O‘qituvchining darsga tayyorlanishi




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

O‘qituvchining darsga tayyorlanishi 
Har qanday darsning samarasi uning natijasi, ya‘ni o‘quvchilarda 
shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasi bilan o‘lchanadi, lekin bu natija 
ko‘p jihatdan dars o‘tuvchi shaxs-o‘qituvchining tayyorgarligiga bog‘liqdir.
Darsga bo‘lgan o‘qituvchining puxta tayyorgarligi ta‘limning samarasini 
ta‘minlaydi, shuning uchun dasrga kirishdan oldin o‘qituvchi ham psixologik, ham 
fani bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rishi lozim. 
Psixologik jihatdan tayyorgarlik deganda quyidagilarni tushunishimiz lozim. 
Dars murakkab jarayon bo‘lib, unda turli psixik hususiyatlarga;harakterga, 
irodaviy hislatlarga, xotiraga, diqqatga, tafakkur va temperamentga ega bo‘lgan 
o‘quvchilar ishtirok etishadi. Dars davomida yuqorida qayd etilgan hususiyatlar u 
yoki bu ko‘rinishda o‘quvchilar tomonidan namoyon etiladi. Qolaversa, darsning 
har bir daqiqasida hyech kim, hyech qaysi yo‘l bilan oldindan rejalashtira 
olmaydigan vaziyatlar yuzaga chiqadi. Ammo, o‘qituvchi psixik jihatdan har 
qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotmasdan muammoni to‘g‘ri yo‘l bilan hal etishga 
tayyor bo‘lishi lozim. Buning uchun har bir o‘qituvchi bo‘lajak darsning muhitini 
tasavvur etishi va unga o‘zini oldindan tayyorlashi lozim bo‘ladi. 
Fan bo‘yicha tayyorgarlik deganda esa quyidagilar tushuniladi; darsni
tashkil etishdan oldin o‘qituvchi belgilangan sinfda o‘z fani bo‘yicha o‘quv 
dasturidan qaysi mavzuni o‘tishi lozimligini ko‘rib oladi. So‘ng ushbu mavzu 
bo‘yicha Davlat ta‘lim standartlariga murojaat etib, nima to‘g‘risida o‘quvchilarga 
bilim berishni aniqlab oladi. Mavjud darslik yoki adabiyotlar, shuningdek, 
ko‘rgazmali yoki boshqa ta‘lim vositalari o‘quv dasturi talablariga qanchalik javob 
berishini aniqlab, mavzuni yoritishga yordam berish imkoniyatlarini bilib oladi. 
Darslikda bayon etilgan o‘quv materiali bilan tanishib, uni bugungi kun vazifalari 
hamda sinf o‘quvchilarining bilim darajasiga moslashtirib, zaruriyat bo‘lsa 
o‘zgarishlar, tuzatishlar kiritadi. O‘quvchilarni mashq qildirish uchun amaliy 
vazifalarni belgilaydi, so‘ng mavzu yuzasidan xulosalar chiqarish, qonun-
qoidalarning ta‘rifini belgilab oladi. O‘quvchilar dars davomida va uyda olib 
boriladigan mustaqil ishlari uchun vazifalar tayyorlaydi. Dars turi hamda uning 
davomida qo‘llaniladigan metodlar aniq belgilab qo‘yiladi. Shu bilan birga dars 
mavzusini oldingi o‘tilgan mavzular bilan hamda fanlararo aloqalarni ayrim 
o‘quvchilar bilan yakka tartibda olib boriladigan ishlar rejalashtiriladi va dars 
rejasini yozishga kirishiladi. 
Kundalik dars rejasi (konspekti) o‘qituvchi tomonidan har bir darsga alohida 
yoziladi.



Download 2,82 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish