• Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar Didaktika, ta‘lim jarayoni, mohiyati, ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantirish funksiyalari, o‘qituvchi faoliyati, ilmiy-uslubiy asoslar.
  • 11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/220
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,82 Mb.
    #237780
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220
    Bog'liq
    11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

     
     
     


    5-MAVZU: DIDAKTIKA- PEDAGOGIK TA‘LIM NAZARIYASI 
    SIFATIDA. 
    Reja: 
    1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. 
    2. Didaktikaning ob‘yekti, predmeti va funksiyalari.
    3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari. 
    4. Ta‘lim paradigmalari.
    Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar 
    Didaktika, ta‘lim jarayoni, mohiyati, ta‘limiy, tarbiyaviy, rivojlantirish 
    funksiyalari, o‘qituvchi faoliyati, ilmiy-uslubiy asoslar. 
     
    ADABIYoTLAR: 
    1.
    Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. 
    (―Fidokor‖ gazetasi muxbiri savollariga javoblar). T. 2000. 
    2.
    ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖. T. 1991.
    3.
    Munavvarov A.K. Pedagogika. T. ―O‘qituvchi‖. 1996. 
    4.
    Ilina T.A. Pedagogika. Uchebnaya posobiya. M. 1985. 
    5.
    Tursunov I. Nishonaliyev U. Pedagogika kursi. T. 1996. 
    Insoniyat tomonidan asrlar davomida to‘plangan ma‘lumot va bilimlar har 
    bir yangi avlod tomonidan o‘zlashtirilib, boyitilib borilishi va jamiyat taraqiyotiga 
    xizmat qilishi lozim. To‘plangan ma‘lumot va bilimlarni o‘zlashtirish o‘ta 
    murakkab jarayon bo‘lib, u faqat ilmiy jihatdan asoslangan holda maxsus tashkil 
    etilishi lozim. Lekin, har bir jarayon ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘ladi, 
    Shuning uchun, o‘z qonun-qoidalariga, hususiyatlariga ega. Ta‘lim jarayonini 
    qonun-qoidalarini o‘rganish, tahlil etish va yangi bilimlar yo‘nalishlarini izlab 
    topish, ularni o‘zlashtirishning samarali metodlarini ishlab chiqish masalalari bilan 
    pedagogikaning didaktika bo‘limi shug‘ullanadi. Ta‘lim jarayonini, insonning 
    bilish qobiliyati va tafakkuri hodisalarini falsafa, psixologiya, fiziologiya fanlari 
    ham o‘rganadi. Ammo, didaktika bu masalalarga maxsus fan sifatida yondoshadi 
    va izlanish ishlarini olib boradi. Didaktika ta‘lim, uni tashkil etish, bilimlarni 
    o‘zlashtirilishi, ta‘lim mazmunini aniqlash, ta‘lim usullari, qoidalari kabi barcha 
    masalalar bilan shug‘ullanadi. 
    Didaktika fan sifatida o‘z tadqiqot predmeti va metodlari hamda aniq 
    maqsadlariga ega. Didaktika ko‘p asrlik tarixiga ega. 
    Didaktika yosh avlodni «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish» va «qanday 
    o‘qitish» kabi savollarga javob beradi. Didaktika, o‘z navbatida ayrim o‘quv 
    fanlarga oid o‘qitish va o‘qish metodi va uslublari bilan uzviy bog‘liqdir. U 
    o‘qitishning barcha fanlarga oid umumiy qonuniyatlarini aniqlab borishi bilan 
    birga, har bir o‘quv fanini o‘qitish metodlari uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Ilmiy 
    didaktikaning asoschisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy hisoblanadi. Uning 
    «Buyuk didaktika» (1632 yil) asari o‘qitishni rivojlantirishga g‘oyat katta ta‘sir 
    ko‘rsatdi. Sharqda pedagogik fikrlar rivojiga mutafakkirlar: Imom al-Buxoriy, Abu 
    Iso at-Termiziy, Muxammad Muso Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Ibn- Sino, Abu 


    Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, 
    Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Alisher Navoiy va boshqalar katta 
    xissa qo‘shdilar. O‘zbekistonda didaktika fanining rivojlanishi Ismoil G‘asprali, 
    Mahmudxo‘ja Bexbudiy, Munavvar-qori Abdurashidxon o‘g‘li, Muhammadsharif 
    So‘fizoda, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhammadrasul 
    Rasuliy, Ishoqxon Ibrat, Sadriddin Ayniy, Abdurauf Fitrat, Oqilxon Sharofiddinov, 
    Siddiq Rajabov kabi pedagog va olimlarning nomlari bilan bog‘liq. Umumiy 
    didaktika-barcha o‘quv fanlari, ma‘lumot darajalari asosida ta‘limning maqsadi, 
    mazmuni, qonuniyatlari, qoidalari, metodlari, tashkiliy shakllari natijalarini 
    o‘rganuvchi fandir. 
    Xususiy didaktika umumiy didaktika bo‘yicha o‘rganilgan bilimlarni, 
    masalan, ta‘lim qoidalari, ma‘lumot mazmuni bo‘yicha hosil qilingan tasavvurlarni 
    inkor etmaydi. Aksincha, xususiy didaktika bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar 
    umumiy didaktikada hosil qilingan tushunchalarni to‘ldiradi, ularni yanada 
    oydinlashtirishga ko‘maklashadi. Binobarin, umumiy va xususiy didaktika o‘zaro 
    uzviy bog‘liq pedagogik fanlardir. 
    -Ta‘lim individual harakterga ega. Ta‘lim manbalarida (darslik, ko‘rsatma-
    qurol, o‘qituvchi nutqi) berilgan bilimlar sinfdagi barcha o‘quvchilar uchun bir xil 
    bo‘lsa-da, ularni o‘quvchilar turlicha o‘zlashtirishadi; 
    -Ta‘lim chegaralangan. Unda kishilar tomonidan kashf etilgan bilimlar 
    o‘zlashtiriladi. Bilish jarayoni esa cheksizdir. Unda tabiat, jamiyat va inson 
    tafakkuri qonuniyatlarining hali o‘rganilmagan sohalari kashf etiladi. 
    Maktabda bilim va malakani o‘zlashtirish uzviy harakterga ega. Bugungi 
    o‘rganiladigan bilim oldin o‘zlashtirilgan bilimlarni taqozo qilsa, kelajakda 
    o‘zlashtiriladigan bilimlar uchun asos sanaladi.
    Didaktika ta‘lim bilan bog‘liq barcha muammolar bilan shug‘ullanar ekan, 
    shu bilan birga ta‘lim dialektikasiga ham o‘z e‘tiborini qaratadi.
    Ta‘lim dialektikasi deganda ta‘limning obyektiv holatda rivojlanishi 
    tushuniladi. Ta‘lim shunday bir jarayonki, u doimiy holatda o‘zgarib boradi. 
    Jamiyat taraqqiy etib borgan sari ta‘lim ham jamiyat maqsadlarini ko‘zlagan 
    holda o‘zgarib boradi. Fan va texnika olamida insoniyat tomonidan erishilayotgan 
    yutuqlar ham ta‘limning yangilanib borishiga katta ta‘sir ko‘rsatadi. Masalan, 
    Respublika ta‘limi hozirgi kunda katta o‘zgarishlarni boshidan kechirmoqda. 
    Uning oldidagi maqsadlar o‘zgarib bormoqda, qolaversa, ta‘limga oxirgi yillarda 
    yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etilishi ham fikrimizga dalil sifatida xizmat 
    qila oladi. Ta‘limning rivojlanishi qonun-qoidalarini o‘rganish to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
    didaktikaning vazifasini tashkil etadi. 
    Ta‘lim sohasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar o‘z navbatida uning barcha
    ichki bo‘g‘inlariga ham ta‘sir etmay qo‘ymaydi; ya‘ni ta‘lim metodlari, tashkil 
    etish shakllari, vositalari va bo‘g‘inlarining o‘zaro aloqalari ma‘lum miqdorda 
    o‘zgaradi. Natijada ta‘lim mazmunini o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilish darajasi, 
    bilimlarning shakllanish doirasi, natijalar samarasi ham yangi ko‘rinishga ega 
    bo‘ladi. Bilimlarni egallash bosqichlari har bir shaxsning psixologik 
    hususiyatlariga tayanadi, ya‘ni shaxsning ma‘lumotlarini sezish, idrok etish, 


    anglash, umumlashtirish, xulosa chiqarish va amalda qo‘llash kabi hususiyatlari 
    har xil bo‘ladi. 

    Download 2,82 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   220




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish