2.
O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy
qismlari.
Ilmiy dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida doim vorislik asosida
rivojlanadi. O‘tmish dunyoqarashlari yangi davr dunyoqarashining ildizini tashkil
etib, uni kerakli hayotbaxsh ozuqa bilan ta‘minlab turadi.
Har bir tarixiy davrning dunyoqarashi o‘ziga xos bo‘lib, mavjud tarixiy
davrda u yoki bu ta‘limotni nima uchun hukmron bo‘lganligini bilish uchun
oldingi davr dunyoqarashini, tarixini, rivojlanishini va uning o‘sha ta‘limot
qanday qilib shu holatga kelib qolganligini o‘rganmoq zarur. Demak, jamiyatda
yangicha tafakkur yuritmoq yangicha dunyoqarash, fikrlash uchun albatta
o‘tmishni bilish zarur, chunki yangicha tafakkur osmondan emas, balki
ajdodlardan meros qolgan vorislik asosida vujudga keladi.
Yoshlarni tarbiyalashda, ularni axloq-odobli, tartib-intizomli qilishga, ota-
onaga mehribon bo‘lishlarida, matonatli, chidamli, mehnatsevar,vatanparvar,
insonparvar bo‘lib shakllanishida mas‘uldir. Dunyoqarashning shakllanishida har
bir ota-ona ularni yoshlik chog‘idan sabr-toqatli, bardoshli,quntli, qanoatli
bo‘lishga o‘rgatmoqlari shartdir.
Kishining dunyoqarashini, fe‘l-atvorini mavjud muhit belgilar ekan, demak
yaxshi odamni kutish uchun shu muhitni yaxshi odam shakllanadigan yaxshi
muhitga aylantirish kerak.
Ilmiy dunyoqarash xususida gap borganda avvalo, o‘quvchilar, yoshlar,
unga zid, qarama-qarshi turgan diniy, fantastik, mifologik, ateistik va boshqa
g‘ayri ilmiy dunyoqarashlar borligi uchun ham ilmiy dunyoqarashni shakllantirish
zarurligini tushunmoqlari, bu haqda to‘g‘ri fikr yuritishni o‘rganmoqlari kerak.
Dunyoqarash dunyoni bilish orqaligina shakllanadigan juda murakkab
dialektik jarayondir. Bilish dunyoning turli tomonlari haqidagi turli fanlar bergan
ishlar orqali amalga oshadi. Shuning uchun ilmsiz kishilarda dunyo to‘g‘risida
ilmiy dunyoqarash bo‘lmaydi.
Dunyoqarash kishilarning olam va uning o‘zgarishi, rivojlanishi haqidagi
ilmiy, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy tasavvurlarning
yig‘indisidan iboratdir. Dunyoqarash ayrim kishilarning, ijtimoiy g‘ururning, sinf
yoki umuman jamiyatning faoliyati yo‘nalishini va voqyelikka munosabatini
belgilaydi. Ilmiy bilimlar dunyoqarash tarkibiga qo‘shilgach, insonning yoki
g‘ururning tevarak atrofidagi ijtimoiy va tabiiy borliqqa bevosita amaliy yo‘l
tutish maqsadiga xizmat qiladi.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in‘ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks
etadi va u muayyan tarixiy davrda insoniyat erishgan bilimlar darajasiga hamda
ijtimoiy tuzumga bog‘liq bo‘ladi.
Dunyoqarashning har bir turi o‘ziga xos hususiyatga egadir. Mifologiya
qadimgi jamiyatda keng avj olgan xalq og‘zaki ijodi-naql va afsonalarda
gavdalantirilgan voqyelikning fantastik in‘ikosidir.
Mifologik dunyoqarash tabiat kuchlarini jonlantirib xudolar, afsonaviy
qahramonlar tarzida, bir xil buyumlar sifatini ikkinchisiga ko‘chirish, ularni hissiy
obrazlar, alohida vujudlar shaklida tasvirlashga asoslanadi.
Mifologik tarzda fikrlovchi kishi har qanday o‘zgarishlar va jasoratlar
ko‘rsatishi, o‘zi uchun keng shakl maydoniga ega bo‘lishi mumkin va g‘ayri tabiiy
kuch haqida tasavvur borligi uchun unda din elementlari ham mavjud bo‘ladi.
Diniy dunyoqarashning o‘ziga xos hususiyati shundaki, u tabiiy va ijtimoiy
hodisalar mohiyatini ularning o‘zidan emas, balki tabiatdan tashqarida xudoning
qudratiga ko‘nikib hamma narsada va har еrda ilohiy kuchlarning ta‘siri,
mo‘jizaviy kuch bor deb tushuntiradi.
Din va diniy dunyoqarashga yaqin o‘tmishimizda bir tomonlama
yondoshilib, uning axloqiy munosabatlarni takomillashtirishdagi rolini to‘g‘ri
tushunilmay kelindi. Dinga qarshi kurashish paytida u bilan bog‘liq bo‘lgan rasm-
rusumlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy tarbiyadagi eng nozik va muhim
tomonlarimizni va boshqa milliy qadriyatlarimizni ham inkor qilib yuborildi.
Endi bu sohadagi xatoliklar tuzatilmoqda. Islom madaniyati jahon
madaniyatining ajralmas qismi ekanligi haqiqatligi anglanmokda.
Falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xos hususiyati, u dunyoni qanday bo‘lsa,
shundayligicha, hyech bir yot narsani aralashtirmay, uydirmalashtirmay,
mubolag‘asiz tushuntiriladi.
U kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri rivojlanishining eng umumiy
qonuniyatlari haqida bir butun yaxlit ma‘lumot berib, mifologiyadan farqli
ravishda insonni qurshab olgan moddiy olamni hyech kim tomonidan
yaratilmaganligini, abadiyligini, insoniyat jamiyati taraqqiyoti sabablari va
mohiyatini, o‘ziga xos hususiyatlarini va qonuniyatlarini to‘g‘ri, ilmiy asosda
tushuntirib beradi.
|