Ta‘lim berish, har bir mavzuning mag‘zini talabalar ongiga еtkazish
mahorati o‘qituvchidan ko‘p izlanishni, ko‘p mutola qilishni talab qiiladi. Bilim
ummoniga boy bo‘lgan ustozgina mavzuni mag‘zini talabalar ongiga mohirona
еtkaza oladi. Mavzuning maqsadiga qarab, ta‘lim metodlarini tanlay biladi.
Talim metodlaridan oqilona foydalanib, ilmiy dars o‘tish, o‘quvchilarni
hayotda o‘z o‘rnini topishga, ongning shakllanishiga katta asos bo‘lib xizmat
qiladi. O‘qituvchining ma‘lum fan ilmini o‘quvchilar ongiga еtkaza olish mahorati,
shu o‘quvchilarni bo‘lg‘usi hayot yo‘llarini tanlashda muhim ahamiyatga ega.
Oldin bayon qilganimizdek, talimning mohiyati inson kamolotini shakllantirishga
xizmat qiladi. Ta‘dim metodi ta‘limning maqsadi va vazifalariga bog‘liq. Metodlar
o‘quvchilarning yoshiga, ta‘limning mazmuniga va funkstyaisiga qarab tanlanadi.
O‘qituvchi o‘zining shaxsiy sifatlari: komilligi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishi,
ta‘limiy maqsad bilan tarbiyaviy maqsad mutanosibligi, fan asoslari va g‘oyalarini
chuqur bilishi bilan talabalarga o‘rnak bo‘lishni talab qilinadi.
Bunday o‘qituvchilardan bilim olayotgan talabalar nimani bilish kerak
ekanligini idrok qilib beradilar. Nazariy bilimlar amaliyotga ko‘chirilganda, uni
aniq his qilib, tasavvur qilib o‘zlari amalda bajaradilar, masalalar еchadilar.
(Iqtisodiy, matematik, pedogogik. So‘ngra bilimlari mohiyatini tushunib oladilar.
Shu mavzu bo‘yicha aniq ko‘nikmaga ega bo‘ladilar. Shu asnoda boshqa fanlardan
ham bilim olish va amaliy mashg‘ulotlar evaziga ularda ko‘nikmalari boyib boradi.
Talabalar o‘zlashtirib olgan bilimlarini imkoniyatlariga qarab sekin-asta
amaliyotga qo‘llay boshlaydilar. Talabalar bilan bo‘lgan muloqotda, ularga bilim
berish jarayonida o‘qituvchi ta‘lim-tarbiya jarayonini samarali boshqarishi lozim.
Talim-tarbiya
jarayoni
uzviy
jarayondir.
Ta‘lim
berish
jarayonida
tarbiyalayotganligimizni unutmasligimiz lozim. Suxandonlik, kinoyasiz so‘zlash,
o‘qituvchiga xos kiyinish etikasi, fikrni erkin bayon qilish va uni tamasiz еtkaza
olish xususiyatlari o‘quvchilar uchun amaliy ko‘rgazma ekanligini unutmaslik
kerak. Ta‘lim berishda o‘qitish metodlari asosiy o‘rinni egallaydi.
Metod
- yunoncha atama bo‘lib, aynan nimagadir yo‘l degan ma‘noni
anglatadi, ya‘ni maqsadga erishishi yo‘lini bildiradi. Metodlar (usullar)ni har
qanday muammoni (maqsadni) uzatish va qabul qilish xarakgeriga qarab quyidagi
turlarga ajratish mumkin: