• Infratuzilma muassasalarining maqsadi
  • Tadbirkorlik infratuzilmasi
  • Tadbirkorlik infratuzilmasining asosiy vazifalari




    Download 60,32 Kb.
    bet2/15
    Sana04.06.2024
    Hajmi60,32 Kb.
    #259908
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    11 мавзу БЖЛ (1)

    Tadbirkorlik infratuzilmasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash.

    • Tadbirkorlik dangalchiligini sug‘urtalash.

    • Tovarlar tashilishini tahminlash.

    • Tadbirkorlarni ro‘yxatga olish.

    • Bitishuvlarni ruyxatga olish.

    • Tadbirkorlar manfaatlarini xukukiy ximoyalash.

    • Tadbirkorlar extiyojiga konsalting, injiniring, auditor, loynxa-smeta xizmatlarini ko‘rsatish.

    Infratuzilma muassasalarining maqsadi: axborot, maslaxat, o‘qitish, bashorat taxlil, ilmiy-texnika, moliyaviy (kredit resurslari) xizmatlar bilan taominlash orqali kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun ijobiy shart-sharoit yaratish va amalga oshirishdan iborat.
    Kichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzilmasi, ya’ni infratuzilma muassasalari kichik biznes subektlarining tovar va xizmatlar bozori, pul bozori, mexnat resurslari bozori, kapital bozori, shuningdek, bank tizimi, nobank moliyaviy institutlar tizimi, ulgurji vositachilik tuzilmalari, konsalting va auditorlik xizmatlari bozori, mexnat birjalari va boshqa qancha muassasalar bilan bo‘ladigan o‘zaro aloqalarini taominlaydi. Hozir bozor infratuzilmasini yanada rivojlantirish zarurati bor, chunki bu siz bozor iqtisodiyoti ishlab keta olmaydi. Bozor infratuzilmasi bozorning barcha turlariga, chunonchi, tovar bozori, moliya bozori va mehnat bozoriga xizmat ko‘rsatadi. Bozor infratuzilmasini birdaniga yaratib bo‘lmaydi. U ancha uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, yuksak mahoratga ega malakali kadrlar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subektlar ham, xo‘jalik faoliyatining yangi sharoitlariga ruxan moslashishini talab etadi.
    O‘zbekistonda tadbirkorlikni tashkil etish, amalga oshirish. rivoj­lantirish, qo‘liab-quvvatlashda tadkbirkorlik infratuzilmasi katta rol o‘ynaydi. Tadbirkorlik infratuzilmasi - tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish, rivojlantirishga u yoki bu ko‘rinishda va darajada aloqador bo‘lgan davlat organlari va nodavlat tashkilotlari majmuyidir. Uning asosiy maqsadi tadbirkorlikka har tomonlama ko‘maklashish va uni qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
    Tadbirkorlik infratuzilmasi turli-tuman davlat va nodavlat mahmuriy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.
    Ulardan ayrimlari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosatini amalga oshirish uchun maxsus tashkil etilgan davlat va nodavlat tuzilmalari bo‘lsa, boshqalari tadbirkorlik sohasiga xizmat ko‘rsatuvchi korxona, firma. kompaniya, agentlik va boshqa ko‘rinishdagi tashkilotlardir. Ularning tashkil etilishi va faoliyat yuritish tartibi, maqsadi va vazifalari tegishli mehyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab qo‘yilgan va ustavlarida aks ettirilgan.
    Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga mashul bo‘lgan organlar va tashkilotlarning aynan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasidagi vakolatlari, majburiyatlari, vazifalari, mashuliyatlari O‘zbekiston Respublikasining tegishli qonunlari, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarida aniq belgilab berilgan va ularning bajarilishi doimiy nazoratda.
    Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifasi hisoblangan nodavlat tashkilotlaridan biri O‘zbekiston savdo-sanoat palatasidir. Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlik subektlarini ixtiyoriylik asosida birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkiloti hisoblanadi. O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidentining 2004-yil 7-iyuldagi farmoni asosida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadi-tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish. ishchanlik muhitini takomillashtirish, o‘z ahzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishdir. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • O‘zbekistonda tadbirkorlikni, eng avvalo, kichik va xususiy tad­birkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;

    • tadbirkorlarga chet ellik sheriklar bilan amaliy muloqotlar va aloqalarni kengaytirishga, eksport mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga, shuningdek raqobatbardosh tayyor mahsulot chiqarishni tahminlovchi yangi ishlab chiqarishlar barpo etish hamda mavjud ish­lab chiqarishlarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlash uchun to‘g‘ridan- to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb etishga ko‘maklashish:

    • boshqa davlatlarning savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlar jamoat birlashmalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda rivojlan­tirish;

    • tadbirkorlarga keng turdagi xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, axborot tahminoti va maslahat yordami berish, respublika ishlab chiqaruvchilari, ularning mahsulotlari va investitsiyaviy imkoniyatlari, sheriklari va zamonaviy texnologiyalar xarid qilish imkoniyatlari to‘g‘risidagi axborotlar aks ettirilgan biznes-kataloglar tashkil etish va tarqatish;

    • tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, xalqaro huquq va biznes yuritish amaliyotining umum ehtirof etilgan mehyorlarini joriy qilish, tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun huj jatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

    • tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, shu jumladan, sudda, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda;

    • tadbirkorlik sohasi uchun kadrlar tayyorlash, tadbirkorlarni o‘qitish va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va rivoj­lantirishni qo‘llab-quvvatlash;

    • palata qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.

    Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmonlari va qarorlari qabul qilinqi. Ularning asosiy vazifalari quyidagilar:

    • davlat korxonalarini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan tushadigan hamda nodavlat sektori bandlik jamg‘armasi mablag‘larini xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash­ga jalb qilish;

    • o‘z aksiyalari bilan ishtirok etib, mulkdorlar tabaqasini shakllantirish;

    • kichik va xususiy korxonalar ustav jamg‘armasiga ishtirok etish;

    • kichik va xususiy tadbirkorlik subektlariga axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

    • tadbirkorlik infratuzilmasi va bozor infratuzilmasining rivojlantirishga ko‘maklashish;

    • kichik va xususiy tadbirkorlik subektlari tomonidan kredit olishda kafil bo‘lish;

    • kichik va xususiy tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashda ishtirok etish va boshqalar.

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va uning joylardagi organlariga tadbirkorlik subektlarini tekshirishlarni tartibga solish, muvofiqlashtirish, ularga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha kerakli mahlumotlarni o‘z vaqtida yetkazish va maslahatlar berish, boshqa turdagi yordam ko‘rsatish singari vazifalar yuklangan.



    Download 60,32 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 60,32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadbirkorlik infratuzilmasining asosiy vazifalari

    Download 60,32 Kb.