Ta‘limning uzluksizligi va izchilligi




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/220
Sana16.05.2024
Hajmi2,82 Mb.
#237780
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   220
Bog'liq
11-Mavzu Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari

Ta‘limning uzluksizligi va izchilligi 
Xalq ta‘limi muassasalarida berilayotgan ta‘lim va tarbiya uzluksiz (ya‘ni bir-
birini to‘ldiradi) o‘zaro bog‘liq. Har bir ta‘lim bosqichi o‘quv reja va dasturlari 
asosida keyingi ta‘lim turlariga moslangan va davomiyligini ta‘minlaydi. Bu o‘z 
navbatida bir maktabdan ikkinchisiga, bir oliy o‘quv yurtidan ikkinchi oliy o‘quv 
yurtiga ko‘chib o‘tish imkoniyatini yaratadi. Ta‘lim o‘quv rejasi va dasturi, Davlat 
ta‘lim standartlari asosida tizimli, izchil tashkil etiladi. 
Umumiy o‘rta, shuningdek o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining majburiyligi 
1930 yilda boshlang‘ich, 1949 yilda etti yillik, 1958 yilda sakkiz yillik, 1970 
yilda o‘rta umumiy majburiy ta‘limga asos solindi. 1984 yildan boshlab, o‘n bir 
yillik majburiy ta‘limga o‘tildi. 
Mustaqillik sharofati bilan mazkur masalada ham o‘zgarish sodir bo‘ldi. Yangi 
qonun umumiy o‘rta (I-IX sinf) ta‘lim, ya‘ni IX sinf va keyingi uch yillik o‘rta 
maxsus, kasb-hunar (lisey yoki kollej) ta‘limini majburiy deb tasdiqladi. 
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limining yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-
hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi 
Qonun yosh avlodni qiziqishlari, iste‘dodi, imkoniyatlarni hisobga olgan 
holda hayotda o‘z yo‘lini tanlashiga keng imkoniyat yaratdi. Oliy o‘quv yurtlari 
qoshida tashkil etiladigan, akademik litseyda o‘qish yoki kasb-hunarga 
moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko‘nikmalarini chuqur rivojlantiradigan, 
tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash 
imkonni beradigan kasb-hunar kollejlarida o‘qishni tanlash ixtiyoriydir. 
Ta‘lim tizimining dunyoviy harakterda ekanligi. 
Respublikamizdagi barcha ta‘lim muassasalarida dunyoviy bilimlar beriladi. U 
ilmiy asoslarga ega bo‘lib, fan, texnika, madaniyat va ma‘rifatning eng yangi 
muvaffaqiyatlari va inson aql-zakovati haqida ilmiy bilimlar beriladi. Ular 
o‘quvchilarni obyektiv dunyoni bevosita bilish, ular haqida xaqqoniy fikrlash, 
tegishli xulosalar chiqarish, o‘zining jamiyatda tutgan o‘rni va vazifalarini aniqlab 
olishga, biron bir kasbni ongli egallashlariga yo‘naltirilgandir. 
Davlat ta‘lim standartlari doirasida ta‘lim olishning hamma uchun ochiqligi 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 41-moddasida shunday 
deyilgan: «Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat 
tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir». 42-moddada: «Har 
kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish 
huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy 
rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi» deyilgan. 
Ta‘lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv 


Bu printsip o‘quvchilarning iste‘dodi, qobiliyatini hisobga olgan holda 
tabaqalashtiradi (biror bir fanga chuqurlashtirilgan yoki ayrim nuqsonlarni bartaraf 
etishga qaratilgan dastur). Olib boriladigan ta‘lim-tarbiyaviy ishlar yosh avlodni 
ma‘naviy boy, ruxan tetik, jismonan baquvvat, axloqan pok, tafakkuri keng va 
mehnatsevar bo‘lib voyaga еtishi uchun barcha moddiy va ma‘naviy sharoit 
hozirlaydi. 
Bilimli bo‘lishni va iste‘dodni rag‘batlantirish 
Ta‘lim-tarbiya muassasalarida ta‘lim olayotgan bilimdon va iste‘dodli 
o‘quvchilarni rag‘batlntirish ko‘zda tutilgan. Respublikamiz tajribasida bilimdon, 
iste‘dodli o‘quvchilar uchun stipendiya, turli ko‘rinishdagi maqtov yorliqlari, 
moddiy yordam shakllari tashkil etilgan. O‘quvchilar turli tanlov, konkurslarga 
qatnashadilar va bilimlarini namoyish qiladilar. G‘oliblar taqdirlanadi va xatto oliy 
o‘quv yurtiga imtihonsiz kirish, biror kasb bo‘yicha guvoxnomalarga ega bo‘lish 
huquqlariga egadirlar. 
Ta‘lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish 
Ta‘lim muassasasi mustaqil yuridik shaxs bo‘lib, qonunlarda belgilangan 
tartibda barpo etiladi. Ta‘lim muassasasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan
boshlab, yuridik shaxs huquqini qo‘lga kiritadi. 
Ta‘lim muassasalariga muayyan maqom (gimnaziya, litsey, kollej, oliy o‘quv yurti, 
akademiya va shu kabilar) berilishi, ta‘limni boshqarishga tegishli idoralar 
tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Ta‘lim muassasalari o‘zaro bitim 
tuzishga, o‘quv tarbiya komplekslari va o‘quv, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari 
va uyushmalari tarkibiga kirishga xaqlidirlar.Bunday kompleks va birlashmalar 
tarkibiga kiruvchi muassasalarning vazifalari, huquqlari va majburiyatlari 
nizomlarda belgilanadi. 
Xalq ta‘limi tizimidagi ta‘lim-tarbiya muassasalariga tavsif 
O‘zbekiston Respublikasida ta‘limning yagona tizimi (11-18 modda) amal qilib, u 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
1. Maktabgacha ta‘lim; 
2. Umumiy o‘rta ta‘lim; 
3. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi; 
4. Oliy ta‘lim; 
5. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim; 
6. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; 
7. Maktabdan tashqari ta‘lim; 
8. Oiladagi ta‘lim va mustaqil ravishda ta‘lim olish; 
Ta‘lim tizimida o‘quv rejalari va dasturlari, ta‘lim bosqichlari va 
shakllarining izchilligi, ta‘limning standartlariga mos kelishi ta‘minlanadi. 

Download 2,82 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   220




Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta‘limning uzluksizligi va izchilligi

Download 2,82 Mb.
Pdf ko'rish