11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Pedagogik talab.
Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim metodlaridan
biridir. Talab turli vazifalarni bajarishi, ijtimoiy xulq-atvor mezonlarini 
ifodalashi, u yoki bu faoliyatda bajarilishi zarur bo‘lgan aniq bir vazifa sifatida
namoyon bo‘lishi, turli ko‘rsatma sifatida namoyon bo‘lishi, u yoki bu
harakatlarga undovchi bo‘lishi mumkin. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari 
O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga ehtiyoj, ya‘ni o‘z ustida ongli, batartib 
ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa 
bo‘ladi. O‘quvchilarni, ayniqsa, o‘rta va katta yoshdagilarni o‘z bilim va 
malakalarini mustaqil oshirishlariga yo‘llash kerak. 
O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘z-o‘zini idora qilish organlari 
faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy-faollik mavqyeini shakllantirishning 
ta‘sirchan vositasidir. O‘quvchilar o‘qishda, tarbiyada, dam olishda o‘z-o‘zini 
tarbiyalash metodlaridan foydalanadilar, o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va 
mustaqillikka undaydi. 
Maktabda o‘quvchilarning mustaqil faoliyati, ishi pedagogik jamoa bu ishga 
tayyor bo‘lsagina o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro chuqur hurmat, 
xayrihohlik, ishonch bo‘lgan sharoitdagina tashkil topishi mumkin. Barcha o‘z-
o‘zini idora qilish tashkilotlari o‘z faoliyati yuzasidan vaqti-vaqtida hisobot 
berib turishi, so‘z bilan ish birga saqlanishi, har kim huquqlari va vazifalarini
bajarishda ijtimoiy rag‘batlantirilishi e‘tiborda bo‘lishi kerak. 


O‘z-o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‘lganda, u o‘zini shaxs 
deb anglay boshlagach, amaliy ishlarda mustaqillik ko‘rsata boshlagan vaqtda 
paydo bo‘ladi. o‘z-o‘zini tarbiyalashda (axloqiy, jismoniy, hissiy-irodaviy va 
intelektual) maslahat va ko‘rsatmalar berilishi lozim. Bunda o‘quvchilarning 
o‘zlariga xatti-harakatlariga tanqidiy ruhda munosabatda bo‘lishga o‘rgatish juda
muhimdir. O‘quvchilar o‘zlari muayyan vaqtda belgilangan vazifalarni baholash 
uchun majburiyat oladilar va ularni kun tartibiga yozib qo‘yadilar.
Shundan keyin vaqti-vaqti bilan o‘zlari va ota-onalari oldida olgan 
majburiyatlarini bajarilishi haqida hisobot beradilar. Bu esa ularning o‘z xatti-
harakatlari uchun javob berishga, mas‘uliyatlarni his etishlari uchun yordam 
beradi.

Download 2,82 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish