• Mashq va o‘rgatish metodlari
  • Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish metodlari




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/220
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,82 Mb.
    #237780
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   220
    Bog'liq
    11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

    Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish metodlari. 
    Bola rivojlanishining, uning o‘zligini belgilashning asosiy omili-bu 
    faoliyatdir. Faoliyat nuqtai nazaridan yondoshish qoidasi maktab hayotining
    hamma jabhalarida ta‘lim-tarbiya jarayonlariga singib ketadi. 
    Faoliyat o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashga undaydi, ularni qaysi 
    ixtisosga moyilliklarini aniqlashga, ijodiy faoliyat tajribasini, hissiy qadriyat
    munosabatlarini o‘zlashtirishga yordam beradi, ularning mustaqilliklarini oshiradi. 
    O‘quvchilarni birinchi sinfdan boshlab qo‘llaridan kelgan ijtimoiy foydali 
    mehnat bilan shug‘ullanishlariga erishish lozim. Bunday mehnat ko‘pchilik, 
    jamoa bo‘lib bajarilganida yaxshi natija beradi. 
    Mashq va o‘rgatish metodlari 
    Mashq bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va har 
    tomonlama tashkil qilish, ularni axloq mezonlari va xulq-atvor qoidalarini 
    bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikda tarkib topadi va keyin 
    mustahkamlanib boradi. 
    O‘qituvchilar, ota-onalar bolalarda ijobiy odatlar shakllanishini kuzatib borishlari 
    kerak. O‘quvchilar odatlarni yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular orqali 
    hosil qiladi. Odat ehtiyojga aylanadi. Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p
    marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun 
    ongli, ijodiy jarayondir. Mashq natijasida ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil 
    qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, axloqiy tajribasi kengayadi. 
    Odatsiz tarbiya-poydevorsiz binoga o‘xshaydi, odat esa muntazam mashq orqali 
    mustahkamlanadi. 
    O‘rgatish-ijtimoiy xulq-atvorning odatiy shakliga aylantirish maqsadida 
    tarbiyalanuvchilarning bajarishlari uchun rejali va izchil tarzda tashkil qilinadigan 
    turli harakatlar, amaliy ishlardir. 
    O‘rgatish bir necha izchil harakatlar yig‘indisidir. O‘qituvchi bu harakatlarni 
    ko‘rsatib berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim (sinfda navbatchilik qilish). 


    Tarbiya amaliyotida mashq qilishning turli xillari mavjud: faoliyatda mashq 
    qilish; kun tartibi mashqlari, maxsus mashqlar. 
    Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy faoliyat, jamoadagi faoliyat va 
    o‘zaro munosabat odatlarini tarbiyalashga qaratilgandir. Kun tartibi mashqlari 
    maktabda, oilada o‘rnatiladigan kun tartibiga amal qilish, shu bilan bog‘liq o‘z 
    istak va harakatlarni boshqarish, ish va bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish odatiga
    o‘rgatadi. Maxsus mashqlar madaniy xulq, malaka va ko‘nikmalarini hosil qiladi
    va mustahkamlaydi. 
    Topshiriq. O‘quvchilarning mehnat topshiriqlarini jamoa bo‘lib bajarishlari 
    ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir. 
    O‘quvchilar o‘z kuchlarini umumishga sarflashga, jamoa uchun mas‘uliyatni his 
    etishga o‘rganadilar. Mehnat qilish bolani harakteri va irodasini o‘stiradi. 
    - Bola faoliyatining shakllanishida burchga mas‘uliyat hissini tarbiyalash lozim. 
    - O‘quvchilar hayotiy faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil 
    qilishi zarur, qiziqarli, to‘laqonli, bolalar yosh jihatlariga mos hayot iqlimini
    yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy-fodali, ijodiy, ko‘ngilochar va shunga 
    o‘xshash tadbirlar tashkil etilishi lozimligi, natijada o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan 
    ishga qo‘l ursinlar, muvaffaqiyat hissini tuyib, o‘zlariga ishonchlari ortsin,
    axloqan barqaror bo‘lsinlar. Sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning bo‘sh 
    vaqtlarini jamoa foydasi uchun ommaviy, guruh, alohida shakllari va uslublari 
    orqali tashkil etish mumkin. To‘garak, klub ishlarining rang-barangligi, ular 
    mazmunidagi yangiliklar, yigit va qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun 
    yangi imkoniyatlar yaratadi. 

    Download 2,82 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   220




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish metodlari

    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish