Ota-onaning mehri, atrofdagilarning mehri, ularni olishlari bolani mustaqil
fikrlashga va mustaqil ish boshlashga ishonchini uyg‘otadi. Ustozlar, ota-onalar
boladagi bu harakatni, ishonchni sezgandan boshlab, ularga sharoit yaratish va
ularni to‘g‘ri yo‘naltirishlari lozim. Ota-ona va ustozlar orasidagi tarbiya uzviyligi
yoshlarning shakllanishida muhim ahamiyagga ega. Sen o‘zing uddalay olasan,
bunga qurbing еtadi, deb ishontirish va bu ishonchni ―Ma‘naviy-ijodiy metoyu‖
orqali amalga oshirish mumkin. Ushbu metod uch bosqichda amalga oshiriladi:
a) o‘quvchilarda bilishga qiziqishni uyg‘ota bilish;
b) o‘quvchilarning egallagan bilimiga va tajribasiga asoslangan holda masala
qo‘yish, hamda ularga suyanib masalalarni tahlil qilish;
v) o‘rganish kerak bo‘lgan muammo ustida mustaqil fikr yuritib xulosa
olishga erishish.
Yuqoridagi bosqichlarni amalga oshirish jarayonida talabalar, insonning boy
xazinasi uning o‘zida yashiringanligini tushunadilar. Faqat buning uchun
o‘qituvchi ulardagi qiziqishni, yashiringan iqtidorini anglay bilishi kerak.
Ilm olish, odatiylik, aqlni peshlash, o‘z ustida ishlash, hikmatlarni bilish,
kamtarlik, ma‘rifatli bo‘lish kabi fazilatlarga faqat mehnat qilish va bilim olish,
o‘qib-o‘rganish, hayotni kuzatish orqali erishish mumkin.
O‘quv ma‘ruza metodi: o‘quv materialini og‘zaki bayon qilishni ko‘zda
tutadi, hikoya metodidan o‘zining hajmi kattaligi, mantiqiy qurilishi,
umumlashtirishning murakkabdigi bilan ajralib turadi. Ma‘ruza butun dars yoki
mashg‘ulotni band etadi. Hikoya esa faqatgina uning bir qismini egallaydi.
Ma‘ruza davomida informastiyani og‘zaki bayon qilish, uzoq vaqt
davomidaa diqqatni tutib turish, tinglovchilarni fikrlarini faollashtirish usullari,
argumentlash,
isbotlash,
tasniflash,
sistemalashtirish,
umumlashtirish va
boshqalardan foydalaniladi.
Suhbat metodi: Og‘zaki bayon qilinning asosiy turlaridan biri. Tarkibida eng
ko‘p qo‘llaniladigan samarali usullardan biridir. Ko‘pincha bu usul savol-javob
usuli ham deb yuritiladi. Dars berish jarayonstda o‘tilayotgan mavzu yuzasidan
kirish asosiy va yakunlovchi qismlarda suhbat, savol-javob metodi qo‘llaniladi.
Suhbat metodida atroflicha o‘ylangan savollar yordamstda o‘qituvchi va
o‘quvchilar orasidagi suhbatni ko‘zda tutib, u o‘quvchini faktlar tizimini yangi
tushunchalar va qonuniyatlarni o‘zlashtirishga olib keladi.