Jamoatchilik nazariyasining bu obyektiv qonuniyligini, albatta, hisobga
olish zarur. Jamoatchilikning bunday tarixiy taraqqiyotini kuzatish hozirgi
jamiyatda jamoatchilikning mohiyati nimadan iborat ekanligini, shuningdek,
jamoatchilikning mohiyati nima bilan xarakterli ekanligini bilish taqozo etadi.
Bizning qarashimizcha, jamoatchilik shaxsning asosiy xususiyatigagina emas,
balki butun g‘oyasi hamdir. Ayrim olimlar jamoatchilikni nazariy jihatdan
inkor etadilar yoki bu ikki yuzlamachilik, munofiqlik qiladilar.
Jamoatchilikning rivojlanish dialektikasi, bir tomondan, obyektiv asosini
ko‘zlasa, ikkinchi tomondan, jamoaning rivojlanishi, nazariy psixologiyasi
sifatida obyektiv moddiy asoslarini aks ettiradi.
Jamoatchilikda
shaxsiy va jamoat manfaati o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar asosiy masala
bo‘lib hisoblanadi. Jamoatchilik manfaati shaxsiy qiziqishni ham ko‘zlaydi,
shaxsiy manfaat, o‘z navbatida, umummanfaatni ham ko‘zlaydi. Xulosa qilib
aytishimiz mumkinki, jamoatchilik o‘zining mohiyati bilan o‘zining
asoslariga ega. Agar jamoatchi ma‘lum guruh, jamiyatni va uning manfaatini
o‘zida ifoda etsa, individualchi bir kishinigina manfaat va qiziqishini ifoda
etadi. Jamoatchilikning shakllantirish jarayoni, ruhiy tabiatini ma‘lum
darajada ochish maqsadga muvofiqligini taqozo etadi.
Jamoatchilik kishilardagi irodaviy, aqliy va hissiyot jarayonidir. Jamoa
hissiyot bo‘lib, kishilarning bir-biriga va atroflarga bo‘lgan munosabatlarida
hamda ichki kechinmalarida, kishilarning ichki his-tuyg‘ularini, o‘z
jamoasining yutuq va kamchiligi to‘g‘risidagi ichki kechinmalarini
tushunamiz. Shaxsdagi aqliy jarayon bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Shuning
uchun ham, kishilardagi jamoa hissini shakllantirishda hal qiluvchi
ahamiyatga egadir. Yoshlarda jamoatchilikni shakllantirish bilan bir vaqtda,
ularning aqliga, hissiyotiga ham ta‘sir ko‘rsatiladi.
Demak, o‘quvchilarda jamoatchilikni shakllantirish dialektik jarayon
bo‘lib, shu shakllantirish bilan bir vaqtda individualizmga qarshi kurashiladi.
Bu kurashda yoshlarning ongi, psixikasi individuallikni e‘tirof etadi. Bu
psixikaning dialektik taraqqiyoti hisoblanadi. Kishi o‘zida jamoa hissi paydo
bo‘lishi bilan individualizmni inkor etadi. Individualizm inkor etish jarayoni
psixik va amaliy tajribada ma‘lum darajada qiyinchilikni vujudga keltiradi. Bu
qiyinchilik bilan kurashish, so‘zga irodaviy jarayonga bog‘liqdir. Shuning
uchun ham jamoatchilikni shakllantirishda irodaviy jarayon birinchi darajali
ahamiyatga egadir.
Jamoatchilik kishilarning umumiy maqsad yo‘lida birgalikda qilgan mehnat
va kurash jarayonidagi birlashuvi, jipslashuvi, o‘rtoqlarcha o‘zaro yordam va
birodarligi demakdir.