• O‘z-o‘zini baholash.
  • Rag‘batlantirish va jazolash metodlari
  • 11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/220
    Sana16.05.2024
    Hajmi2,82 Mb.
    #237780
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   220
    Bog'liq
    11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

    O‘z-o‘zini tahlil qilish.
    O‘z shaxsini tahlil qilishga, xatti-harakatlari haqida 
    o‘ylashga o‘rgatadi. 
    O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun o‘quvchi o‘zining yurish-turishi, intizomi, 
    ijobiy odatlarini ortib borish va aksincha, salbiy odatlarni kamayib borishi haqida 
    muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi. 
    O‘z-o‘zini baholash.
    O‘quvchining qobiliyatini o‘z kuchi bilan yuzaga 
    chiqishiga yordamlashish zarur. O‘z-o‘zini baholash qiyin, lekin o‘quvchini bunga 
    еtarli tayyorlash mumkin. Buning uchun irodali bo‘lishi, o‘zining o‘quvchilik 
    ijtimoiy burchini tushunishi, o‘qish va tarbiya olish uchun sabablar, motivlar 
    asos bo‘lishi, ya‘ni tahsil va tarbiyalanishni hohlashi, o‘zini o‘rtoqlarining, yaqin 
    kishilarining ko‘zi bilan ko‘rish va o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim. 
    O‘z-o‘zini baholash o‘quvchi uchun o‘zining imkoniyatlarini hisob-kitob 
    qilish, baholash, o‘ziga chetdan turib holisona baho berish, o‘zidan qoniqish hosil 
    qilishda yordam beradi. 
    Rag‘batlantirish va jazolash metodlari 
    O‘qituvchi bolalarning har biri o‘sib, ulg‘ayib, kamol topib borayotganidan 
    xursand bo‘layotganini sezishi kerak. Faqat shundagina bola o‘zining olg‘a siljib 
    borayotganini ko‘ra biladi, o‘z-o‘ziga, o‘z kuchiga ishonadi. Uni hurmat qilishadi, 
    unga ishoniladi, unga quloq solishadi,u jamoaga kerak, u o‘qituvchini
    qiziqtiradi, ular bir-birlariga ishonadilar. Bunga erishish uchun rag‘batlantirish 
    usulidan foydalanish lozim.Chunki rag‘batlantirish bolaga ishonishga, unda 
    bo‘lgan qobiliyat va fazilatlarning kuchini e‘tirof etishga asoslangan. 
    Rag‘batlantirish o‘quvchining ko‘nglini ko‘taradi, quvonch keltiradi, yanada
    yaxshiroq bo‘lishga intilishga yordam beradi. Maktablar tajribasida 
    rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llanadi:
    1. O‘quvchining kuchi etadigan, mas‘uliyatli topshiriq berish orqali bolaga 
    ishonch bildirish; bunda o‘quvchi o‘z qadr-qimmati bilan faxrlanadi; 
    2. Maqtash (ota-onalar, bolalar jamoasi oldida); 
    3. Esdalik sovg‘asi (kitob, ruchka, o‘quv asbobi va boshqalar); 
    4. Maqtov yorlig‘i berish; 
    5. Stipendiya bilan taqdirlash; 
    6. Hurmat taxtasiga fotosuratni qo‘yish; 
    7. Ma‘suliyat va jamoaning minnatdorchiligi; 
    8. Safda birinchi o‘rinda turish; 


    9. Musobaqalarda bayroq ko‘tarish; 
    11. Gazeta-jurnal va radio-televidiniyelarda e‘lon berish. 
    Har qanday rag‘batlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda 
    qo‘llanishi lozim. Ya‘ni rag‘batlantirish haqiqiy xizmatga muvofiq bo‘lishi, 
    ketma-ket bo‘lmasligi, haddan oshirib maqtash, boshqa o‘quvchilarga taqqoslab, 
    ularni kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, rag‘batlantirishga bo‘lgan talabchanlikni 
    bo‘shashtirmaslik va hokazo. 
    Jazolash-bu tarbiyalanuvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho 
    berishdir. 
    Jazo ham o‘quvchining va butun sinf manfaati uchun qo‘llanadigan oxirgi 
    tarbiya metodi. Jazo choralarini qo‘llashda jismoniy jazo: urish, kaltaklash 
    mumkin emas, bolani qo‘rqitish, g‘azablantirish ham yaxshi natija bermaydi, 
    o‘quvchi qo‘rqqanidan yolg‘on gapirishga o‘rganadi, ikkiyuzlamachi bo‘lib 
    qoladi. 
    Maktablarda qo‘llashi mumkin bo‘lgan jazo choralariga quyidagilar kiradi: 
    Tanbeh berish eng еngil jazo chorasidir. O‘qituvchi bolaga yuzma-yuz turib 
    tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin. 
    Ogohlantirish-noma‘qul xatti-harakatlarning oldini olish uchun qo‘llaniladi. 
    Hayfsan berish-agar tanbeh va ogohlantirish kutilgan natijani bermasa, 
    o‘quvchi belgilangan intizomni buzaversa, o‘quvchining aybi qay darajada va 
    uning intizomni qanday sharoitda buzganini e‘tiborga olib, unga hayfsan e‘lon 
    qilish mumkin. 
    Uyaltirish-qizartirish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus, 
    sharm-hayodir. Odatda odamda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo 
    o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni
    tarbiyalashda shu hislarni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb 
    uyaltiraverish va qizartiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida
    foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin. 
    Jazo yaxshi o‘ylab qo‘llanishi lozim, qiziq ustida tinimsiz jazolash ham 
    mumkin emas. Jazolar yakka harakterli, ya‘ni bitta bo‘lsin, o‘quvchilarning aybiga 
    mos, muvofiq bo‘lsin, tez-tez qo‘llanilmasin, jazolanuvchi ongida jazoni haqqoniy 
    ekanligi aniq bo‘lsin va ular o‘z ayblarini sezsinlar. Jamoada muhokama qilish va 
    jamoa tomonidan qo‘llab-quvvatlangan jazo berilsa, uning ta‘sir kuchi yana
    oshadi. Barcha hollarda ham jazo tarbiyalanuvchining jismoniy va ruhiy azob-
    uqubatlarga solmasligi, uni taxqirlamasligi, sha‘nini bukmasligi kerak. 
    Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida ta‘riflab berilgan tarbiyaning
    umumiy metodlari o‘quvchilarga pedagogik ta‘sir ko‘rsatish metodlarini 
    hammasini qamrab olmaydi. 
    Pedagogika fani va amaliyoti har doim rivojlanib boradi, shuning uchun tarbiya 
    jarayoni ham takomillashib boraveradi. 
    Tarbiyaning metodini muvaffaqiyatli qo‘llanishiga, bu metod mazkur sinf 
    jamoasining tarbiya tizimidan qanchalik o‘rin olganiga, qo‘llanilayotgan tarbiya 
    vositalari qanchalik javob berishiga bog‘liqdir. 

    Download 2,82 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   220




    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

    Download 2,82 Mb.
    Pdf ko'rish