedagog kadrlar tarkibi
– o‘qituvchi, metodist, tarbiyachi, psixolog, 
defektolog, logoped, sport instruktori, musiqa, badiiy ijodiyot, 
radiotexnika, sport va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatuvchi 
to‘garaklarning rahbarlaridan iborat mutaxassislar.
 
 
Pedagogik mahorat
– ta‘lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, 
metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, yuksak 
pedagogik tafakkur. 
 
Pedagogik talab
- turli harakatlarni bajarish, muayyan faoliyat jarayonida ishtirok 
etishda o‘quvchi amal qilishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me‘yorlarini 
ifodalovchi vazifa; tarbiyaning eng muhim usuli. 

Download 2,82 Mb.
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish