11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Yalpi nazorat-
sinf jamoasining barchasiga mo‘ljallangan tekshirishdir. 
Masalan, diktant shunday metodlar sirasiga kiradi. 
 
 
 
 
 


11- MAVZU: Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya 
qonuniyatlari va tamoyillari.
REJA: 
1. Tarbiya jarayoni, uning mohiyati 
2. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari 
3. Tarbiya jarayoni qoidalari.
Mavzu uchun tayanch so‘zlar: 
Tarbiya jarayoni, tarbiya qoidalari va qonuniyatlari, sog‘lom e‘tiqod, tarbiya 
maqsadi. 
Adabiyotlar: 
1.
Islom Karimov. «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. 
Sharq, 1997. 
2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O‘zbekiston», 2000 
yil.
 
 3. 
O.Xasanboyeva. «Pedagogika tarixidan xrestomatiya». «O‘qituvchi» nashriyoti. 
T. 1993 yil. 
4. B.Ziyomuhammedova, Sh.Abdullayeva. «Pedagogika» «O‘zbekiston milliy 
entsiklopediyasi» nashriyoti. T. 2000 yil. 
 
 
Tarbiya jarayoni, uning mohiyati. 
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining bir 
qismi bo‘lib, u tarbiyaviy jarayonning mazmuni, metodi va tashkil etilishi
masalalarini o‘rganadi. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqiyoti 
o‘sib kelayotgan barkamol avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan 
ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
 
Tarbiya nazariyasi O‘rta Osiyo faylasuflarining tarbiya haqidagi fikrlariga va 
xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya 
nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, 
fiziologiya, psixologiya fanlari ma‘lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi
pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta‘lim
nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog‘langandir. 
Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga 
oddiy ta‘sir ko‘rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq 
bir maqsadga qaratilgan, bir - biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va 
o‘zaro ta‘sir ko‘rsatishi ekanligi alohida ta‘kidlanadi. 
Tarbiya aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog‘lom, e‘tiqodli, dili pok, ruhi 
komil, har tomonlama ma‘naviy rivojlangan, vatanparvar, baynalminal, 
insonparvar barkamol shaxsni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiya mahalliy, 
ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, milliy an‘analar va mintaqalararo hususiyatlarni 
hisobga olgan holda olib boriladi. 
Tarbiya jarayonida kishining turli qobiliyatlari rivojlanadi, harakteri, 
g‘oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy
qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. 
Bola kattalarning tajribalarini sust holda emas, balki faol ravishda o‘zlashtiradi: 
bu o‘zlashtirishda uning ongli harakati, tirishqoqligi ahamiyatga ega bo‘ladi. 


Tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar tajriba va 
bilimni o‘zlashtira olmaydilar. Bolaning yoshi ulgayib borgan sari bu faollik 
tobora ko‘prq mustaqillik hususiyatlariga ega bo‘lib boradi: tarbiyalanuvchilar 
o‘zlarida dunyoqarashni tarkib toptirishga, o‘z- o‘zini takomillashtirish, tabiat, 
jamiyat va turmushda uchraydigan hodisalarni tushunishga hamda idrok etilgan 
narsalarga tanqidiy munosabatda bo‘lishga ko‘nika boradilar. 
Hamma davrlarning ilg‘or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq 
donishmandlari va mutafakkirlaridan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zavqiy, Furqat, Avaz 
O‘tar, Hamza, Abdulla Avloniy inson kamolotini ilm-fan va tarbiyada deb 
bildilar. 
Tarbiya jarayonida kattalar, tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilar jamoasi o‘zaro 
munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat o‘zaro tushunish, ishonch, hamkorlik 
asosida qurilishi lozim. 
Maktab butun tarbiya ishini hayot bilan hamohangi, o‘quvchilarga o‘tmish, 
tarix, san‘at haqidagi ma‘lumotlarni chuqur o‘rgatishi,xalq pedagogikasi asosida 
ish yuritishi, buyuk allomalarning farzand tarbiyasi borasidagi pedagogik 
qarashlari, inson ruhini chuqur o‘rganib, sharqona urf-odatlar, an‘analar asosida 
yoshlarga mehnat malakasini singdirishi lozim. 

Download 2,82 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish