O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berishda Davlat ramzlaridan




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

2. O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berishda Davlat ramzlaridan 
foydalanish.
Davlat ramzlari muayyan millat, elat etnopsixologik 
hususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadini,
hududiy, siyosiy, ijtimoiy birlik mohiyatini ajratishga xizmat qiluvchi 
tasviriy belgilar majburiydir. 
Muayyan Davlatning bayrog‘i, Gerb (tamg‘asi) hamda madhiyasi davlat 
ramzlari majmuini ifodalaydi. 
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy mazmunni ifoda 
еtadi. Davlat ramzlarida (bayroq, gerbda) tasvirlangan ranglar, tasvirlar shu 
xalq, millat o‘tmishi, qadim an‘analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, 
maqsadi, g‘oyalarini ifodalashga xizmat etadi. Davlat madhiyasi esa xalq, 
millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi, g‘oyalarini tarannum 
еtiladi. 
Davlat ramzlari davlat mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilardan sanaladi. 
Ramzlar bu shartli belgilar bo‘lib ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u 
yoki bu hodisa, olam, mavjudot,odamlar tasvirini, ularning qarashlarini 
ifodalagan. 
Respublikamizda davlat mustaqilligining e‘lon qilinishi mustaqillikni aks 
ettiruvchi ramzlarni ishlab chiqishni taqozo etdi. Shu munosabat bilan 1990 
yil 30 martda "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi 
qaror qabul qilindi va bu borada ishlar boshlab yuborildi. 
O‘zbekiston Oliy Majlisining 1992 yil 8 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI-
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilindi. Ta‘lim 
muassasalarida fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga 
davlat ramzlari ularning mohiyati orasidagi ma‘lumotlarni berish, ularning 
ongiga davlat ramzlarining xalq, millat or-nomusi, sha‘ni, qadr-qimmati 
timsoli ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni singdirish orqali
 
o‘quvchilarda ularga 
nisbatan hurmat tuyg‘usini qaror toptirishi kabi vazifalarni ijobiy hal etish 
maqsadga muvofiq sanaladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
Madhiyasining quyidagi matni o‘quvchilar tomonidan nafaqat yod olinishi, 
balki madhiyada ifoda etilgan fikrlar mazmunini chuqur tahlil eta olish 
layoqatining namoyon etilishi borasida shart-sharoitlarni yaratib berish ta‘lim 
muassasalari jamoasi, ularning rahbariyati oldidagi asosiy vazifalardan biridir. 
Davlat madhiyasi kabi uning bayrog‘i, gerbi (tamg‘asi) ham jahon 
miqyosida mavjud bo‘lgan muayyan davlatning o‘z xalqi, millati nomidan 
faoliyat yuritish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i to‘rt xil rangda bo‘lib, 
ko‘k, oq, qizil yashil ranglardir. Oq rang qizil rang bilan hoshiyalangan. 


Respublika bayrog‘ida yurt tarixi, o‘zbek xalqining milliy ruhi va yurt 
tabiati jamoli aks ettirilgan. Bayroqning chap tomoni yuqori qismidan yarim 
oy va 12 yulduz tasviri tushurilgan. Ko‘k rang va yulduzlar tasviri tiniq, moviy 
osmon belgisidir. O‘rtadagi oq rang esa yorug‘ kun va pokiza, oq ko‘ngilli
xalqimizning tilagi, qizil hoshiyalar esa tomirlarda urayotgan qon kabi 
tiriklik va hayot ramzidir. Yashil rang esa qadim-qadimdan tabiat belgisi, oy 
(yangi oy) tasvirining berilishi mustaqillik sharoitida hayot kechirish xalqimiz 
uchun o‘ziga xos yangi davr ekanligi ifodasidir. Yulduzlar sonining 12 
taligi yil oylariga muchal hisobiga isbotdir.
Milliy bayrog‘imizning huquqiy maqomi, "O‘zbekiston Respublikasining 
davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi ma‘lumotlarni o‘quvchilarga etkazish sinf 
soatlarida, shuningdek, tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida amalga 
oshiriladi. 
Bayroq davlat mustaqilligining belgisigina bo‘lmay, u Respublikamiz 
nomini xalqaro maydonda ramziy ifoda etish uchun ham xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet ellik mehmonlar Respublika 
bayrog‘ini hurmat qilishlari shart.
Davlat ramzlarining yana biri - bu davlat gerbidir.O‘zbekiston 
Respublikasi davlat gerbining qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
gerbi to‘g‘risida"gi qonun g‘oyalari hamda xalqimizning ming yillik boy 
tajribasiga asosan amalga oshirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbida tog‘lar, daryolar, bug‘doy 
boshoqlari (chap tomonda), ochilgan g‘o‘za shoxlarining (o‘ng omonda) 
gulchambar holidagi tasviri aks ettirilgan. Gerb o‘rtasida serquyosh yurt 
ramzi bo‘lgan quyosh o‘zining zarrin nurlarini sochib turibdi. Gerbning 
yuqorigi qismida Respublika mustaqilligining ramzi sifatida sakkiz burchak 
tasvirlangan bo‘lib, uning ichida yarim oy (yangi oy-yangi tuzum) va yulduzlar 
(adabiyot timsoli) joylashtirilgandir. Gerbning markazida baxt va erksevarlik 
ramzi bo‘lgan kumush rangli Humo qushi qanotlarini yozib turgan holda 
tasvirlangan. Humo qushi insonga baxt keltiruvchi, uni turli ofatlardan himoya 
qiluvchi, mehribon jonzot sifatida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida keng t alqin 
etib kelingan. Gerbning pastki markaziy qismida Davlat bayrog‘i ranglaridagi 
chambar lenta o‘zagida " O‘zbekiston" so‘zi yozilgan. Gerbda ifoda еtilgan
sakkiz qirrali burchak mujassamdir. Ushbu belgi ijtimoiy hayotning 
barcha jihatlarini ma‘lum bir g‘oya, kuch birlashtiradi degan ma‘noni 
anglatishga xizmat qiladi. Paxta va bug‘doy boshoqlarining tasviri rizqu - 
ro‘zimiz nishonasidir. 
Davlat gerbining huquqiy maqomi ham maxsus qonun bilan qo‘riqlanadi. 
Davlat Gerbidan foydalanish huquqi maxsus davlat hokimiyati va boshqaruvi 
idoralariga berilgan bo‘lib, ularga O‘zbekiston Prezidenti Devoni, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Oliy 
Majlisi, 
davlat 
hokimiyati 
va 
boshqaruvining mahalliy idoralari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, barcha 
toifadagi sudlar, prokratura, diplomatik va konsullik vakolatxonalari kiradi. 


Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhirlar, hujjatlarning blankalari 
ulardan foydalanish va saqlash, yo‘qotish tartibi Respublika Vazirlar 
Mahkamasining maxsus hujjati asosida tartibga solingan. 
Davlat gerbi, shuningdek, fuqarolik pasportida, korxona, tashkilot 
muassasalarining ish qog‘ozlar muhrlarida, Respublikada shaxs sifatida 
o‘z sha‘ni or-nomusini qanchalik muqaddas bilsa, fuqaro sifatiga davlat 
ramzlarini shu qadar muqaddas bilishi, uni asrash, muhofaza qilish uchun 
o‘zida mas‘ullik tuyg‘usini qaror toptirishi lozim. Fuqarolik tarbiyasini 
yo‘lga qo‘yish jarayonida davlat ramzlaridan noqonuniy hamda ahloqsiz 
ravishda foydalanayotgan kimsalarga nisbatan murosasiz bo‘lish
lozimligining uqtirib borish maqsadga muvofiqdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov "O‘zbekistonning 
o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li" nomli asarida shunday yozadi: 
"O‘zbekistonning yangilanish va rivojlanish yo‘li to‘rtta asosiy negizga 
asoslanadi". Bu negizlar: 
-
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; 
-
xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va 
rivojlantirish; 
-
insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
-
vatanparvarlik. 
Fuqaro tarbiyasining asoslaridan biri millat, xalq ular mazmunini 
o‘rganish orqali, milliy o‘zlikni anglashni qaror toptirish ishi sanaladi. 
Shaxs ham, jamiyat ham o‘tmishni o‘rganish, uning ha r bir bosqichini 
tahlil qilish asosida kelgusi hayot rejasini ishlab chiqadi. «O‘tmishsiz kelajak 
bo‘lmaydi» - mazkur shior erkin, mustaqil ravishda taraqqiyot yo‘lidan 
borayotgan Respublika hayotining bosh shioriga aylanishi lozim. O‘tmish
mutafakkirlarining qarashlari, boy ma‘naviy meros g‘oyalari bugungi avlod 
uchun dasturi amal bo‘lishi lozim. 
Allomalar xalq qahramonlari hayotini o‘rganish, millat va shaxsga inson 
sifatida kim ekanligini anglab etishga yordam beradi. 
Milliy 
qadriyatlar 
g‘oyalarini o‘rganish, asrlar davomida 
ardoqlanib kelgan an‘ana, urf-odat, marosimlar nima uchun millatni bu 
qadar jipslashtirib qo‘yganligi siridan voqif etadi. Fuqarolik tarbiyasi negizida
xalq o‘tmishi, tarixini o‘rganish milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga 
yo‘naltirilgan faoliyatga o‘quvchilarni jalb etish pedagogika fani, tarbiyada 
ko‘zlangan maqsadga eltuvchi yo‘l sanaladi. 
O‘quvchilarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash ularda fuqarolik tuyg‘usini 
qaror toptirish, fidoiy fuqaro sifatida shakllantirish bilan ta‘minlanadi. 
O‘quvchilarda fuqarolik hissi va e‘tiqodini tarbiyalamay turib, ularda ahloqiy,
xulqiy odatlarni, malakalarni hosil qilib bo‘lmaydi. 
Fuqarolik 
tuyg‘usini 
qaror 
toptirish 
murakkab 
jarayon. 
Bunda dastlab bolalarga fuqarolik mohiyati va qoidalari mazmuniga oid 
bilimlar beriladi. Avvalo o‘quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqida 
tushuncha beriladi, bu xildagi xulqda, xatti-harakatlarga oid namunalar keltiriladi, 


so‘ngra faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida fuqarolik tushunchalari vujudga 
keladi va fuqarolik xulqiy odatlar hosil qilinadi. 
O‘quvchiga fuqarolik tushunchalari badiiy va ilmiy adabiyotlar, matbuot 
yangiliklari, kino fil‘m, spektakl g‘oyalari, turli suhbatlar mazmunini tushuntirish, 
targ‘ib еtib borishi orqali singdiriladi. Fuqarolik tuyg‘usini bolalarda 
maktabgacha tarbiya yoshidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Buning uchun 
"Respublika bayrog‘ida nimalar aks ettirilgan?", "Respublika gerbidagi Humo 
qushi nimaning ramzi?", "men davlat madhiyasini bilamanmi?" kabi mavzularda 
suhbatlashishi g‘oyat muhimdir. 
O‘quvchiga fuqaro sifatida o‘z xulq - atvori mazmunini tahlil etish
imkonini berish lozim. Ya‘ni, "Bugun xalq farovonligi vatan taraqqiyoti
uchun nima qila oldim?", zimmamdagi burchni qanday ado etdim?" 
tarzidagi savollarga javob topishga o‘rgatish kerak. 
O‘quvchilarga o‘qish, a‘lo baholarga o‘zlashtirish, o‘z tafakkuri va 
dunyoqarashini shakllantirish bolada fuqarolik burchini ado etish imkonini
ekanligini tushuntirib borish zarur. Fidoiylik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, 
qat‘iyat, matonat, uyushqoqlik kabi xislatlar fuqarolik tarbiyasini olib borish 
jarayonida yuzaga keladi. 
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma‘lum shart sharoitlar 
taqozo еtiladi. Bular; 
1) maktabdagi ta‘lim - tarbiya jarayoni yuksak darajada 
uyushtirilishi kerak; 
2) fuqarolik tarbiyasi jarayonining muvaffaqiyati o‘quvchilar va 
o‘qituvchilar jamoasining saviyasiga bog‘liq; 
3) tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish; 
4) oila maktab va mahallalarda o‘zaro hamkorlik va 
hamjihatlilikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasi muvaffaqiyatini 
ta‘minlaydi; 
5) o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me‘yorlar, umumiy
tartibga rioya qilishga o‘rgatish. 
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma‘ruza, 
baxslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollariga javob olish kabilar 
yuksak natijaga olib keladi. 
Fuqarolik tarbiyasida uning natijasini hisobga olish 
muhim 
ahamiyatga ega. Bunda bolaning tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi. 
Ushbu maqsadga diagnostika (tashxis qo‘yish), statistik, qiyosiy tahlilini 
o‘tkazish lozim. 
Ijtimoiy – fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol 
topgan fuqaro o‘zida quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim: 
- fuqarolik 
burchini bajara olishi (o‘z vatani, xalqi, ota- 
onasi oldidagi qarzni xis eta olishi) qobiliyatiga egalik; 
- milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usiga ega bo‘lish; 
-davlat Konstitusiyasi,davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti 
hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya) ga nisbatan hurmatda 
bo‘lish; 


-
mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, 
mas‘ullik; 
-
ijtimoiy-huquqiy hamda ahloqiy me‘yorlarga nisbatan hurmat va itoatda 
bo‘lish; 
-
mamlakat milliy boyliklari; 
- milliy davlat - tili, madaniyati va an‘analariga 
nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ularni asrash; 
-
ijtimoiy faollik; 
-
demokratik tamoyillarga amal qilish; 
- tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va ma‘suliyatli munosabatda 
bo‘lishi; fuqarolarni huquq va burchlarini hurmat qilish
-
huquqiy ong 
va 
fuqarolik 
madaniyatga 
ega 
bo‘lish; 
-to‘g‘riso‘z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo‘lish; 
- o‘z faoliyati va xatti-harakatiga nisbatan mas‘uliyatli bo‘lish; 
- baynalminallik, 
o‘zga 
mamlakatlar, 
xalqlarga 
nisbatan 
hurmatda bo‘lish va boshqalar. 

Download 2,82 Mb.
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berishda Davlat ramzlaridan

Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish