Ta‘lim jarayoni tizimini demokratlashtirish va insonparvarlik qoidasi.
Buning mohiyati, shundaki, bizdagi barcha xalq ta‘limi tizimiga kiruvchi
muassasalarda berilayotgan ta‘lim va tarbiya insonlarni ularning moddiy va
ma‘naviy kamolotini, aql zakovatining o‘sishini va nihoyat, o‘zligini bilim va haq
huquqlari uchun kurashadigan chin vatanparvar bo‘lib еtishishlarining maqsad
qilib qo‘yadi.
Ta‘lim jarayonida har qaysi o‘quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish
qoidasi.
Har bir o‘quvchim o‘ziga xos jismoniy axloqiy, ruhiy va boshqa
xususiyatlarga egaki, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta‘sir etadi.
Shu jihatdan ta‘lim jarayonida umumsinf o‘quvchilarini hamda shu sinfdagi
har qaysi o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko‘rish
muhim didaktik ahamiyatga ega.
Uzluksiz ta‘lim kadrlarni tayyorlash tizimining asosi va kadrlar tayoyrlash
milliy modeliniig tarkibiy qismlaridan biri deb, ta‘kidlanadi kadrlar tayyorlash
milliy dasturida. Uzluksiz talim tizimi o‘quv-tarbiya jarayonining hamma
bosqichlarini qamrab oladi hamda har tomonlama еtuk barkamol avlodni еtishtirish
uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shu sababli mamlakatimizda kadrlar tayyorlash
milliy dasturi asosida uzluksiz ta‘limni tashkil qilish va rivojlantirishniig asosiy
tamoyillari (prinstiplari) belgilanadi. Bular ta‘limning ustuvorligi, ta‘limning
demokratlashuvi, ta‘limning insonparvarlashuvi, ta‘limning ijtimoiylashuvi,
ta‘limning milliy yo‘nalganligi, ta‘lim va tarbiyaniig uzviy bog‘liqligi, iqtidorli
yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish
kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz ta‘limga tegishli bu qonun-qoidalar
o‘qitish, bilim berish, ya‘ni ta‘lim jarayoniga ham samarali tasir ko‘rsatadi.
Pedagogikada ta‘limning ilmiy-nazariy, uslubiy asoslari alohida, ya‘ni didaktika
qismida o‘rganiladi. Bu jarayonda ta‘lim prinstiplariga ham alohida to‘xtaladi.
Ta‘lim (O‘qitish) jarayoni murakkab hamda ko‘p qirralidir. Unda o‘qituvchi
va o‘quvchilar faol ishtirok etadilar. Bu jarayonning muvaffaqqiyatli va samarali
natijasi ta‘lim jarayonining qonun-qoidalari, yani talimga qo‘yilgan didaktik
talablarga qay darajada amal qilishlariga bog‘liq.
O‘qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak-
atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonunlari asosida sodir bo‘ladi. Shu sababli
shaxsni o‘qitish, tarbiyalash, barkamol avlod bo‘lib еtishtirish jarayonida bir
butunlikda amalga oshirish zarur. O‘qituvchi qachonki ta‘lim tamoyillaridan
xabardor bo‘lgandagina uni samarali boshqarish, o‘qitishning samarali usullarini
to‘g‘ri tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qitish tamoyillari
ta‘lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal
qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta‘lim tamoyillari o‘quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida
belgilanadi. Ular o‘zaro bir-biri bilan mustahkam bog‘liq holda bir sistemani
tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechasi ishtirok etishi
mumkin. Ular ta‘lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o‘z hissasini
qo‘shadi. Talim tizimi isloq qilinayotgan hozirgi jarayonda o‘quvchi-talabalarga
mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib
tarbiyalashda, ta‘lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tadbiq
etish muhim muammolardan biridir.
O‘quv yurtdarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‘lishi fan-
texnikaning so‘nggi yutuq va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday
ekan, o‘qituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim, o‘quv fanlari
ham ilm-fan asosida yaratiladi. O‘qitishniig ilmiylik tamoyillari ta‘lim jarayonida
o‘quvchi-talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy
bilimlar bilan quroldantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan
tanishtirib borishga qaratilgan.
Ilmiylik ta‘limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir. Shunday
ekan, bilim, ilm-fan bilan o‘quv predmeti o‘rtasida hamkorlik o‘zaro bog‘liqlik
bo‘lishiga erishish lozim.
Ta‘limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlardan foydalanmoq lozim.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog‘lab olib
borish ta‘limning еtakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta‘lim-tarbiya sohasidagi
yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi.
Shundagina o‘quvchi-talaba o‘rganayotgan o‘quv materiallarining tub mohiyatini
tushunib еtadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘qituvchi
ta‘lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol
ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtirishga olib keladi.
Ta‘limdagi onglilik va faollik, o‘quvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘proq
bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni
ongli va faol o‘zlashtirish o‘qitish jarayonining psixologik tomonlarida o‘z
ifodasini topadi.
O‘qitishda nazariy bilimlar qanchalik haytiy bayon etilsa, o‘quvchi
talabaning fikr yuritishi ham shunchalik aniq va ravshan bo‘ladi va o‘quv
materiallarini ongli o‘zlashtirish darajasi ham ortadi. Ta‘lim tizimi isloh
qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda
bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natikasida bilimlarni o‘zlashtirish
jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‘quvchi o‘quvchining mashg‘ulotlarga
munosabat va bu jarayonda o‘zini qanday tutishta e‘tibor bermog‘i lozim.
Yoshlardagi o‘qish istagi ta‘lim jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir.
Shunlay ekan, ta‘limning samaradorli o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘qishga izchil
va muntazam qiziqtirib borishiga bog‘liqdir. Buning uchun o‘qituvchi, ularni
o‘qishga stjodiy munosabatda bo‘lishga, mustaqillikka, ishchaklikka odatlantirishi
lozim.
Ta‘lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan hayotiy masalalar yoshlar
tarbiyasiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shu sababli ta‘lim, shaxs shakllanishining
asosiy manbaidir.
O‘qitib, tarbiya berish deganda bizda ta‘lim va tarbiyaning bir-biridan
ajralmasligini tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro‘si, o‘qituvchi obro‘si,
avvalo darsda shakklanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim
ularniig tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘ra bilish, tarbiya usullaridan foydalanish
lozim.
O‘quvchi-talaba ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham,
irodasi va axloqiy sifatlari, imon–e‘tiqodi va qobiliyati ham o‘sib rivojlanib boradi.
Ta‘limning tarbiyaviy imkoniyatlarkdan foydalanishda o‘qituvchi avvalo
ta‘limni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etishga, o‘quv materiallarining mazmuni
bilan bog‘liq tarbiyaviy masalalarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira
olishga bog‘liqdir. Shu bilan birga, o‘qituvchining o‘quvchilar oldidagi obro‘-
e‘tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
O‘qitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham
ko‘rsatish orqali o‘quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta
o‘zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab еtishlariga asos soladi,
diqqitni barqarorlashtiradi. Shuniig uchun ko‘rgazmali materiallar o‘rganilayotgan
mavzuniig mazmuniga mos kelish, O‘quvchi-talabaning yoshi va bilim darajasiga
muvofiqlashgan bilishi, hamda ulardan foydalanishning samarali yo‘l va
vositalarini qo‘llash va ishlab chiqish lozim. Ko‘rsatmali materiallar o‘quv
predmetlarinkng xarakteri va mazmuniga qarab turli-tuman bo‘lishi mumkin.
Jumladan:
a) buyum va narsalarni asli tabiiy holda ko‘rsatish (o‘simliklar, hayvonlar, gerbariy
va kollekstiyalar, laboratoriya mashg‘ulotlariga namoyishlar, ekskursiyalar
chog‘ida ko‘rsatiladigan buyum, narsalar).
b) tasviriy ko‘rsatmali materiallarni namoyish qilish (rasmlar, fotosuratlar,
diafilmlar va diapozitivkar, kinofidmlar va boshqalar).
v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko‘rsatish (O‘quv xaritadari, sxema,
jadval va maketlar).
g) ovozli ko‘rsatmali materiallar (gramplastikka, magnitofondagi yozuvlar, ovozli
kino filmlar).
Bilimlar turli hil vositalari orqali puxta o‘zlashtirilgandagina, u mustahkam
esla qoladi, bu esa o‘quv materiallarni ongli o‘zlashtirishga, nazariya bilan
amaliyotni bog‘lashga, ko‘rsatmalilikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash
orqali mustakamlashga bog‘liqdir. Ta‘limning bosh maqsadi esa bilimlarni
sistemali va puxta o‘zlashtirishdir
Ta‘lim jarayonidagi muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o‘quchi-
talabaning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatdarini hisobga olganda erishish mumkin.
Shuning uchun o‘qituvchida bolalar psixologiyasidan tegishli bilimlar еtarli
bo‘lishi lozim. Dars jarayonida shu sinf o‘quvchilariga tegishli umumiy
xususiyatlarni va har qaysi o‘quvchiga tegishli xususiyatlar ta‘limning har bir
bosqichida e‘tiborga olinishi darkor. Bunga erishish uchun o‘qituvchi
o‘quvchilarni kuzatishi va ularning ruhiy olamini o‘rganishi lozim. Faqat
shundagina o‘quvchidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi va
ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi.
|