O‘quv fanlari bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarning puxtaligi ko‘p
jihatdan
takrorlash va malaka hosil qilish darslarini tashkil qilishga bog‘liq. Bunday
darslarda oldin o‘rganilgan bilimlarga, qoida va ta‘riflarga takroriy duch kelinadi.
O‘rganilgan o‘quv materialiga takroriy qaytish va shu mavzuga oid omil to‘plash,
tahlil etish, solishtirish asosida olib boriladi, mavzu bo‘yicha еtarli mashq qilinadi.
Mashq qilish, bilimlarni turli o‘quv sharoitlariga tatbiq etish yo‘li bilan o‘rganilgan
bilimlar takroriy tasavvur etiladi. Ana shunga ko‘ra bu dars turi oldin o‘rganilgan
bilimlarni qayta esga tushirish va esga tushirilgan bilimlarni turli o‘quv
sharoitlariga tatbiq etish shakli sanaladi.