O‘qitish qonuniyatlari talablarini albatta e‘tiborga olinishi zarur, chunki
qonuniyat–bu barqaror, zaruriy u yoki bu hodisalar va jarayonlar o‘rtasidagi
mutanosiblik va muhim aloqa.
Ijtimoiy ehtiyojlar va sharoitlar o‘quv jarayonining xarakterini, uning
vazifalarini, mazmuni shakllari usullari va vositalarini qonuniy ravishda aniqlayu
beradi. Demak, ta‘lim berish-tarbiyalash va o‘quvchilarning umumiy
rivojlanishlarini bir butunlikda amalga oshirish zarur.
O‘qitish qonuniyatlari o‘qitish qoidalarini ilmiy asosda o‘zaro bog‘lanishda
qo‘llash ko‘nikma va malakalarni chuqur, puxta ongli va ta‘sirli o‘zlashtirilishini
ta‘minlaydi.
Ta‘limning mazmuni hayot hozirgi zamon fani bilan bog‘langan bo‘lganligi
uchun ham vuzifalarda mamlakatning iqtisodiy rivojlanishning jadallashtirish
muammolari,
ishlab
chiqarishni
mexanizastiyalash,
avtomatlashtirish,
kompyuterlash kabilar asosida intinsivlash o‘z aksini topishi kerak.
Har bir o‘qituvchi shuni angla еtishi zarurki, o‘quv jarayonini samarali
qurish–bu ishda o‘zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik
qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy
foydalangan holda uchun butunlay va o‘zaro aloqada foydalanish demakdir.
O‘qitish qoidalarini yaxshi bilish o‘qitishning zarur usullarini tanlashga
yordam beradi.
Hozirgi kunda olimlarimiz ta‘lim qoidalarini quyidagicha guruxlashtirilgan:
1.
Ta‘limning ilmiy bo‘lim qoidasi.
2.
Ta‘limda nazariyaning amaliyot bilan bog‘liq bo‘lish qoidasi.
3.
Ta‘limda onglilik, faollik va mustaqil qoidasi.
4.
Ta‘limning tarbiyalovchilik xarakteri.
5.
Ta‘limda ko‘rsatmalilik qoidasi.
6.
Ta‘limda ilmiy bilim va ko‘nikma malakalarni ilmiy bilim va ko‘nikma
malakalarni puxta mustahkam o‘zlashtirish qoidasi.
7.
Ta‘lim jarayonini va tizimini ................... va insonparvarlashtirish qoidasi.
8.
Ta‘lim jarayonida har qaysi o‘quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish
qoidasi.