11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

 
 


14- mavzu: O‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. 
O‘quvchilarning aqliy tarbiyasi. 
 
REJA: 
1. Aql- dunyoqarash mezoni. 
2. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy 
qismlari. 
3. Aqliy tarbiyaning maqsad va mazmuni. 
4. Fikrlash va uning turlari. 
 
Tayancha so‘z va iboralar: 
dunyoqarash, ilmiylik, fikrlash, aqliy tarbiya, 
tafakkur operatsiyalari.
 
1. Aql-dunyoqarash mezoni 
O‘sib kelayotgan yosh avlodning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish hamma 
davrlarda bo‘lgani kabi, hozir ham millatning ilg‘or kishilari diqat markazida 
bo‘lib kelmoqda. 
Xo‘sh, dunyoqarashni o‘zini qanday tushunish kerak? Dunyoqarash-bizni 
o‘rab olgan borliq nima, u qanday rivojlangan, tabiatda qanday inson o‘rin tutadi, 
uning ongi qanday paydo bo‘ldi va kamol topdi, jamiyatning yaralish tarixi 
qanday, inosniyat turmush darajasini qanday qilib yaxshilash mumkin va shu kabi 
masalalarga kishilarning turlicha qarashlari, munosabatlaridir.Inson o‘z faoliyatida 
ma‘lum ilmiy bilimlardan, qonuniyatlardan,tushuncha va g‘oyalardan foydalanadi. 
Ana shu bilimlarga asoslanib, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalarini 
baholaydi, ularni o‘ziga talqin etib, ma‘lum xulosalarga keladi. 
Har qanday odam o‘zining yashashdan maqsadi nimaligini, hayotning 
ma‘nosini bilishga intiladi. Bu insonning ijtimoiy ehtiyojidir. Ana shu ehtiyoj 
o‘quvchiga ham xos bo‘lib, u o‘zining shu ehtiyojini qondirish bilan tevarak-atrof 
hayoti to‘g‘risida bilimlarga, tabiat va jamiyat haqidagi mulohazalarga ega bo‘la 
boshlaydi. Umuman shaxsning turli xil ehtiyojlari uning faolligini ta‘minlaydi, 
qiziqishlari, mayl va talablarini belgilaydi. Ana shu ehtiyojni qondirishga 
qaratilgan faoliyat shaxsning e‘tiqod va qarashlari, kundalik xulq-atvor motivlarini 
hosil bo‘lishiga yordam beradi. 
Qarashlar va e‘tiqodlar tizimi bo‘lgan dunyoqarashning mohiyatidan 
shunday xulosa chiqarish kerakki, o‘quvchining va umuman maktabning ishida 
muayyan tizim bo‘lgandagina ilmiy dunyoqarash tarkib topishi mumkin. Asta-
sekin to‘plangan bilimlar yozma shaklda avlodlardan-avlodlarga qoladi. Turli 
davrlarda o‘qimishli, ziyoli, bilimdon kishilar dunyo ilm-faniga, umuminsoniy 
madaniyatiga salmoqli hissalarini qo‘shganlar. 
Ekspluatasiyaga asoslangan quldorlik, feodalizm, kapitalizm kabi sinfiy 
jamiyatlarda davrning o‘qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm-faniga, 
umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo‘shganlar. Gippokrat,
Demokrit, Platon, Arximed, Gegel, Marks, Engels; Sharqda ilk o‘rta asrlarda
musulmon dunyosi al-Kindiy, ar-Roziy, G‘azzoliy, Farobiy, Beruniy, Xorazmiy, 


Ibn Sino, Ibn Rushd (Averros), Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, 
Ahmad Yassaviy shular jumlasidandir. 
Kaykovusning "Qobusnoma", IV asrdagi hind faylasufi Beydaboning "Kalila va 
Dimna" asarlari, "Ramayana", "Maxabhorat" dostoni, Yusuf Xos Hojibning
"qutadg‘u bilig", Nosir Hisravning "Saodatnoma", Sa‘diyning "Guliston va 
Bo‘ston", Abdurahmon Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Mahbub ul qulub", 
Ahmad Donishning "O‘g‘illarga nasihat" bundan tashqari o‘tmishning "Chor 
darvesh", "Ming bir kecha", "Qur‘oni karim", "Hadisi sharif"dagi asarlarda ham 
juda katta, qimmatbaho va boy ma‘naviy-madaniy meros bo‘lib, sharq va 
g‘arb xalqlari ming yillar mobaynida bulardan bahramand bo‘lganlar. 
XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib Turkiston rus mustamlakachilari 
tomonidan bosib olindi. Bu davrda milliy-ma‘naviy merosga, madaniyatga past 
nazar bilan qarovchi shovinistik siyosat hukmron edi. Shunday bo‘lsada bu 
davrda Said Ahmad Siddiqiy (Samarqand), Furqat, Muqimiy, A. Donish, Avaz
O‘tar o‘g‘li, Hamza, Abdulla Avloniy (Toshkent), Ibrat, Fitrat, Behbudiy,
Munavvar qori, Cho‘lpon, qori Niyoziy va boshqalar bola tarbiyasiga oid ko‘plab
asarlar yozdilar, yoshlarni ilm-ma‘rifatli qilishga intildilar.
Ayniqsa, Abdulla Avloniyning 1913 va 1917 yilda ikki marotaba nashr 
qilingan "Turkiy guliston yohud axloq" asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar 
taraqqiyotini o‘rganishda katta ahamiyatga molikdir. 
Asarning "Yaxshi xulqlar" bobining birinchi qismi "Fatanat" atalib, Avloniy 
Fatanatni " Aql egasi bo‘luv demakdir" deb ta‘riflaydi, ayni zamonda Firdavsiy,
Nosir Xisrav, Rudakiy, Sa‘diy, A. Navoiy kabi Avloniy ham aqlga katta e‘tibor 
beradi. U ―Hukamolardan biri aqlning quli nafsning jilovini ushlasa, seni
yomon yo‘llarga kirishdan saqlar"- deb uqtiradi. 
Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma‘rifatga ega bo‘lish 
uchun badanni tarbiyalash zarur. Badanni sog‘lom va quvvatli bo‘lmog‘i 
insonga eng kerakli narsadir. Chunki o‘qimoq, o‘qitmoq va o‘rgatmoq uchun 
insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdir.
"Aql-deydi: u-piri komili, muroshidi yagonasidir. Ruh ishlovchi, aql 
boshlovchidir. Inson aql va idroki sohasida o‘ziga keladigan zarar va zulmlardan 
saqlanur, еr yuzidagi hayvonlarni asir qilib, bo‘ynidan boylab iplarining uchini 
qo‘llariga bergan insonlarning aqlidur". 
O‘zbekiston o‘z mustaqilligininng qo‘lga kiritgan hozirgi sharoitda 
qadriyatlarimizni tiklashga, tariximizni o‘rganishga, o‘zligimizni anglab etishga 
ahd qilgan va yosh avlod uchun xuddi mana shu durdona asarlar qo‘l kelishi 
muqarrardir. 
Dunyoqarash. Dunyoqarash faqat insongagina xos hususiyat bo‘lib, hayvonot 
dunyosi, boshqa narsa, buyumlar va mavjudot uchun bu hol yotdir, ularda ham 
dunyoqarash bo‘ladi, deb o‘ylash bema‘nilik bo‘lur edi. 
Avvalo ta‘kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turli kishilarda, kasb egalarida 
turlicha-to‘larok, mukammolroq, chuqurroq yoki yuzakiroq, chalaroq, sayoz va 
xomroq bo‘lishi mumkin. Bunda kishilar tomonidan oldingi ajdodlardan meros 
bo‘lgan ma‘naviy boyliklarni, bilimlarni va hozirgi mavjud bilimlarni o‘zlashtirish
darajalari muhim ahamiyatga egadir. 


Hozirgi sharoitda kishilarning ongi, dunyoqarashida yangicha fikrlash,
yashashni tarbiyalanmasa, mustaqillikning g‘oyasi, mazmuni va mohiyatini 
tushuntirilmasa, ko‘zda tutilgan natijaga еrishib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun hozirgi eng muhim dolzarb masala xalqning ongidagi eskicha
dunyoqarashni o‘zgartirish iqtisod, siyosat, madaniyat jabhalarida yangicha 
fikrlashni o‘rgatish, mustaqillikni mustahkamlash sharoitida o‘z haq-huquqlarini 
anglash va noxush holatlarni hayotga kirib qolmasligiga, unga qarshi kurashishga 
tayyor turadigan ilmiy dunyoqarashli shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. 
Oddiy kuzatish uy hayvonlariga, hatto vahshiy hayvonlarga ham xos bo‘lib, 
ular ham ovqat topib еyishni, o‘yini, egasini tanishni, xavf-xatardan qo‘rqishni 
biladilar. Bu hol shartli reflekslar yoki birinchi signal tizimlari deyilib, bunday
holat jonli kuzatish bo‘lib, odamlarga hayvonlarga ham bir xil ta‘sir qiladi. 
Tafakkur, fikrlash esa insonga xos bo‘lib-bu ikkinchi signal tizimidir. 
Aql har bir insonga xos tug‘ma hususiyat bo‘lib, miya sog‘ bo‘lsa, aql ham 
yaxshi ishlaydi, aksincha miya kasallangan bo‘lsa, aql past, zaif bo‘lib, aqli 
rivojlanmagan odamning yoshi katta bo‘lsa ham aqli yoshidan orqada qolib 
ketishi, tevarak-atrofni, dunyoni bilish, oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan
ilmlarni va mavjud bilimlarni o‘zinikiga aylantirib o‘zlashtira olishga qiynaladi. 
Chunki ilm va bilim bir xil narsa emas. Ilm mavjud bor, yaratilgan narsa, bilim 
esa kishi tomonidan bilib olinadigan, o‘ziniki qilib olinadigan narsadir. Aql, did 
va ilm nazariyaga; farosat, tamiz, bilim amaliyotga, tajribaga talluqlidir. 
Shuni anglamoq zarurki tafakkur va til haqidagi muammo bilish bilan 
chambarchas bog‘liq bo‘lib tasavvur, tushuncha, aql, idrok,tafakkur jami bir 
bo‘lib, ong degan pedagogik tushunchani beradi. 
Dunyoni bilishda ijtimoiy-tarixiy amaliyot, tafakkur va u bilan bog‘liq 
bo‘lgan til materialistik dialektikaning bilish nazariyasi uchun asosdir. 
Dunyoni bilish, idrok qilish tashqi dunyoni inson sezgilari orqali aks 
ettirishdan boshlanadi. 
Sezgi kishini o‘rab olgan moddiy dunyo predmet va hodisalarining 
ongimizda aks etishidir. 
Hissiy bilish sezgidan tashqari, hissiy qabul qilish va tasavvur kabi 
shakllarga ega bo‘lib, ular ham voqyea - hodisalarni chuqurroq bilishga xizmat 
qiladi. 
Shunday qilib, bilish, ilmiy dunyoqarash jonli kuzatishdan abstrakt 
tafakkurga va undan amaliyotga o‘tish orqali amalga oshadi. 

Download 2,82 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish