to‘g‘ri kelgan. Lekin bu so‘ngi chora ekanligini xalq yaxshi tushungan.
Hozirgi
zamon ilmiy pedagogikasi qoralash va jazoni so‘nggi chora, aniqrog‘i kam
samara beradigan chora ekanligini isbotlagan.
Xalq pedagogikasining nodir namunalari, tarbiya metodlari va tarbiyaviy
ta‘sirlar muayyan vositalar orqali amalga oshirilgan. Mehmon kutish,
mehmonga borish,
turli mehnat jarayonlari, xasharlar, turli gurunglar (choyxona,
to‘y marosimlari) sayllar, turli nishonlashlar (tug‘ilgan kunni nishonlash, yigitlar
bazmi, qizlar bazmi), musobaqalar, turli marosim va boshqalar o‘ziga xos tarbiya
vositasi vazifasini bajargan.
Inson qalbiga bugun ekilgan yaxshilik urug‘i oradan o‘n yillar o‘tgach unib
chiqadi, buni ilmiy asoslab oldindan ko‘ra bilish kerak.
Tarbiya metodlarini o‘rganish,
tahlil qilish, bu metodlardan pedagogik
jarayonda foydalanish ko‘nikma va malakalarni egallashni osonlashtirish uchun
ularni shartli ravishda bir necha guruhga bo‘lib olamiz: ijtimoiy ongni
shakllantiruvchi
metodlar, faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq va tajribalarni
shakllantirish metodlari, o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari hamda rag‘batlantirish
usullari, jazolash metodlari.