Ayni paytda Respublikada ma‘muriy javobgarlikka sabab
bo‘layotgan huquqbuzarlik holatlari onda-sonda bo‘lsa ham, davom еtmoqda va
ular barham topgan emas. Bunday xollarga batamom barham berish uchun
qonun kuchidan, huquqiy tarbiyaning ta‘sir ko‘rsatish vositalaridan, keng
jamoatchilik yordamidan еtarlicha foydalanilayotgani yo‘q. Huquq tartibotining
har qanday buzilishlarini batamom yo‘qotish, qonunchilikni buzish xollariga
befarq bo‘lmaslik umumxalq ishi bo‘lib, ular yoshlarga huquqiy tarbiya berish
orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiyani esa bolaning yoshlik chog‘idan
boshlash lozim.
Chunki yoshlar bizning kelajagimiz, davlatimizning tez kunlardagi haqiqiy
fuqarolaridir. Kelajak avlodning huquqiy; ma‘naviy kamol topishi hukumatning
muntazam g‘amxo‘rlik qilishi ham shu boisdandir.
O‘quvchilarga yuksak fuqarolik va ma‘naviy sifatlarni singdirishdek
bag‘oyat zarur masalani to‘g‘ri va muvaffaqiyatli hal qilishda tarbiyaning
barcha omil va vositalaridan, pedagogik ishning barcha usullaridan, oqilona,
maqsadga muvofiq foydalanish, hyech shubxasiz, o‘zining samarali natijalarini
beradi.
Har bir pedagog ta‘lim bilan tarbiya birligiga, ta‘lim berib tarbiyalash va
tarbiyalab ta‘lim berishga jiddiy e‘tibor berishi lozim.
Xususan, o‘quvchi va yoshlarga huquqiy tarbiya berishda, ularda yuksak
fuqarolik xis-tuyg‘ularini, sifat va xislatlarini tarkib toptirishda ta‘lim va
tarbiya birligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabda o‘qitiladigan har bir
fanning o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu
imkoniyatlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanish o‘qituvchining bilim, tajriba
va mahoratiga, ijodiy ishlashi, izlanishiga bog‘liqdir.
Ta‘limiy va tarbiyaviy omil va vositalar ko‘p. Shulardan biri davlat
ramzlaridan darslarda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘rinli foydalanishdir.
Hozirgi kunda maktab o‘quv dasturlarida mavjud bo‘lgan "Milliy istiqlol g‘oyasi",
"Tarix", "Davlat va huquq asoslari", "Geografiya" darslarida va sinfdan tashqari
tarbiyaviy ishlarda davlat ramzlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.