Tarbiya jarayonining qonuniyatlari




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Tarbiya jarayonining qonuniyatlari 
Tarbiyaning maqsadini pedagoglar ham, ota-onalar ham yaxshi bilishlari 
lozim. 
Umumta‘lim maktablarida tarbiyaning asosiy maqsadi sifatida shaxsning 
har tomonlama kamolotga erishuvi asos qilib olinadi. Shaxsning har tomonlama 
kamolotga erishuvi, bu uning ayrim qirralari yoki hislatlarining to‘laqonligi, 
jismoniy, axloqiy, siyosiy, estetik qarashlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi. 
Tarbiya moddiy boyliklarni ishlab chiqarish usuliga, jamiyatning ijtimoiy 
tuzilishiga, siyosiy tizimga, mafkuraga bog‘liqdir. 
Tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va o‘zaro bog‘liqligi uning muhim 
qonuniyati hisoblanadi. 
Shaxsning rivojlanishi tarbiyaning sifatiga bog‘liqdir. Ayni chog‘da 
tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari shaxsning rivojlanish darajasiga 
bog‘liq. Tarbiya jarayoni murakkabdir. Shuning uchun ham u tarbiyachidan 
bolaning ruhiy holati, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini hisobga olib, mehribonlik 
bilan yondoshishni talab qiladi. Tarbiyachi tarbiyalanuvchi shaxsini diqqat bilan 
o‘rganishi, ularni tushunishi, hurmat qilishi lozim. 
Tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyati jamiyat uchun qanchalik foydali, 
maqsadga muvofiq va ularning munosabatlari oqilona tashkil qilinar ekan, tarbiya 
jarayoni shunchalik samarali amalga oshiriladi. 
Insonni uning atrofini qurshab turgan vositalar: oila, ota-onasi, maktab, 
do‘stlari, atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari, san‘at, adabiyot, tabiat va 
hokazolar tarbiyalaydi. Shaxsning rivojlanish va shakllanish jarayonini boshqarib 
borishi kerak. Shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va
o‘quvchilar o‘rtasida bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e‘tibor
berish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lish lozim. 


Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy jarayon umumxalq ishi va 
uzluksiz bo‘lsin, barcha yoshdagi bolalarni qamrab olsin, turli ijtimoiy, jamoat va 
davlat institutlari va muassasalarining shaxs kamolotini shakllantirish borasidagi 
harakatlari mujassamlashishi ta‘minlansa maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola 
betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligi 
e‘tiborda tutilishi zarur. 
Tarbiya muayyan maqsad bilan rejali ravishda amalga oshiriladigan davomli 
ishdir. 
Yosh avlodga har bir tarixiy davrdagi jamiyatning o‘ziga xos ishlab chiqarish 
metodi va ijtimoiy munosabatlarga muvofiq tarbiya beriladi. Bu tarbiyaning asosiy 
qonuniyatidir. 
Tarbiya jamiyat hayoti bilan bog‘liq, jamiyat o‘zgarib rivojlanishi bilan tarbiya 
ham o‘zgarib, rivojlanib boradi. 
Tarbiya jarayoni hayotiy, amaliy hususiyat kasb etmog‘i lozim. Tarbiyaviy 
jarayonning barcha qatnashchilari; pedagoglar, ota- onalar, jamoatchilik, yoshlar 
tashkilotlari va mehnat jamoatlari- hamma kasbiy-pedagogik tayyorgarlikka ega 
bo‘lishlari lozim. 

Download 2,82 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish