ko‘nikmalarini,
ilmga
muhabbat
qo‘yishni
o‘stirishdan,
salomatligini
mustaxkamlashdan iboratdir.
Umumiy o‘rta ta‘lim
Umumiy o‘rta ta‘lim bosqichlari quyidagicha:
- boshlang‘ich ta‘lim (I-IV sinflar);
- umumiy o‘rta ta‘lim (V-IX sinflar);
Boshlang‘ich ta‘lim umumiy o‘rta ta‘lim olish uchun zarur bo‘lgan
savodxonlik bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir.
Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadi.
Umumiy o‘rta ta‘lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash,
tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki
tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta‘limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam
beradi. Bolalarning qobiliyati, iste‘dodini rivojlantirish uchun ixtisoslashtirilgan
maktablar tashkil etilishi, o‘quvchilar tanlovi bo‘yicha kurslar joriy etilishi va
fanlar chuqur o‘rgatilishi mumkin. Bunday kurslarning dasturlari umumta‘lim
muassasalari tomonidan tasdiqlanadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limi olish maqsadida har kim umumiy o‘rta
ta‘lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qitishning
yo‘nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega.
Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlari egallagan kasb-hunar bo‘yicha
ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta‘limni navbatdagi bosqichda
davom ettirish uchun asos bo‘ladigan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta‘limini beradi.
Akademik litsey o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni,
ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini
ta‘minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus o‘quv yurtidir.
Kasb-hunar kolleji o‘quvchilarining kasb-hunarga moyilligi, mahorat va
malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha
ixtisos olishni ta‘minlaydigan uch yillik o‘rta maxsus kasb-hunar o‘quv yurtidir.
Oliy ta‘lim
Oliy ta‘lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta‘minlaydi. Oliy
ma‘lumotli mutaxassilar tayyorlash oliy o‘quv yurtlarida (institutlar va oliy
maktabning boshqa ta‘lim muassasalari universitetlar, akademiyalarda) o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta‘limi asosida amalga oshiriladi.
Oliy ta‘lim ikki bosqichga: davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi oliy
ma‘lumot to‘g‘risidagi hujjatlar bilan dalillanuvchi bakalavriat va magistraturaga
ega.
Bakalavriat oliy ta‘lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha puxta bilim beradigan,
o‘qish muddati kamida to‘rt yil bo‘lgan tayanch oliy ta‘limdir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida ikki yil
davom etadigan oliy ta‘limdir. Fuqarolar ikkinchi va undan keyingi oliy
ma‘lumotni shartnoma asosida olishga xaqlidirlar.